ALPOMISH
(dostondan parchalar)
Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o‘tirib, baxildan,
saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o‘g‘li
Alpomishdan: — Kishi nimadan baxil bo‘ladi, nimadan
saxiy bo‘ladi? — deb so‘radi. Unda o‘g‘li turib aytdi: ≪Vaqtbevaqt
birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joyi bor
bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul odam saxiy; agar joyi
bor turib, joy yo‘q, ko‘ndirmay jo‘natsa, bul odam baxil...
Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy
ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan≫.
Bu so‘zni Boybo‘ri Hakimbekdan eshitib, fikr qilib:
≪Men o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining ham boyi bo‘lsam,
ham shoyi bo‘lsam, men kimga zakot beraman. Mening
davlatimda yolg‘iz inim Boysari baxillikka chiqib ketmasin
≫, — deb, o‘z ko‘nglida: ≪Boysaribiy ukam menga zakot
bersa kerak ekan≫ — deb o‘yladi. O‘ylab o‘n to‘rt mahramni
buyurdi: — Boysariga boringlar, Boysari o‘z rozichiligi
bilan bir tirraqi uloqni zakot deb menga bersin, zakot o‘rniga
o‘tar-da, Boysari baxil bo‘lib, baxillikka chiqib ketmasin.
Boysaribiy o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli bilan ko‘chib
borib, Ko‘kqamish ko‘lida eliboylik qilib, mollarini semir -
tirib, yaylovda yayrab yotib edi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot
elining sop1 degan boyvachchalari bilan yig‘ilib, bir yerga
jam bo‘lib, bir baxmal o‘tovni tikib, shu o‘tovning ichida
hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al mast
bo‘lib, o‘z kayf-safosi bilan o‘tirib edi. Ana shunda (otining
bo‘yniga) tilla qo‘tos taqilgan o‘n to‘rt mahram Boy -
bo‘ridan Boysarini so‘rab qoldi. Shundagi boyvachchalar
bularning kelganini bilib, eshikka chiqib, mahramlarning
otini ushlab qoldi. Mahramlarni ichkariga olib kirdi.
Boysaribiy bularga joy ko‘rsatdi. Mahramlar kelib javobsalom
qilib o‘tirdi. Mahramlar savolga javob berib, aytdi: —
Biz akangdan kelgan zakotchi bo‘lamiz, bugun bizlar sening
molingni zakot qilamiz. ≪Zakon qilinglar, bersa zakotini
olib kelinglar≫ — deb yuborgan, — dedi.
Bu so‘zni mahramlardan eshitib, Boysari ko‘ngliga og‘ir
olib aytdi: — Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot
bo‘lmagan, endi akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning
180
1 Sop — Zap boyvachchalari, borib turgan boyvachchalari.
molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da. Zakot degan gapni
eshitib, bu gap botib ketib, oldidagi o‘zining odamlariga
buyurdi: — Ushla bachchag‘arlarni, — dedi. Boyvachchalar
mahramlarni bitta-bitta ushlab qoldi. Yettovining qorniga
qoziq qoqib o‘ldirdi. U (ettovining) quloq-burnini kesib,
o‘zlariga yegizib, otiga chappa mingizib, otining ustiga tortib
boylab: ≪Mana buni zakot deb aytadi≫, — deb
Qo‘ng‘irot tarafiga qarab haydab yubordi.
Shunchalik ishni qilsa ham Boysaribiyga zakot degan
gap nihoyatda o‘tib ketgan ekan: ≪Endi biz o‘z elimizda
sig‘indi bo‘lib, o‘z akamizga o‘zimiz zakot berib (yuradigan
bo‘lsak), bu elda bizning turgiligimiz qolmadi≫ — deb o‘n
ming uyli Qo‘ng‘irot eliga qarab: ≪Endigi maslahat nima
bo‘ldi?≫ — deb so‘rab, bir so‘z deb turgan yeri ekan:
Oh urganda ko‘zdan oqar selob yosh
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh.
Barchinoyim bo‘y yetgandir qalamqosh,
Zolim bilan hargiz bo‘lmanglar yo‘ldosh.
Qo‘ng‘irot eldan molga zakot kelibdi,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Qursin Hakimbegi, mulla bo‘libdi,
Bezakot mollarni harom qilibdi.
Qo‘ng‘irot eldan molga zakot kelibdi,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Dardli qul dardimni kimga yoraman,
Ayriliq o‘tiga bag‘ri poraman.
Munda elga sig‘indi bo‘p turaman,
O‘z akamga qanday zakot beraman?!
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘libdi,
Shum falak boshimga savdo solibdi.
Boybo‘ridan molga zakot kelibdi,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Xudo deyin, yaratganga jilayin,
O‘z akamga qanday zakot berayin,
O‘z akamga o‘zim zakot berguncha,
Boshqa yurtda juz’ya1 berib yurayin,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Boybo‘ridan bizga mahram kelibdi,
Zakot debdi, bir bidahat2 qilibdi,
Muna elda men ham bekman, to‘raman,
Har na qismat yozilgandan bilaman.
181
1 Juz’ya — jon boshidan olinadigan soliq; 2 bidahat — bid’at.
Azaliy taqdirga nimish1 qilaman,
O‘z akamga qanday zakot beraman?!
O‘z akamga o‘zim zakot berguncha,
Qalmoq borib juz’ya berib yuraman.
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Sen eshitgin Boysarining tilini,
Akam bizga minnat qildi ulini2.
Sabil qilib ketay Boysin elini,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Jafo tig‘i bugun jondan o‘tadi,
Boybo‘rining so‘zi bizni o‘rtadi.
Zakotchilar jabr ko‘rib ketadi,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh!
Boybo‘ridan o‘n to‘rt mahram kelibdi,
Zakot degan gapni ma’lum qilibdi.
Ustima kiyganim yashil-ko‘k edi,
Bunday so‘zlar ilgaridan yo‘q edi.
Boybo‘ridan bunday so‘zlar keb edi,
Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh,
Zakon degan bu ellarda yo‘q edi.
Ana shunda Boysaribiy bu so‘zlarni aytdi. Turgan xalo -
yiqdan hech bir sazo chiqmadi. Shu majlisda bir Yartiboy
oqsoqol degani bor edi. Majlisda kun bo‘lsa, to‘rdan joy
tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida
kavushga joy bermay, kavush bilan aralashib it yiqilish qilib,
poyga betda yotar edi. To‘rda o‘tirgan kattaman deb yurganlarning
hech bir qaysisidan gap, sazo chiqmagandan
keyin, poyga betdan Yartiboy o‘rnidan turib, maslahat
shul-da, deb Boysarining so‘ziga javob berib, Boysariga
qarab bir so‘z deb turibdi:
Maslahat bermaymiz Boysaribiyga,
Osilmaymiz Boyburining doriga.
Biring aka, biring uka, Boysari,
Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan.
Xudo deyik, yaratganga jilaylik,
Nor kesar, olmosni belga cholayik,
Shohim, sizga ne maslahat berayik?!
Nodon ko‘ngling har xayolga bo‘lasan,
Muna elda o‘zing ulug‘ to‘rasan.
Har na qilsang shohim o‘zing bilasan,
Maslahat deb o‘zing xafa bo‘lasan...
182
1 Nimish — nima ish.
2 Ulini — o‘g‘lini.
Boybo‘ridan elga zakot kelibdi,
Bu gap senga qattiq savdo bo‘libdi,
Yartiboy der shunday javob beribdi,
Odamlar ko‘ngliga og‘ir olibdi,
Zakot degan gapi o‘sal bo‘libdi.
Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan,
Bu turgandan so‘rab nima qilasan.
Biring aka, biring uka, Boysari,
Nima bo‘lsa bizdan yaxshi bilasan.
Sen eshitgin Yartiboy nolishini,
Ko‘zdan to‘kma bunda selob yoshini.
Yig‘ibsan oldingga qancha kishini,
Bilolmadik Boybo‘rining ishini.
Maslahatni shohim o‘zing bilasan,
Biz ham bu gaplarni og‘ir olamiz.
Og‘ir olgan bilan nima qilamiz,
Shohim, sizga ne maslahat beramiz?!.
