• Xolis xizmat
  • «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




    Download 434,34 Kb.
    bet68/73
    Sana18.06.2021
    Hajmi434,34 Kb.
    #15104
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
    Men ham yong‘oqdan qolmay

    Afandi ketayotib, bir to‘p bolalar o‘ynab turgan joydan

    chiqib qoldi. U bolalarni bir sinamoq uchun ularning oldiga

    borib:


    — Bolalar, mana bu ko‘cha boshida yong‘oq qoqilyapti,

    — dedi.


    Bolalar duv etishib, o‘sha tomonga chopib ketishdi.

    Afandi bo‘lsa:

    — Men ham yong‘oqdan qolmay, — deb bolalarning

    orqasidan yugura ketdi.



    Xolis xizmat

    Afandi bola edi. Bir notanish kishi uning qo‘liga yigirma

    tiyin berib dedi:

    — O‘g‘lim, menga bitta non keltirib ber, qolgani o‘zingga.

    Bir oz o‘tgach, Afandi qaytib keldi-da, issiq non

    kavshab turib:

    — Mana o‘n tiyiningiz, non bittagina qolgan ekan, —

    deb javob berdi.

    170

    ERTAK

    Buxoro shahrining chetrog‘ida qorako‘l bilan savdo

    qiladigan savdogar yashar ekan. Uning ismi Jo‘rabek ekan.

    Jo‘rabekning shaharda o‘n bitta hovlisi, G‘urbun qishlog‘ida

    o‘n ikki tosh tegirmoni, qirq tanob bog‘-chorbog‘i, ikkinchi

    qishloqda o‘n ikki tosh tegirmoni, o‘ttiz ming qo‘yi, ming

    bosh ot, tuyasi, sigir-buzoqlari bo‘lgan ekan. Savdogarning

    Olimjon degan yolg‘iz o‘g‘li bor ekan. Lekin otasining davrida

    ot surib, jo‘ralari bilan kayf-safo qilib yurgan o‘g‘ilning

    hunari yo‘q ekan. Ota-onasining hunar o‘rgan, deb qilgan

    nasihatlari unga sira kor qilmas ekan.

    Oradan ancha yillar o‘tibdi. Jo‘rabek savdogar bir kuni

    o‘g‘lini chaqirib vasiyat qilibdi:

    — Olimjon o‘g‘lim, butun molu-davlatimning

    merosxo‘ri sensan. Ammo menga ravshanki, men ne azobda

    yiqqan davlatni nes-nobud qilib tugatasan. Shuning

    uchun oxirgi vasiyatimni unutma. Shu hovlimizni ham

    sotasan. Ammo esingda bo‘lsin, sotishdan oldin hovliga bittagina

    tandir qurgin. Mabodo tandir qurmasang, hovlining

    narxi arzon ketadi. Sen ko‘p vaqt safarda bo‘lasan.

    Ehtiyotdan deb dilimdagini aytib qo‘yyapman, — debdi.

    Olimjon otasining aytganini bajarishga va’da berib, qirq

    jo‘rasi bilan sayohatga chiqib ketibdi. Yo‘lda ular xaloyiqni

    yig‘ib voizlik qilayotgan maddohni ko‘rishibdi. Quloq solsalar

    maddoh:

    — Ey, haloyiq, kim yuz tillo bersa, men bir hikmatli gap

    aytaman, bu hikmat umr bo‘yi unga asqatadi, — deyayotgan

    emish.


    Ammo buncha pul hech kim bermabdi. Olimjon yuz

    tillo chiqarib maddohga beribdi. Maddoh Olimjonning

    qulog‘iga sekingina: ≪Oshiq ma’shuqasini sevsin, gapim

    shu. Ammo bu sirni hech kimga aytmagin≫, debdi. Olimjon

    pulni berganiga pushaymon bo‘lib, uyiga qaytibdi. Otasi

    bilan hol-ahvol so‘rashibdi-yu, lekin haligi sirdan og‘iz

    ochmabdi.

    Boyvachcha bir haftadan keyin yana jo‘ralari bilan ovga

    chiqib ketibdi. Ovdan qaytayotib:

    — Kim menga yuz tillo bersa, bitta hikmatli gapim bor,

    shuni aytaman, — deyayotgan maddohni ko‘rishibdi.

    Olimjon shoyad yaxshi gap aytsa, deb yuz tillo chiqarib

    beribdi. Maddoh Olimjonning qulog‘iga: ≪Ajali yetmasa

    chivin ham o‘lmaydi, bu sirni hech kimga aytma≫, deb

    shivirlabdi.

    171


    Ko‘p o‘tmay savdogar qazo qilibdi.

    Katta-katta xarajat qilaverib, asta-sekin otasidan qolgan

    merosni, hatto bog‘u chorbog‘, tegirmonlarni sotib

    yuboribdi. Oxiri navbat o‘zi yashayotgan hovliga kelibdi.

