LATIFALAR
Siz uyda yo‘qsiz-ku?
Afandining bolalik chog‘ida bir kuni otasi bunday dedi:
— Bugun bir odam mendan pulini qistab keladi. Men
uyda berkinib o‘tiraman, sen ularga, dadam uyda yo‘q, deb
javob bergin, xo‘pmi?
— Bordi-yu, ular meni aldab, uyga kiraman deyishsachi?
— Uyga kirishmaydi. Kim kirsa ham, dadam uyda yo‘q,
degin, men uyda yo‘qman, vassalom — gap tamom, uq -
dingmi?
— Xo‘p, dada, aytganingizni qilaman!
Otasi uyga kirib ketdi. Afandi darvozaga qaragancha,
supada o‘tirar edi. Otasi uy ichida turib chaqirdi. Afandi
unga javob bermadi. U chaqiraverib, zerikkanidan, o‘g‘lim
o‘ynab chiqib ketibdi shekilli deb, chiqib qarasa, Afandi
darvozaga qaragancha o‘tiribdi.
— Chaqira berib ovozim bo‘g‘ildi-ku, eshitmadingmi?
— dedi xunob bo‘lib otasi.
— Nega eshitmay, eshitdim, kar emasman.
— Eshitgan bo‘lsang, chaqirganda nega uyga kirma -
ding?
— Uyda yo‘qman dedingiz-ku, kimning oldiga kiraman,
— dedi Afandi.
|