Boysaribiy Yartiboydan bu so‘zni eshitib, tag‘i o‘zi turgan
odamlarga qarab bir so‘z dedi:
Quloq soling Boysarining tiliga,
Ko‘chib ketay men ham Kashal eliga.
Davlat qo‘nsa bir chivinning boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga.
Banda ko‘nar tangri qilgan ishiga,
Quloq soling Boysari nolishiga.
Qalmoq borib qo‘nsam Chilbir dashtiga...
Turarim yo‘q Boysin-Qo‘ng‘irot eliga,
O‘z elim deb yana bunda turgancha,
O‘z akamga o‘zim zakot bergancha,
O‘z akamdan bunday xo‘rlik ko‘rgancha,
Qalmoq borib juz’ya bersam bo‘lmaymi?
G‘arib bo‘lib ko‘zdan yoshim tizildi,
Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi,
Ichim kuyib, yurak-bag‘rim ezildi,
Zakot deydi, mening ko‘nglim buzildi.
Boybo‘ri der bilmaganim bildirdi,
Do‘st yig‘latib, dushmanini kuldirdi.
Zakot degan gapni akam chiqarib,
Mening toza ulsizligim1 bildirdi.
O‘z akamga o‘zim zakot bergancha,
Boshqa yurtda sig‘indi bo‘p yurayin,
Qalmoq borsam, juz’ya berib ko‘rayin...
183
1 Ulsizligim — o‘g‘ilsizligim.
Boysaridan bu so‘zni Yartiboy eshitib, Yartiboy ham
Boysariga qarab bir so‘z dedi:
Ushbu damning damlarini dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema,
Sen ketar bo‘lsang qalmoq yurtiga,
Bul elatni qolar deb ham g‘am yema.
Qayga ko‘chsang, bizlar birga boramiz,
Qaysi elga borsang, birga yuramiz.
Jahonni sayr etib, o‘ynab-kulamiz,
Bolalarni jahongashta qilamiz.
Qayda borsang, birga-birga boramiz,
To o‘lguncha sening bilan bo‘lamiz,
Boybo‘rini bizlar nima qilamiz.
Hamma ham sendayin ko‘zini yoshlab,
Zakot deb chiqardi bir ishni boshlab,
Qaysi elga borsang, yurgin sen boshlab,
Ketarmiz Boysinni bularga tashlab,
Boybo‘ribiy qolsin ko‘nglini xushlab...
Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ladi,
Bunda qolgan odam tayin o‘ladi,
Fe’li ketib, zakot ham deb turibdi,
Qolganning molini tortib oladi,
Bul Boybo‘ri ajab ishni qiladi,
Bul elat sening bilan bo‘ladi,
Qayga borsang, birga-birga boradi...
Yartiboy oqsoqolning aytgan so‘zi o‘n ming uyli Qo‘n -
g‘irot elining katta-kichigining bariga ma’qul tushdi.
Hammasi: — Yartiboy oqsoqol rost aytadi, — dedi. — Boy -
bo‘rining fe’li ketdi, o‘z inisini bilmadi, Boysariga zakot
soldi, bu o‘z inisidan zakot olsa, bizlardan tortib olsa ham
oladi, buning fe’li qaytgani ma’lum: Boysari ko‘chib ketsa,
bizlarni Boybo‘ri sira qo‘ymaydi, tortib olsa ham zakotni
oladi: endi Boysari ko‘chsa, bizlar ham ko‘chib ketaylik,
Boysari o‘lik yerda — o‘lik, tirik bo‘lsa — tirik, Boysin-
Qo‘ng‘irot yurtini Boybo‘riga bo‘shatib berayik, Boysin-
Qo‘ng‘irot yurtini bir o‘zi yoylab olsin, — dedi. O‘n olti
urug‘ Qo‘ng‘irot elidan o‘n ming uyli ekin ekmoqni bilmaydigan
jiliboylar ayrilib, Boysariga qo‘shildi. Bular hammasi
boy, qo‘yli, tuyali, molining soni yo‘q edi, bularning ichidan
moli yo‘q degan kambag‘alining qirq ming tuyasi bor,
qo‘yning sonini-adadini1 o‘zlari ham bilmas edi. O‘ra-o‘ra,
184
1 Sonini-adadini — sonini sanog‘ini.
bir qo‘ra, ikki qo‘ra, o‘n qo‘ra qo‘y, deb sanagani shul edi.
Yilqibon mollarini bir uyur falon to‘qayda yuribdi, ikki uyur
falon to‘qay yerda yuribdi, deb edi. Sonini sanamoqni hech
qaysisi bilmas edi. Bular qishdan yozga ekin ekmay, molboylik
qilar edi. Shuning bilan ovqatlarini o‘tkazar edi.
Boysarining yilqisining soni shul edi: to‘qson to‘qay yilqisi
bor edi. To‘qson to‘qay degani — yilqisi har yerlarda to‘qaylarda,
tog‘larning darasida, to‘qayli yerlarda yoyilib yurar
edi. To‘qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boy -
saribiyning to‘qson to‘qay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisi -
ning — molining sonini hech kim bilmas edi. Moli ko‘p edi.
Boybo‘ribiyning Boysariga zakot ber deganini eshitib,
Boysin — Qo‘ng‘irot boylariga bu ish juda og‘ir keldi.
Boysari ko‘chsa, biz ham ko‘chamiz, — deb hammasi
cho‘ponlarga, yilqichilarga, tuyachilarga, hamma dahmardalariga
ko‘chamiz, — deb odam buyurdi. ≪Bu Boysin
yaylovidan, bu to‘qaylardan qo‘ylaringni, tuyalaringni,
yilqilaringni — hammasini haydanglar. Qalmoq yurtiga,
Kashal eliga qarab yo‘l boshlab yura bersin≫, — deb xabar
yubordi. Hammasi Boysin-Qo‘ng‘irot elini tashlab Qalmoq
yurtiga jo‘nab ketmoqchi bo‘lib, dobirlashib1 hammasi birdan,
katta-kichik, yosh-qari — bari bir-biriga xabar qilib,
ko‘cha ber, — deb vag‘ir-shag‘ir, uylarini buzib, tuyalarga
ortib, ayollari ham o‘z yuki-yobini bo‘g‘ib, bo‘g‘chabo‘
g‘larini chog‘lab, to‘polon bo‘lib, shovqin-g‘alag‘ur
bo‘lib qoldi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot talato‘p bo‘lib,
Kashal eliga, Qalmoq yurtiga qarab, ha, deb ko‘cha berdi...
Qalmoq yurtiga ko‘chib borgandan so‘ng Barchin,
Alpomishga xat yozmoqchi bo‘ldi.
Barchin o‘n ming uyli Qo‘ng‘irotning yigitidan o‘n
yigit ni saylab oldi, otasining to‘qson to‘qay yilqisidan o‘n
otni saylab oldi, otlarni sovitib tamom qildi. Shunda shunday
arza yozdi Barchin: ≪Olti oychilik yo‘lga keldim, qalmoqning
eliga keldim, zo‘r yovning qo‘lida qoldim, olti
oyga muhlat oldim, mendan umidi bo‘lsa Alpomish kelsin,
bo‘lmasa javobimni bersin≫. Arzani o‘n boyvachchaga topshirdi,
otlarni egarlab, choqlab, yaxshi bor, deb bir so‘z
aytib turgan ekan:
Kechani munavvar qilar to‘lgan oy,
Savashli kun tortiladi parli yoy,
185
1 Dobirlashib — shovqin-suron, tapir-tupur.
Kashalda talashda qoldi Barchinoy,
Borsang salom o‘ynab o‘sgan ellara,
Ko‘kqamishday mazgil joyim, cho‘llara.
Qalmoqlar yig‘latdi menday sanamdi,
Yuragimga to‘lgan dog‘u alamdi (r),
Albatta so‘ranglar maktab jo‘ramdi,
Mug‘oyib so‘z aytar menday mushtipar,
Kecha-kunduz shabgir torting xizmatkor,
Jilovdoring bo‘lsin imom, chiltanlar,
Boysun yurtda qolgan qavmu qardoshim.
Musofirlik yurtda gangdi boshim,
Menga hamdam bo‘lolmadi hech kishim,
Mendayin munglikning ko‘nglin bo‘ladi.