    Jo‘rabek savdogar hayotligida Olimjonga bir zargarning

    go‘zal, oqilona qizini olib bergan ekan. Kelin eriga:

    ≪Otangizning vasiyatlari esingizdami, tandir qurmay hovlini

    sotmang≫, deb eslatibdi. Olimjon: ≪Ha, darvoqe, esimda

    ≫, deb bozorga tushib tandir sotib olibdi. Tandir qurishga

    jo‘ralarini chaqirgan ekan, ulardan birortasi ham yaqin

    kelmabdi. O‘zi g‘isht tashibdi, o‘zi loy qoribdi. Qorong‘i

    tushguncha ishlab, zo‘rg‘a tandirni quribdi. Juda charchab,

    holdan toyib, supaga borib o‘tirib, hashamatli hovliga bir

    qarabdi-da, xotiniga: ≪Bir tandirni quraman deb shuncha

    charchadim. Axir, bu marmar toshlarni, bu yog‘och, g‘ishtlarni,

    bezaklarni otam rahmatlik qanday tashib keltirgan

    ekan?≫ debdi.

    Olimjon do‘stlaridan qarz olishga qaror qilibdi va

    jo‘ralarinikiga yo‘l olibdi. Ammo birinchi jo‘rasi o‘g‘liga:

    ≪Agar Olim bo‘lsa, otam uyda yo‘qlar deb ayt≫, deb tayinlab

    qo‘ygan ekan. O‘g‘li chiqib: ≪Otam uyda yo‘qlar, bilmayman

    qayerga ketganlar≫, deb javob beribdi. Xullas,

    Olimjon qirq jo‘rasining uyidan ham quruq qaytibdi. Uyiga

    hech narsasiz qaytishga or qilib, Qoraqum cho‘liga chiqib

    ketibdi. Ko‘p yo‘l yuribdi, oxiri uzoqdan katta alangani

    ko‘ribdi. Yaqinroq borsa, bir quduqning ichidan alanga

    chiqayotganmish. Olimjon och qolib, suvsab, madori qurib,

    shu quduqning yonida uxlab qolibdi. Tongda shovqinsurondan

    uyg‘onib ketibdi. Savdogarlar tuyalarini

    cho‘ktirib, yuklarini tushirayotgan ekanlar. Ular har safar

    tuyalarini shu quduq suvidan sug‘orar ekanlar. Bu safar suv

    o‘rniga alangani ko‘rib dahshatga tushibdilar. Chunki bir

    qultum ham suv qolmagan ekan. ≪Kimki quduqqa tushib,

    suv chiqarib bersa, har birimiz yuz tillodan beramiz≫, deyi -

    shibdi.

    Olimjon o‘ylab turib: ≪O‘sha maddoh, ajali yetmasa

    chivin ham o‘lmaydi, degan edi-ku. Qo‘rqoqqa yov qo‘sha

    ko‘rinadi. Tavakkal qilib ko‘ray≫ debdi-da quduqqa

    tushishga rozilik bildiribdi. Savdogarlarning har biri yuz

    tillodan beribdi. O‘n ming tillodan to‘planibdi. Olimjon

    qirq gaz chuqurlikka tushibdi. Quduqning tubi tekislik

    bo‘lib, bir eshik bor ekan. Eshikni ochib qarasa, katta bir

    bog‘ bo‘lib, anvoyi xil mevalar pishib yotganmish. Bog‘

    172


    o‘rtasidagi supada ikki yigit choy ichib o‘tirgan ekan. Yigitlardan

    birining tizzasida bir pari, ikkinchi yigitning tizzasida

    qurbaqa o‘tirgan emish. Olimjon ularga yaqin kelib,

    salom beribdi va muddaosini aytibdi. Yigitlar baravariga:

    — Ey, notanish yigit, senga savolimiz bor. Mening tizzamda

    qurbaqa, uning tizzasida pari o‘tiribdi. Qaysi biri

    chiroyli? Ana shu savolga javob bersang, suv beramiz, —

    debdilar.

    Olimjonning yodiga maddoh aytgan gap tushibdi-da:

    — Har kimning didi o‘zida. Har bir oshiq o‘z

    ma’shuqasini sevsin — debdi. Shu payt qurbaqa chiroyli bir

    qizga aylanibdi, husnijamoli hamma yerni munavvar etibdi.

    Ikkala yigit Olimjonga: — Olijanob yigit ekansan, senga suv

    beramiz, mayli, anavi anordan ham ol! — debdilar.

    Olimjon qirq bitta anor terib olib, ro‘moliga tugibdi-yu,

    quduqdan yer yuziga chiqibdi. Uning ortidan suv otilib

    chiqaveribdi, savdogarlar ham, tuyalar ham qonib suv

    ichishibdi. Keksa savdogar Olimjonga to‘plangan tillolarni

    beribdi-yu, duo qilib unga bunday debdi:

    — E, o‘g‘lim, sen bechora ekansan, kel, men bilan savdogarlikka

    bor. Puling ham ko‘payadi, uzoq yurtdan mol

    olib kelib, o‘z shahringda foydasiga sotarsan.

