«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




Download 434,34 Kb.
bet71/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Lirik qo‘shiqlar

Havoni bulut bosdi,

Oyni ko‘rmasam bo‘lmas,

Yuraklarni g‘am bosdi,

Yorni ko‘rmasam bo‘lmas.

Yosh bolalar o‘ynaydir,

Tol yog‘ochdan ot qilib.

Oshiq yigit yig‘laydir,

Suyganini yod qilib.

Suv kelar guldir-guldir,

Suyganim qizil guldir.

Suyganim topilmasa,

O‘lganim o‘shal kundir.

Olma guli gul emas,

Taqsam chakkamda turmas,

O‘zganing yori yor emas,

Birpas yoningda turmas.

Yorim keladi yashnab,

Zar kokilini tashlab,

Xipcha belini ushlab,

Shakar labini tishlab.

7—Xalq og‘zaki poetik ijodi 177



Termalar

Bizning hovli yo‘lingiz,

Chimyon alak to‘ningiz.

Borish-kelish qilmaysiz,

Kimdan qoldi ko‘nglingiz.

Eshik oldi gulhovuz,

Gul tergali kelibsiz.

Gulni bahona qilib,

Yor ko‘rgali kelibsiz.

Qoshingni qarosiga

Xol bo‘lay orasiga,

Aslo rahming kelmaydi,

Birovning bolasiga.

Qaldirg‘och qaro bo‘lur,

Qanoti ola bo‘lur,

Yoshlikda bergan ko‘ngul,

Ayrilmas balo bo‘lur.

Asakaning yo‘lida

Kallak urgan toli bor.

Mening yorim labida

Sedonadek xoli bor.

Yoraman, hay yoraman,

Yorginam bo‘lsin omon.

Bevafo dunyoda do‘stlar,

O‘tgusi yaxshi-yomon.

ASKIYA

Kunlardan bir kuni mashhur ustoz askiyachi Amin

buva, askiyachi Qodirjon aka do‘stlari bilan

Ikromiddinnikiga qovun sayliga mehmonga borishdi.

Suhbat davomida quyidagi askiya tug‘ildi:

Qodirjon aka:

— Amin buva, hu anavi oshpazni ko‘rdingizmi, qovoq

oshga kerak deyapti.

Amin buva:

— Qodirjon, avval meva-chevalardan olsangiz-chi, darrov

qovoqsiz bo‘lsin demasdan.

Qodirjon aka:

— Bo‘lmasa, yoz mevalaridan siz ham yeb-yeb oling,

qovoq oshsiz ketasiz.

178

Amin buva:



— Ho, Ikromiddin, Ikromiddin uka hoy! Qodirjonni

gaplarini eshityapsizmi? Ataylab shahardan chiqib qovoqoshsiz

ketmaylik deydilar, oshqovoqdan qovoqosh qilib

qo‘ya qoling.

Qodirjon aka:

— Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz

bitta osh, qovoq ham solasiz-a!

Ikromiddin:

— Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har

xil ovqat qilganmiz: bu — sho‘rva, osh qovoqda.

Amin buva:

Mulla Ikrom, Qodirjon akadan tashvish qilmang, bu

kishiga osh qovoqdan olinsa bo‘ldi.

Qodirjon aka:

— Amin buva, ajoyib xushfe’l odamsiz-da, indamay

olaverasiz: oshga qovoq solinmaydi, deb.

Amin buva:

— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh

yaxshi, deb.

Qodirjon aka:

— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, oshdan qovoq

yaxshi, deb.

Amin buva:

— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoq oshmi,

osh qovoqmi, deb.

Qodirjon aka:

— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, osh qovoqdan

yaxshi bo‘ladi, deb.

Amin buva:

— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh

bo‘ladi, deb.

Qodirjon aka:

— Nafsi buzuqlik qilib, Ikromiddin pishirgan oshni

paqqos yeb tashlasangiz-a, osh qovoqdan ketadi, deb.

Ikromiddin:

— Qo‘yinglar qovun sayiliga kelgansizlar, bunaqa sovuq

gapirmanglar, qayoqdan ham tansiq ovqat qilaman dedim,

bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa ovqat

qilaman: qovoqsiz!

179



Download 434,34 Kb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Download 434,34 Kb.