Qalmoq bari qayg‘u, zulm soladi,
Olti oyga Barchin muhlat oladi,
Qalmoq elda musofir bo‘p jiladi...
Oshiqning fahmidur qorong‘u kecha,
Yig‘lasam, holima yig‘lar bir necha,
Kecha-kunduz tinmay yuring, boyvachcha,
Borsang salom o‘ynab-o‘sgan ellarga.
Kecha-kunduz tinmay yo‘lni olinglar,
Biy boboma bul xabarni beringlar.
Katta-kichik hamma duo qilinglar,
Elda qolgan qarindoshni ko‘ringlar
So‘z aytar sizlarga mendayin sanam,
Qalmoqda qolmasin guldayin tanam,
Qalmoqning zulmidan yig‘ladi enam...
Qo‘ng‘irot elda bordir necha sirdoshim,
Hamdam bo‘lib birga yurgan yo‘ldoshim,
Og‘a-inim, elimda dengi-dushim,
Xizmat qiling, onson bo‘lg‘ay bul ishim.
Bu so‘zni aytib Barchin duo qiladi,
Ulug‘-katta bari yig‘ilib keladi,
Qo‘l ochib bularga duo qiladi,
Elchi bo‘lib Qo‘ng‘irot elga jo‘nadi.
Ot beliga chopar mindi,
Barchinning arzasin oldi,
Hamma duo qilib qoldi,
Arzachilar yo‘lga kirdi,
Qo‘ng‘irot elga yo‘lni boshlab,
Bedov boradi angg‘ishlab,
Choparlarning ko‘nglin xushlab
Qamchi yurgandir qulochlab,
Ostidagi arabi otlar
Yo‘lda yurar yashin tashlab,
Bedov otga qamchi chotdi.
Urgan qamchi simday botdi,
Choparlar qistab yo‘l tortdi,
186
Necha adir, beldan o‘tdi,
Choparlar qilib g‘ayratdi,
Kecha-kunduz shabgir tortdi1
Otlar qarsoqday qotgan, to‘qson kecha-kunduz yo‘l
tortgan, balki choparlar Qo‘ng‘irot eliga Boybo‘rining
davlatxonasiga yetgan, ot ustidan turib salom berdi. Bularni
ko‘rib Boybo‘ri aytdi: — Bular qanday odam ekan, be a dab -
lik bilan salom berdi menga.
Choparlar boyagi arizani chiqarib berdi. Arizani
o‘qib ko‘rib bildi: kelgan Barchinning chopari ekan.
O‘n mahramni buyurdi, choparlarni bitta-bitta otdan
ko‘tarib oldi, choparlarga xizmat qildi, bu arizani hech
kimga bildirmay, olib borib sandiqqa solib tashladi.
Choparlar yigirma kun yotdi, xo‘p izzat-ikrom qilib,
qildi ziyofatdi, ko‘p qildi xizmatdi. Bergan arizasidan
hech bir shobir2 bo‘lmadi. Choparlar jo‘naymizga tushdi,
choparlarga zar-zebar in’om berib, xush kelibsan qilib,
yo‘lga solib, choparga shunday gap aytib tayin qildi: —
Bundan ketgancha, Qo‘ng‘irot muzofotidan o‘tgancha,
Qalmoq viloyatiga yetgancha, yo bir o‘tinchiga, yo bir
podachiga, yo cho‘lda yurgan cho‘ponga:
≪Biz Barchinning kelgan chopari bo‘lar edik≫, — deb
og‘zingdan chiqarsang, odam buyuraman, keyiningdan
quvib yetadi, boshingga qamchi chotadi3, badaningni
bo‘zday qilib yirtadi, olib kelib dorga tortadi, og‘zingdan
chiqarmay ketgin...
Bu so‘zni eshitib, choparlar: ≪Sira ham og‘zimizdan
chiqarmaymiz≫ — deb yo‘lga kirdi. ≪Xo‘p gapni gapirdi,
xohi bor, xohi borma, bizdan xizmat-da, borgan-bormaganing
bilan nima ishimiz bor, ketsa, sening kelining ketadi,
qalmoq olsa, sening iningning qizini oladi, bizdan
ketadigan bir yo‘l yurgan xizmatimiz-da≫ — deb yo‘lga
ravona bo‘ldi. Bular jo‘nab ketdi. Jo‘naganiga ham necha
kun o‘tdi...
Alpomishning Qaldirg‘och degan singlisi bor edi. Qirqin
kanizlari bilan bir sandiqni ochib ko‘rayotib edi, bir xat
chiqdi: o‘qib ko‘rdi.
Barchin chechasining xati. ≪Tunovgi o‘n chopar bu
xatni olib kelgan ekan, buni bildirmay otam sandiqqa solib
187
1 Shabgir tortdi — bedor bo‘ldi.
2 Shobir — ovoz;
3 Qamchi chotadi — qamchi bilan uradi;
qo‘ygan ekan. Yuringlar bek akamga borayik, bu xatni
berayik, qancha g‘ayrati bor ekan, sinayik≫, — deb
Hakimbekning qoshiga keldi. Xatni berdi...
Qaldirg‘ochoyim akasiga qarab, bir so‘z aytib turgan
ekan:
...Mard yigitning moli talash bo‘larmi,
Er yigitning yorin qalmoq olarmi,
Barchin checham talash bo‘lib qolarmi,
Senday beklar bu1 bexabar turarmi?
Kelar debdi, sendan umid qilibdi.
Olti oy qalmoqdan muhlat olibdi,
Insof qib badbaxtlar muhlat beribdi.
Umid tortib senga arza kelibdi,
Xat ko‘tarib o‘n boyvachcha kelibdi.
Anglamang otama xatni beribdi,
Otam xatni bul sandiqqa solibdi,
Endi bilib singling olib kelibdi,
Mungluq singling senga arz qib turibdi...
Bu so‘zni (Alpomish) eshitib: — Yayov boramizmi
esa? — dedi. Qaldirg‘och oyim: — To‘qson to‘qay yilqing
bor, yayov borib, mingani oyoq-ulov topmay yotibsanmi?
Egar-abzalni olsang, yilqiga Qultoyning qoshiga borsang,
ko‘nglingga yoqqanini xohlab minib keta bersang, — dedi.
Shunday qilib, kiyintirib keskin qilichlarni beliga
bog‘lab, Arpali qo‘lidan otlana berdi. Alpomishning
Alpinboy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan
bo‘lgan parli sari yoyi bor edi. ≪Mabodo dushmanning yurtida
yoy tortishadigan kun bo‘larmi, odam bilmaydi, kerak
bo‘lib qolarmi≫, — deb yoyni egarning qoshiga solib oldi.
Qaldirg‘och akasini otlantirib, ot anjomini choqlab,
yaxshi bor, deb bul so‘zni aytib turdi:
Qayda borsang Shohimardon yor bo‘lsin,
O‘nakkimom2, chiltan jilovdor bo‘lsin.
Dushmanlaring ko‘rsa zor bo‘lsin,
Sog‘ borib, salomat kelgin, bek og‘a.
Men mungluqman, ko‘zda selob yoshimdi (r),
Bundan borib olgin gul buvishingdi,
Qo‘ng‘irot elda qilgin o‘tirishingdi,
Esga olgin menday emikdoshingdi...
188
1 Bu — mazkur o‘rinda ォbundanサ ma’nosida qo‘llangan.
2 O‘nakkimom — o‘n ikki imom.
Bu so‘zni eshitib, Hakimbek Qultoy bobosi bilan, Qal -
dir g‘och singlisi bilan xushlashib, bir so‘z deb turgan ekan:
Men ketarman yorim izlab,
Bu jarohat bag‘rim tuzlab.
Yolg‘izman, bo‘taday bo‘zlab,
Bobom Qultoy, xush qol endi.
Ketsin mendan ohu voyim,
Obod bo‘lsin, mazg‘il joyim,
Duo qilgan, qiblagoyim,
Otam Qultoy, xush qol endi,
Yor savdosi keldi g‘olib,
Men ketarman boshim olib,
Bilmam necha kun yo‘l yurib,
Qalmoq borarman axtarib,
Qalmoq borib yorim ko‘rib,
Otam Qultoy xush qol endi...