    — Boy ota, taklifingiz ma’qul, lekin xotinim uyda

    yolg‘iz. Pulsiz qolgan. Agar ruxsat bersangiz, uyimga borib

    kelsam, — debdi Olimjon. Savdogar unga o‘z otini beribdi.

    Olimjon anorlarni va ming tilloni olib, Buxoro qaydasan,

    deb uyiga yetib kelibdi. Xotiniga anor bilan pullarni berib,

    bo‘lib o‘tgan voqealarni aytibdi. Xotini xursand bo‘lib,

    Olimjonga oq yo‘l tilab qolibdi. Olimjon savdogarlarning

    oldiga yetib boribdi. Ular uzoq Urusiya mamlakatiga jo‘nab

    ketibdilar.

    Olimjon savdo-sotiq bilan yuraversinu, endi gapni

    xotinidan eshiting.

    Xotini anorning birini kesibdi. Qarasa, anorning ichi

    yoqut tosh ekan. Zargarning qizi emasmi, u darrov bu qimmatbaho

    toshni tanibdi. Bir dona anorning ichidan chiqqan

    yoqutlarni xaltachaga solib, zargarga eltibdi. Zargar yoqutlarning

    har birini tilloga chaqib olibdi, Dono xotin o‘zicha:

    ≪Pul-oltin ko‘payib ketdi. Endi qo‘ldan ketgan molu

    mulkni qaytarib olishim kerak≫, — debdi-yu, rais, qozi,

    oqsoqollarga murojaat qilibdi. Qozi, oqsoqollar juvondan:

    — Mulklarni sotib olishga puling yetadimi? — deb

    so‘rabdilar.

    173


    Olimjonning xotini:

    — Pulim yetib ortadi. Men mulklarni sotib olaman,

    lekin o‘sha yerda yashayotgan odamlarning o‘zlari mulkdan

    foydalanaversinlar, — debdi.

    Oqsoqollar bir-birlariga ajablanib qarabdilar.

    Qozikalon raisga:

    — Bor, puli yetsa, mulklarini qaytarib olib ber, — deb

    buyuribdi.

    Shunday qilib, ayol eri sotib yuborgan o‘nta hovli, qirq

    tanob bog‘-chorbog‘, tegirmon va mollarini qaytarib olibdi.

    O‘zi yashayotgan hovlini yangi binolar qurib kengaytiribdi.

    Ammo sotib olgan mol-mulklari o‘sha odamlarning qo‘lida

    qolaveribdi. Bu orada ayol o‘g‘il ko‘ribdi. O‘g‘liga otasi

    safarga ketgani uchun Safar deb ism qo‘yibdi.

    Ona-bola badavlat, tinch yashayversinlaru, endi gapni

    yana Olimjondan eshiting.

    Olimjon o‘sha savdogar bilan Urusiyaning ko‘p shaharlariga

    boribdi, yo‘lda olgan mollarini sotib, noyob va nodir

    mollardan sotib olibdi. Oradan to‘qqiz yil o‘tib ketibdi.

    Oxiri ular Buxoro tomon yo‘lga chiqibdilar. Bir necha oy

    yo‘l yurib, Olimjon qorong‘i tushganda Buxoro darvozasi

    tomonga qirq tuya mol bilan yetib kelibdi. Darvozabon

    qorong‘u tushgandan keyin ulov bilan shaharga qo‘ymas

    ekan. Olimjon tuyalarini darvoza oldida cho‘ktirib, o‘zi

    shaharga kirib, hovlisiga yetib boribdi. Ammo hovlisini ta -

    nimabdi, darvoza qulflangan ekan, tomga chiqib qarasa

    uylar antiqa qilib bezatilgan, tillo qandil yonib turganmish.

    Xotinining yonida esa bir yigit yotganmish. Safar endi

    o‘nga chiqqan bo‘lsa ham norg‘ul yigit bo‘lgan ekan.

    Olimjon qilichini qinidan sug‘urib, uyga bostirib kiribdi.

    Xotini erini tanibdi-yu, darrov yugurib borib qilichga

    yopishibdi:

    — Otasi, avval surishtirmay, keyin pushaymon

    bo‘lmang. Axir siz ketganda homilador edim, bu o‘g‘limiz

    Safar-ku, — debdi.

    Olimjon o‘g‘lini uyg‘otib peshonasidan o‘pibdi. Xotini

    unga bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab beribdi. Olimjon

    nodonlik qilib, shuncha yil judolikda yurganiga afsuslanibdi

    va xotinidan juda ham minnatdor ekanligini aytibdi.

    Bundan buyon molu dunyoga dost bo‘ladigan jo‘ralarga

    yaqinlashmayman, deb tavba-tazarru qilibdi. Olimjon xotini,

    o‘g‘li Safarboy bilan birga yashab, davrini surib, murodu

    maqsadiga yetibdi.

    174



    Download 434,34 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




    Download 434,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 434,34 Kb.