Toychi viloyatida, Qalmoq muzofotida, Chilbir cho‘lida
Murodtepa degan tepasi bor edi, had (ili baland tepa edi,
ustidan qanotli qush uchib o‘tolmas edi, har qanday odam
chiqib, oyoq osti qilib ketolmas edi. Shu tepani ko‘rib,
Alpomish irim chekib: ≪Shu tepaga otimni solayin, irkilmay1
tepaga otim chiqib ketsa, borgandan yorimni olaman,
chiqolmasa borib nima qilaman, borgan bilan bekor ahmoq
bo‘laman, peshonamni shu yerda sinab ko‘raman≫, — dedi.
Otni tepaga to‘g‘ri qildi, tuyog‘idan... qirq ming otning duburi
paydo bo‘ldi. Alpomish ko‘nglida yorini olmasa ham
olgancha bo‘lib qoldi. Tepaning ustiga chiqib qarasa, o‘n
ming uyli Qo‘ng‘irotning eli ko‘rinib turibdi, otni kovdonga
qo‘ya berib, tepaning boshida yonboshlab, Boysarining
uyiga tiklab yotaberdi...
Qorajon2 Murodtepaning ostiga kelib qoldi. Shunda
tepaning boshiga qaradi. Tepaning boshida Yusuf tal’atli,
189
1 Irkilmay — tortinmay (bu o‘rinda qiynalmay, to‘xtamay ma’nosida
qo‘llangan).
2 Qalmoqlar yurtida to‘qson alp-pahlavonlar bor edi. Ularning yettitasi
aka-uka bo‘lib, eng kichigining ismi Qorajon edi. Ularning onasi Surxayil
kampir Barchinni o‘z o‘g‘illaridan biriga olib bermoqchi va qo‘ng‘irotliklarga
ham hukmini o‘tkazmoqchi bo‘ladi. To‘qson alp Barchin oldiga
borib, turmushga chiqishini so‘raganlarida, Barchin ulardan olti oy muhlat
olib, Alpomishga xat bilan chopar yuborgan edi. Alplar Alpomishning ke -
lishini bilib, galma-gal yo‘l poylashardi. Bu safar Qorajon Alpomishning
yo‘liga xabar olgani chiqadi va Alpomishga duch keladi.
Rustam sifatli, chopqir otli birov yonboshlab yotibdi. ≪Bu
bizning Qalmoq viloyatining odami emas, bunday yigitlar
Qalmoq yurtida bo‘lsa, beklikda, podsholikda bo‘lar edi.
Ilgaridan ham birdi-yarim ko‘zimga tushar edi. Magar qirq
chiltan... qavm-qarindoshini tushimda ko‘rsatib, meni do‘st
qilgan, Qo‘ng‘irotdan kelayotgan Alpomish degan qobilbachcha
shul bo‘lmasa≫, — deb Alpomishga qarab, bir so‘z
deb turgan ekan:
Ostingda yuz alvon o‘ynaydi oting,
Dushmanni o‘rtaydi shohlik shavkating,
Yo‘l bo‘lsin, bekvachcha, qayda borasan?
Ostingda bedoving halloslar qushday.
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday,
Norkalla kelgansan, chuyda qo‘shmushday,
Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?
Yuragingda bordur g‘ussa-alaming,
Xurjuningda balki qur’on-kaloming,
Sipohi satangim, qaydin bo‘lasan?
Qiyg‘ir degan qush o‘tirar qiyoda,
Jasading bor Rustamdan ham ziyoda,
G‘ayratingdan shohlar yurar piyoda,
Xabar ber bekvachcha qayda borasan?
Tepaning boshga senga qarayman,
Borar joying men ham sendan so‘rayman.
Jamoling o‘xshaydi osmonda oyga,
Qoshingni o‘xshatdim egilgan yoyga,
Jasading o‘xshaydi bo‘z qarchig‘ayga,
Yonboshlab yotishing ming qo‘yli boyga,
Boyvachcha sifatlim, qaydin bo‘lasan?..
Qorajondan bu so‘zni eshitib, Alpomish ham Qorajonga
qarab, bir so‘z deb turgan ekan:
Meni bilsang Qo‘ng‘irotlarning og‘asi,
Boshimda bor edi zardan jig‘asi.
Yoz bo‘lsa yaylovim Amu yoqasi,
Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elining to‘rasi.
Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin bo‘laman.
Bog‘larim zumraddan, changalim po‘lat,
Boysindan quyulgan shunqor bo‘laman.
Boyligidan bedov otni boylagan,
Tangqa tashlab Olatog‘ni yoylagan,
Kambag‘ali qirq ming gala haydagan,
190
Shul galada bizning bir moya kelgan,
Moyaning yo‘qchisi, nori bo‘laman.
Hasratidan g‘amga to‘ldim oh urib,
Oltoychilik yo‘ldan keldim axtarib,
Chilla kirmay charqillarman mast bo‘lib,
Chayqarman xatapga1 boshimni urib.
Jafolar solarman tandagi jonga,
Xazon bo‘lsa zog‘lar qo‘nar gulshanga,
Ajalli kasratki tegar ilonga,
Indan chiqib pishak bilan hazillar
Magar ajal qamsab kelsa sichqonga,
Qalmoq ko‘rsam otaman-ku osmonga,
Qalmoqlarga kelgan balo bo‘laman.
Boysin — Qo‘ng‘irot deydi o‘sgan elimni,
Badbaxt qalmoq, eshit aytgan tilimni,
Solarman boshingga qattiq zulmni,
Ko‘p so‘rading sen mening mazgilimni,
Asli Qo‘ng‘irot deydi mening yurtimdi,
Laqabim Alpomish, otim Hakimdi(r),
Ne bilasan sen so‘raysan yurtimdi,
Qorajon deb xabar berding otingdi.
Qorajon Alpomishdan bu so‘zni eshitib, Alpomishning
so‘zini ko‘ngliga og‘ir oldi. ≪Qalmoqlarga kelgan balo
bo‘laman≫, — degani Qorajonga botib ketgan edi. ≪Qanday
bo‘lsa ham ko‘tarilma, loppi o‘zbak ekan≫, — deb Alpomishni
sinab, bir so‘z deb turgan ekan:
Uchirgan suqsuring Oyko‘l ko‘nibdi,
To‘qson g‘ajir o‘rtaga olib turibdi.
Yosh o‘g‘lonsan bekor halak bo‘lasan,
G‘ajirlar ilojin qanday qilasan?
Bekor halak bo‘lib bunda kelasan,
G‘ajirlar changida tayin o‘lasan,
Holing bilmay sen ham sarson bo‘lasan,
Har bir so‘zni bunda loppi urasan.
Ular yo‘lga yurgan tentak bo‘lasan,
Osmondan tushganday bo‘lib kelasan,
Anglamaysan, ko‘tarilib turasan,
Lof urib sen ham menga qarading,
Moyacham deb so‘ngra mendan so‘rading,
So‘rading, moyangdan darak berayin,
191
1 Xatap — sajda qilish.
Bilganimni senga aytib berayin,
Nar-moyang yuribdi Chilbir dashida,
Ming besh yuz tillalik ovsar boshida,
Ko‘rdim to‘qson alpning toy-taloshida,
Nar-moyang shu kunda dovriq ustida...
Alplar bilan ko‘rsang savash qilasan,
Ayrilib moyangdan sarson bo‘lasan.
Bul alplarga nima iloj qilasan,
Yo‘liqqan so‘ng sen zo‘rligin bilasan,
Bekor halak bo‘lib bunda kelasan.
Bu so‘zni Qorajondan eshitib, Alpomish ko‘ngliga og‘ir
olib: ≪To‘qson tog‘dan o‘tib, buning uchun mehnat tortib,
bul qalmoqlarning alpi bilan aralashib qolib, baloga yo‘liqib
yurgan ekan, bu qalmoq menga bilib gapirgandir, borib
sharmanda bo‘lguncha, bormay shu yerdanoq qaytib keta
bersammikan≫, — dedi.
Alpomish ko‘ngliga og‘ir olganini bilib, tanimagan kishi
bo‘lib, men seni birovga o‘xshatib turibman, deb Qorajon
bir so‘z aytib turgan yeri:
Bildim qo‘ng‘irotlik zotingni,
Malakdayin suratingni,
Qovdon yegan otingni,
Men birovlarga mengzadim.
Moyacham deb so‘rganingni,
Galman javob berganingni,
Rustam kabi mujgoningni,
Men birovlarga mengzadim.
Shirin suxanli tilingni,
Bilagingdagi zo‘ringni.
Panjasi uzun qo‘lingni,
Men birovlarga mengzadim.
Kallasi katta boshingni,
Haq deb chiqqan nolishingni,
Burgutday o‘tirishingni
Men birovlarga mengzadim.
Jasadu tana to‘shingni,
Imo bilan kulishingni,
Qiyilgan qalam qoshingni,
Men birovlarga mengzadim,
Bu so‘zni eshitib, Alpomish: ≪Meni sen kimga meng -
zading,≫, — deb bul ham bir so‘z so‘rab turgan ekan:
Bilsang qo‘ng‘irotlik zotimni,
Malakdayin suratimni,
Qovdon yegan otimni,
192
Qalmoq, sen kimga mengzading?
Badbaxt, sen kimga mengzading?
Moyacham deb so‘rganimni,
Galman javob berganimni,
Rustam kabi mujgonimni,
Ahmoq, sen kimga mengzading?
Shirin suxanli tilimni,
Bilagimdagi zo‘rimni,
Panjasi uzun qo‘limni,
Qalmoq, sen kimga mengzading?
Qorajon aytdi: — Men seni ko‘rganim yo‘q, sening
bilan hamsuhbat bo‘lganim yo‘q, men ham xotiningga
talashib yotgan to‘qson alpning biri bo‘laman... Qirq
chiltan qavmu qarindoshingni tushimda ko‘rsatib, sening
bilan meni do‘st qildi. Ul sababdan bilaman.
— Do‘st bo‘lgan bo‘lsang esa yaqin bo‘lib qolgan
ekansan, tepaning ustiga chiqqin, ko‘rishayik.
Qorajon aytdi: — Bu tepaning ustiga chiqadigan kamolga
yetishganim yo‘q, sen tepadan tushgin, men ko‘rishayin.
Otni yetaklab, tepadan tushib kela berdi. Qorajon: —
Do‘stim bilan ko‘rishgin, — deb mahramlariga amr qildi.
Mahram xalqi nozik keladi, qo‘l uchidan ko‘rishayotir.
Alpomish qalaysan, deb siqinqirab yubordi, mahramlarning
panjasi bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketdi.
Qorajon bilan Alpomish yoydi qulochdi, ikkovi xulqi
muhabbat bilan ko‘rishdi: — Qalaysan, do‘stim, omonsanmi?
— deb siqinqirab yubordi. Qorajonning yetti qobirg‘asi
sindi, ishi tindi, tappa tushib yotib qoldi. Alpomish
aytdi: — Nima qildi, do‘stim?
Qorajon sir bermagan kishi bo‘lib: — Bola kunda
tutadigan quyonchiq kasalim bor edi, shul vaqt tutib qoldi,
dedi. Alpomish aytdi: — Belgili kasal bo‘lsa, tuzalib ol esa.
Qorajon aytdi: — Rostingni aytgin, shul ko‘rishganingmi,
yo urishganingmi?
Alpomish aytdi: Nima qildinglar, urishaman, ko‘rishganim
edi. — Ko‘rishganing shul bo‘lsa, urishganing qanday
ekan, — deb Qorajon bir so‘z deb turibdi:
Qo‘lni qisib mahramimni qochirding,
Belim qisib qovirg‘amni shishirding,
Do‘stim, sening zo‘rligingga qoyilman,
Senday beklar Qo‘ng‘irot eldan keladi,
Sho‘ri qisgan senga duchor bo‘ladi.
Bu senga yo‘liqqan qalmoq o‘ladi,
193
Sening bilan kim barobar bo‘ladi,
Ostingda irg‘iydi bu arg‘umog‘ing,
Egarning qoshida oltin sadog‘ing,
Borgandan tegadi bodom qabog‘ing,
Irg‘itsang Boychiboringni,
Borgandan olasan Barchin yoringni,
O‘ldirasan bunda dushmanlaringni,
Men ham ko‘rdim senday zo‘raborimni,
G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor,
Bir nechalar o‘z holidan bexabar,
Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar,
Yangi bo‘ldim senday polvonga duchor,
Bekor ahmoq bo‘lib yurur qalmoqlar,
Senday zo‘rga sira bo‘lolmas duchor...
Alpomish Qorajonnikida mehmon bo‘lib yotdi. Qorajon
qildi ziyofatdi, yugurib qilib yotir xizmatdi. Erta-mertan
tong otdi, kun choshka haddiga yetdi. Alpomish turib
aytdi: — Qorajon, bizning bunda kelib yotganimni Boysari
ne bilsin, sen Boysarinikiga tomon borib kelsang, bir
xabarini bilib kelsang, qizini bizga beradiganday bo‘lsa,
sovchi bo‘lib kelsang, qanday bo‘lsa, mening kelganimni bir
bildirib kelsang.
Qorajon: — Men qanday ot minib borayin? — dedi.
— Mayli, qanday ot minib borsang.
— Sening oting charchab kelgan, o‘zimizning otimni
minib bora qolayin.
— Sen o‘z otingni minib borsang, hamishagi kelib
talashib yurgan qalmoq, — deb ishonmaydi. Belgim shu:
mening otimni minib borgin.
Qorajon xayr, deb Boychiborni minib oldi, qamchi
bilan qo‘yib-qo‘yib yubordi, qamchi o‘tib ketdi, xonning
Chibori lo‘killab yo‘rtdi... Qorajon sovchi bo‘lib boryapti...
Barchin aytdi: — Alpomish kelsa kelibdi-da, Alpomish
keldi, deb men Alpomishning etagidan ushlab keta bera -
yinmi? Bu alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan.
Har kim maydonga ot soladi, otini o‘zdirgan odam oladi.
Har kimning o‘z ko‘ngli o‘zidan qoladi. Mening to‘rt shartim
bor, shu to‘rt shartimni qilgan kishimga tegaman. Xohi
Alpomish qilib olsin, xohi qalmoqlarning biri qilib olsin.
Shu so‘zimni xon to‘ramga aytib bor, — deb bir so‘z aytib
turgan ekan:
Ot chopsa gumbirlar tog‘ning darasi,
Botirni ingratar nayza yarasi.
194
Kelgan bo‘lsa Qo‘ng‘irot elning to‘rasi,
Qirq kunlik yo‘l Boboxonning orasi.
Boboxon tog‘idan poyga qilaman,
Ko‘zdan yoshim munchoq-munchoq tizdirsa,
Qo‘shqanotning quyrug‘ini suzdirsa,
Boboxondan poyga qilib o‘zdirsa,
Oti ildam boyvachchaga tegaman,
Mendayin oyimning holin bilganga,
Osha yurtdan mehnat tortib kelganga,
Dushmanlarga qora kunni solganga,
Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga,
Men tegaman shul yoyandoz polvonga.
Mendayin oyimning holin bilganga,
Meni izlab osha eldan kelganga,
G‘anim ko‘rsa qiyomat kun solganga
Osha yurtdan izlab halak bo‘lganga,
Ming qadamdan tanga pulni urganga,
Men tegaman shul qarag‘ay merganga,
Savash bo‘lsa, bul shubonib chiqqanga,
Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga,
Men tegaman nor bilakli polvonga,
Shul so‘zimni aytib borgin to‘ramga,
Zog‘ ham bo‘lsa qo‘na bersin gulshanga1.
Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga,
Men tegaman to‘rt shartimni qilganga,
Aytib borgin izlab kelgan sultonga,
Otin toblab kela bersin maydonga,
Xabar bergin bari qalmoq dushmanga,
Talab qilsa, bari kelsin maydonga,
Hech qaysi ham qolmasin-da armonda...
Barchinning poygasiga yig‘ilgan ot to‘rt yuz to‘qson
to‘qqiz ot bo‘ldi. Boychibor bilan to‘ppa-to‘g‘ri besh yuz
bo‘ldi: Sinchilar besh yuz otdan bo‘lagini ko‘rib qaytarib
yubordi: — Bu otlar bo‘lmaydi, bu uzoq yo‘l, bu otlar
yo‘lda qoladi, ichi kuyib bekorga o‘ladi, egasi ham sarson
bo‘ladi, — dedi...
...Alpomishning tanidan Qorajon poygaga bormoqchi
bo‘ldi... Alpomish chodirda o‘tirib qoldi. Qirq besh kunda
kelar, deb vaqtini xushlab turdi... Poygachilar yo‘l yurdi,
poygachilarning borayotgani:
195
1 Zog‘ ham bo‘lsa qo‘na bersin gulshanga — bu o‘rinda Barchin:
ォMenga uylanish niyati bor har qanday kimsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar,
shartlarimni bajarish uchun maydonga chiqaversinサ, — demoqchi.
Ne qalmoqlar sherday bo‘lib,
Har yag‘rini qirday bo‘lib,
Besh yuz otli birday bo‘lib,
Qistab yo‘lda to‘bichoqni.
Ot boshini qo‘yib olar,
Yaqin qilmoqqa uzoqni.
Ot chopishsa uzoq yo‘lga,
Bir-biri kirmaydi tilga,
Qamchi urib Boychiborga,
Qorajon ham borar birga,
Yo‘ldosh bo‘lgan satta zo‘rga.
Qorajonni mazax qilar,
Sho‘xlik qilib o‘rtaga olar,
Barchin oyimning ustidan
Xo‘b o‘rlashib talash bo‘lar,
Borayotir lolovlashib,
Galasi daryoday toshib,
Bir xili o‘tday tutashib,
Badbaxt cho‘lda ahalashib,
Qorajon otini qo‘shib,
Bir surinib Chibor turar
Endi juda yo‘rg‘a bo‘lar,
Ko‘p qalmoqlar hadik qilar:
≪Kun-bakun yursa ochilar,
O‘zbakning oti hiylagar≫.
Gumon qildi ko‘p qalmoqlar:
≪Hayvon ham bo‘lsa jodugar,
Yo‘llarning tanobin tortar,
Bu otdan hamma bexabar.
O‘zarmikan shul ukag‘ar?
Farqlamaydi aqli yo‘qlar≫.
Shunday bo‘lib yo‘l yuradi,
Zilning tog‘iga boradi.
Qalmoq shunday ayriladi,
Qalmoq ketdi o‘yni o‘ylab,
Ko‘ngliga kelganin so‘ylab:
≪Boboxonga yetarmiz, deb,
Tumshuq bilan o‘tarmiz, deb,
Tekis yo‘lman ketarmiz≫, — deb,
Qorajon ayrilib qoldi,
Zil tog‘in beliga soldi.
Bir yo‘la bilan bora berdi...
Azamatlar olmos boylar dastiga,
G‘anim tushar kam davlatning xastiga,
Ostidagi Chibor otni o‘ynatib,
Qorajon chiqdi Zil tog‘ining ustiga.
Toqqa chiqib Alp Qorajon qaradi,
Yo‘lda to‘zib qalmoq ketib boradi,
196
Bu tog‘dan enkayib nomdor jo‘nadi,
Mazmuni qalmoqlar keyin qoladi.
Yo‘lning to‘tasiman qichib boradi,
Necha adir, beldan o‘tib jo‘nadi...
Chu, deydi Chiborga g‘ayrat qiladi,
Qalmoqdan ilgari ketib boradi,
Ko‘rinmaydi qalmoqlarning qorasi,
Borayotgan Qorajonday to‘rasi.
Yaqin qoldi Boboxonning orasi.
Boboxon tog‘iga yetib Qorajon otga dam berib yotdi.
Qalmoqlar tumshuqni aylanib borayapti. Bir nechasi:
≪Qorajon ko‘rinmadi≫, bir nechasi: ≪Otlarning to‘zonida
cho‘biri bilan to‘balashib yurgandir-da. Qorajon o‘zbakning
otini baland olgan, u o‘zbakning tani bo‘lgan, qachon
Qorajon hisobda bor, u ham o‘zbakning biri bo‘lib sarson
bo‘lgan≫, — deb qalmoqlarning oldi hafta — o‘n kun
deganda Boboxon tog‘iga yetdi. Keyin chuvalib, hali ham
kelmayapti, juda ham o‘ldik, deb borayapti. Ko‘rsa,
Qorajon Boboxon tog‘ida yotibdi, poyga qo‘yadigan yerga
boribdi...
Boychiborni mingan Qorajonning o‘zlaridan tez fursatda
o‘zib ketganini ko‘rgan alplar darg‘azab bo‘ladilar.
Ko‘kaldoshning buyrug‘i bilan Qorajon va Boychiborni
arqon bilan bog‘lab, Boychiborning oyog‘iga mix qoqib
tashlaydilar. Poygachilar uzoqlashganidan so‘ng Qorajon
qattiq harakat qilib arqonlarni uzib tashlaydi. Keyin
otning oyog‘ini yechadi va akalarining ketidan ot soladi.
Ko‘p o‘tmay Boychibor oyog‘iga qoqilgan mixlarning
azobiga qaramay poygada ishtirok etayotganlarga
yetib oladi, ular-dan bitta-bitta o‘za boshlaydi. Oxiri
Ko‘kaldoshning Ko‘kdunani bilan kuch sinashadi.
Ko‘kaldosh poyga davomida Qorajonni urib otdan
qulatmoqchi bo‘ladi. Ammo Qorajon ham anoyilardan
emasdi. Bu voqeani uzoqdan kuzatib turgan Barchinoy
Boychiborning poygada o‘zib ketaolmayotganini ko‘radi.
Uning oyog‘iga mix qoqilganini bilmagan Barchinoy
Boychibordan tezroq yugurishni yolborib iltimos qiladi.
Ot egasining yori iltimosi bilan yanada harakatga tushadi
va poygada g‘olib chiqadi.
...Xonning Chibor oti poyganing oldini olib, shashti
bilan kelib, baxmal o‘tovni yetti marta aylanib, otning
tizginini ushlab Qorajon to‘xtatdi. Barchinning kanizlari
yig‘ilib ketdi. Qorajonning otning ustidan olib, gilamning
197
ustiga solib, bardor-bardor qilib ko‘tarib, baxmal uyga kirgizib
ketdi, qizlar otni yeldirib, sovitib turibdi, olib kelib
yakka mixga boyladi, teri qotdi. Barchin kelib, otni ko‘rdi.
Ko‘zlarini ipak ro‘mollar bilan surtdi, changi, terin ushatdi.
Tuyog‘idagi mixlar ozor berib, xonning Chibor oti tappa
tushib yotdi. Tuyog‘idagio mixlarni ko‘rib, Barchin bir so‘z
deb turibdi:
...Mung‘oyib yig‘laydi menday mushtipar,
Ot egasi bu mazgilda bexabar.
O‘sal ishlar otga qilgan qalmoqlar,
Mening uchun azob tortgan Boychibor,
Bu hayvonga dushman qoyil qolibdi,
Chin tulpor-da, shu azobman kelibdi,
Shuncha jarohatman xizmat qilibdi,
Qirq kunchilik yo‘ldan poyga bo‘libdi,
Shuncha yo‘ldan shu jabrman kelibdi.
Qalmoq juda qabohat ish qilibdi,
Ko‘p azob beribdi xonning dushmani,
Po‘latni eritar qizlarning dami,
Barchinoyim ko‘rib o‘ylab turadi,
Urgan mixi yalpoq tizga boradi,
Chorsisin tuyoqqa yozib soladi,
Gul mixlarni tishlab sug‘urib oladi...
Bu so‘zni aytib, otga mehribonlik qilib banot1 to‘rvaga
yemni ilib, ko‘chib borgan qo‘ng‘irotlar jam bo‘lib-yig‘ilib,
poygaga ketgan qalmoqlar ham kelib, bir kam to‘qson alp
gurullashib turib, ≪Alplar bilan o‘zbakning polvoni yoy tortishar
emish≫, — deb ovoza bo‘lib, hamma tomoshamonlar2
yig‘ilib, Oyna ko‘liga, Chilbir cho‘liga to‘lib, yoyandoz -
lik qilmoqchi bo‘lib, bu yoy tortishmoqdagi so‘zi:
Qizu juvon saf-saf bo‘lib turadi,
Barchinning ustida talash bo‘ladi.
Gurullashib necha alplar keladi,
Buni ko‘rib bir xil qizlar kuladi:
≪Bir xotin deb bari shunday qiladi,
Xotin topmay yurgan sho‘rli keladi≫.
Olis yo‘lga nishonani quradi,
Nishonani urgan odam oladi.
Qalmoq alplar beri qator bo‘ladi,
Men urarman, deydi ko‘ngil qiladi,
Bir-biriga alplar navbat beradi.
198
1 Banot — baxmal, duxoba. 2 Tomoshamon — tomoshatalablar,
tomoshabinlar.
Parli yoyni bir qo‘liga oladi,
Shiqirlatib endi yoyni tortadi,
Yoyning o‘qi bu g‘uvillab ketadi,
Biri pastdan, biri baland o‘tadi.
Bir xilining o‘qi yetmay yotadi,
Achchiqlanib yoyni buklab tortadi,
Ushlagan parli yoy sinib ketadi,
Ikkam to‘qson alpi tortib o‘tadi.
Ko‘kaldoshga endi navbat yetadi,
Ahmoq qalmoq yoyni qo‘lga oladi.
≪Barchinoyim bu meniki bo‘ladi≫.
Yoyiga Ko‘kaldosh o‘qni soladi,
Nishonaga qarab to‘g‘ri qiladi.
Bor urdim, deb endi yoyni tortadi,
Qo‘lda yoyi cho‘rtta sinib ketadi.
Ko‘p qalmoqlar pushaymon qip yotadi,
Endi navbat Alpomishga yetadi.
G‘amli kunda tortar edi ohu voy,
Bandam desin, rahm aylasin bir xudoy,
O‘n to‘rt botmon birichdandir parli yoy,
Parli yoyni shunday qo‘lga oladi,
Ko‘rgan qalmoq bari hayron qoladi,
Rabbim deydi, endi yoyni tortadi,
Nishonaga o‘qi to‘g‘ri ketadi.
Nishonani urgan shunday turadi(r),
Bekning yoyi endi omon qoladi.
Bu shart bilan qalmoq so‘zi bo‘lmadi,
Ming qadam yerni qadamlab ko‘radi,
Tanga puldan bul nishona qiladi,
Yoyni qo‘yib, miltiq otmoq bo‘ladi,
Ko‘p deb qalmoqlarga navbat beradi,
Avval qalmoqlarga navbat keladi.
Qalmoqlar nechovi miltiq otadi,
Saksonman — to‘qsonga o‘qi yetadi,
Qaysi otsa yo‘lda qolib ketadi,
Alp Ko‘kaldosh juda g‘ayrat qiladi,
Qalmoqning aytgani sira bo‘lmadi.
Otgan o‘qi hech bir go‘rga bormadi,
Alp Ko‘kaldosh shunday ko‘zlab ko‘radi.
Besh yuz qadam yerga o‘qi boradi,
Ko‘kaldoshning ko‘nglidagi bo‘lmadi.
Qalmoqlardan navbat o‘tib boradi,
Necha qalmoq xo‘p tan berib turadi.
Alpomishga tag‘i navbat keladi.
Bek Alpomish xasta ko‘nglin xushladi,
Yig‘ilgan dushmanning sirin foshladi.
Anjom, miltig‘ini qo‘lga ushladi,
Qarab nishonani otib tashladi.
199
Ko‘rib bu qalmoqlar hayron qoladi:
≪Ilgaridan mashq qip yurgan balodi(r),
Ming qadamdan tanga pulni uradi,
Bul o‘zbak hadisga o‘zi balodi(r),
Hali yolg‘iz ko‘p ishlarni qiladi,
Har ish ham qo‘lidan buning keladi.
Kelgan shartning barin udda qiladi,
Buning bilan kim barobar bo‘ladi?≫
Barcha qalmoq shu so‘zni aytib turadi:
≪Bul ham bir alp ekan, juda zo‘rabor,
Qalmoq yurtda yo‘qdir bunga barobar.
Mingan oti tulpor ekan Boychibor,
Yolg‘iz o‘zi ko‘p ishlarni bitirar,
Ko‘rgan qalmoq hammasi hayron qoldi,
Uch shartning oldini shul o‘zbak oldi,
Endi shartdan bori bir kurash qoldi...≫
Uch shart o‘tdi, kurash taraddudini qilib yotibdi. O‘n
ming uyli Qo‘ng‘irot odami, qancha qalmoqning odami
yig‘ilib, Chilbir cho‘liga, Oyna ko‘liga tomoshamon to‘lib,
rasta-rasta, dasta-dasta qur tortib o‘tirdi. Tomoshamonlar:
≪Kurashini ko‘ramiz. Toychixonning alpi bilan Qo‘ng‘irotdan
kelgan o‘zbaklarning alpi kurash qiladi, kurash juda
qiziq bo‘ladi, kurashda qaysisi zo‘rlik qilsa, o‘zbakning qizini
oladi≫, — deb bari jam bo‘ladi. Ko‘kaldosh bosh bir kam
to‘qson alpi bilan bir tarafdan qator bo‘lib o‘tirdi. Alpomish
bilan Qorajon bir tarafdan o‘tirdi, o‘rtada ancha yerni
ochib qo‘yib, changigan yerlarga suv urib, Qorajon o‘rnidan
turib, bir xil kiyimlarni chechib qo‘yib, kurash kiyimini
kiyib, belini bo‘g‘ib shunday aylana berdi. Qalmoqlar aytdi:
≪O‘zimizdan chiqib Qorajon ham balo bo‘ldi. Mudom
o‘zbakning yordamini oldi≫. Bu yoqdan Qo‘shquloq alp
degan alp maydonga kirdi. Bu alplarning kurashayotgandagi
so‘zi:
Jafolarga tushib endi tanda jon...
Taraf tortib bu maydona Qorajon.
Qalmoq bari Qorajonga qaradi,
≪Bu Qorajon bir baloni qiladi,
O‘zimizdan bizga yov bo‘p qoladi≫
Qorajonning bir akasi bo‘ladi,
Taraf bo‘p Qo‘shquloq polvon jo‘nadi,
≪Qani men ham Qorajonni ko‘ray, deb,
Juvonmargni bilganimday qilay, deb,
Boshimdan oshirib yerga uray≫, — deb,
Chechinib bu qalmoq keldi maydonga,
200
Qorajonga alplar taraf qiladi,
Qo‘shquloq ham shunday bir zo‘r balodi(r),
Kurash-da, ta’rifi shunday bo‘ladi:
Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan,
Uchida sichqonlar bolalab yotgan,
Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan,
Shunday qalmoq qo‘lin bulg‘ab keladi,
Qorajonbek xasta ko‘nglin xushladi,
Juppay qilib yoqasidan ushladi,
Do‘stamon qip uni qoqib tashladi,
Qo‘shquloqning shunday aqli shoshdi,
Qumni qopib endi yerga yopishdi,
Yana ham bir qalmoq keldi maydonga,
Odam tushmas1 buning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetmas beliga,
Duchor bo‘ldi Qorajonning qo‘liga,
Ushlagandan otdi Chilbir cho‘liga,
Ko‘tarilib tag‘i qalmoq kiradi,
Qorajonbek o‘zi yolg‘iz turadi,
Bunga duchor bo‘lgan qalmoq o‘ladi...
Qorajonbek: — Baring kel, — deb turadi,
Ikkam to‘qson alpni nobud qiladi,
Bu alplardan bir Ko‘kaldosh qoladi,
Alp Ko‘kaldosh yolg‘iz o‘zi qolibdi,
O‘zga alplarning bari o‘libdi,
Qorajon bariga g‘olib kelibdi,
Kun namozgar, endi kech bo‘p qolibdi,
Kurashga ul zamon javob bo‘libdi,
Odam tarqab mazgiliga boribdi...
Tong otgancha maslahatda bo‘libdi...
Bir oqshomni shunday qilib o‘tkizdi,
Namoz vaqti erta-mertan tong otdi,
Choshkada yig‘ilib ketganlar kepti...
≪Kurash qiziq bo‘lar≫, — deb ham turibdi,
Kechagiday bari kelib saf tutdi.
Shunda ketgan tomoshamon bari yig‘ilib, ≪Kechagidan
ham bugun qiziq bo‘lar, alplarning zo‘ri olishar≫, — deb
turdi. Kecha qanday bo‘lsa, bugun ham shunday bo‘lib
o‘tirdi. Qorajonga Alpomish turib aytdi: — Bugun tushmaysanmi,
maydonga bugun talab qilmay turibsan?
— Bunga ham tush desang, tushaman, tushgan bilan
bundan omon topmayman, lekin bu haddili zo‘r, bunga
tushsam, ikki boshdan o‘laman. O‘zim o‘lgandan keyin
sening bergan davlatingni nima qilaman. Bizning siri
holimiz bir-birimizga ma’lum, ilgaridan ham to‘qayda
ayiqday olishib yotgan odam edik, ularni ilgari ham yiqitar
201
edim, endi... ushlagandan otib yuborayapman, qanday
bo‘lsa bir qalmoq qolibdi, bunga tushib o‘lgandan bir nima
chiqarmi, g‘ayrating bo‘lsa, ko‘rsat endi, — deb turibdi.
Alpomish chechinib: — Xayr, unday bo‘lsa, deb maydonga
talab qila berdi. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: — O‘zbak!
Sen bunday bo‘yniyo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib
o‘lma, hali ham qo‘ygin, yoringdan umid qilma, halak bo‘lib
kelgan yo‘lingdan qolma, shu alplar o‘lsa, o‘lsin, o‘zbakning
qizi bechatoq bo‘lib yolg‘iz o‘zimga qolsin, deb turib edim,
seni ilgaridan ham hisob qilganim yo‘q edi.
Bu so‘zni eshitib Alpomish Ko‘kaldoshga qarab, bu
ham bir so‘z deb turgan ekan:
Har kim o‘z eliga bekmi, to‘rami,
O‘zi o‘lmay kishi yorni berami?
Buncha so‘zni lof urmagin, sen qalmoq,
Kel endi maydonga turgin, yo ahmoq...
Bu so‘zni Alpomish aytib turadi.
Achchiqlanib bu Ko‘kaldosh turadi.
Chechinib, shu zamon belini bo‘g‘ib,
Minorday bo‘p1 bu maydonga kiradi.
Ko‘rgan odam bari hayron qoladi,
Biz bilmaymiz qanday zamon bo‘ladi.
Ikkovi maydonda aylanib turdi.
Tomoshamon ko‘z yugurtib tikildi.
Hamma bu alplarga tiklab turadi,
Sherday qaysar qo‘l bulg‘ashib keladi,
Tuproqlar changiydi, to‘zon bo‘ladi,
Ikkovi belma-bel bo‘lib oladi.
Belma-bel olishsa ayrit bo‘ladi.
Zo‘r deganing ma’lum bo‘lib qoladi.
Shunday bo‘ldi anga haqning farmoni,
Ko‘p bo‘ladi g‘amli qulning armoni.
Harchandki chirpindi Boysinning xoni,
Yiqmoqqa kelmadi bekning darmoni,
Zo‘r ekan Ko‘kaldosh juda bema’ni,
Zo‘r qilib, ingranib shundayin shunqor,
Ko‘kaldosh ham bo‘ldi xonga barobar,
Shudgordayin bo‘lib qoldi bu yerlar,
Juda ham olishdi bu ikki qaysar...
O‘n ming uyli Qo‘ng‘irotning qizlari bilan, Barchin
kanizlari bilan tomosha qilib, bularning olishganini ko‘rib,
Hakimbekka qarab bir so‘z deb turgan ekan:
202
1 Bo‘p — bo‘lib.
Ochilar bahorda bog‘larning guli,
Gulni ko‘rsa mast bo‘p sayrar bulbuli.
Nar-moda bo‘lib siz biy bobom uli,
Yiqolmasang, bizga bergin navbatdi,
Juda keldi Barchin yoring g‘ayrati,
Ushlagandan ko‘kka otmay ne bo‘pti?
Yiqolmasang, to‘ram navbat tilayin,
Erkak libosini o‘zim kiyayin,
Bor kuchimni bilagima jiyayin,
Bu qalmoqni pora-pora qilayin,
Bu so‘zlarni aytdi gul yuzli dilbar,
Ikki polvon bo‘lib turur barobar,
Ko‘p so‘zlarni Barchin suluv aytadi,
So‘zi Alpomishga botib ketadi,
Jafo tig‘i bu kun jondan o‘tadi,
Ayriliq xanjari bag‘rin yirtadi,
O‘tdayin tutanib shunqor ketadi,
G‘ayrati g‘ayratga bekning yetadi.
Yor so‘ziman sherdil bo‘lib ketadi,
Chirpib Ko‘kaldoshni ko‘kga otadi,
Ancha yer havoga chiqib ketadi.
Xaloyiqlar ko‘kka boqib qaradi.
Olchi-chikka bo‘lib shunday aylanib,
Alp Ko‘kaldosh bu osmondan keladi,
Kallasiman kelib yerga uradi...
Shunday bo‘lib Ko‘kaldosh ham o‘ladi...
To‘y bo‘ldi Barchin oyimcha,
Olmoqchi Hakim bekvachcha,
Yig‘ilishgan satta norcha,
Ko‘pkarini chopib yotir
Aralashib sop boyvachcha.
To‘y beradi ko‘p kungacha,
Ulog‘iga talashib turur
Katta serka ola pocha.
Behad qo‘yu so‘qimlarni so‘yadi,
Kunda hamma qolmay oshga to‘yadi,
Kuniga uzmasdan uloq beradi,
Chiqarganlar1 tanga-tilla oladi,
Chavandozlar katta unum qiladi,
Qirq kungacha uzmay to‘yni beradi,
O‘yinchi nag‘magar — bari keladi,
O‘zbak shoirlari aytib turadi,
Kelgan odam sira quruq qolmadi,
Hammasi ham ancha narsa oladi,
Qirq kundan qay to‘ylar axir bo‘ladi,
Bir nechalar uyga tarqab jo‘nadi...
203
1 Chiqarganlar — bu o‘rinda uloqda, ko‘pkarida g‘olib chiqqanlar
ma’nosida qo‘llangan.
Shunday bo‘lib, bu orada qirq kun o‘tdi, qirq kungacha
maslahat qilib yotdi. Qirq kundan keyin maslahatni bir
yerga qo‘yib, Boysari qoldi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot
Barchin bilan ketmoqchi bo‘ldi. Barchinni uzatmoqchi
bo‘lib kuyovga, ≪Erga ko‘rsatdi≫ degan rasmlarini qilib, bir
qo‘yni so‘yib, choshka vaqtida uyga chaqirib, yaxshi sarpoylar
Hakimbekka yopib, Barchinni uzatayotgandagi so‘zi:
Chechanlar eplaydi gapning epini,
Shu zamonda besh yuz norni cho‘karib1,
Ortadi Barchinning qilgan sepini,
Barchinoy yig‘laydi ko‘nglin bo‘ladi,
Enasiman otasiga qaradi,
Qarab tursa elat ko‘chib boradi,
Suyanchi yo‘q, ota-ona qoladi,
Bular qolishiga Barchin yig‘ladi,
≪Ota ne bo‘ldi?≫ — deb zo‘rlab qaradi,
Quloq solmay Boysari o‘rlab turadi.
Bir yo‘rg‘a ustiga Barchin minadi,
Barchinoyim endi ketib boradi...
Boychiborni Hakimga olib keladi,
Qorajonman Hakimxon otlanadi.
Bedov mingan ot-abzalin shayladi,
Kelganlar eliga talab ayladi,
Cho‘ponlar qur-haytlab qo‘yni haydadi,
Eliboylar qilib yotir dovriqni,
Haydadi cho‘ponlar chori, sovliqni,
Kashaldan Boysinga talab ayladi,
Kelgan elat bundan ko‘chib boradi...
|