|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 14/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Vilgelm II
“yangi kurs”ni eʼlon qildi. Yevropada hukmronlikka intilish,
Afrika, Osiyo va Okeaniyada taʼsir doiralarini qayta boʻlish
bu kursning asosini tashkil qildi. Germaniya mustamlakalar
“adolatsiz” boʻlingan deb hisoblardi. U eng rivojlangan davlat-
lar qatoridan oʻrin egalladi va mustamlakalardan oʻz iqtisodiy
qudrati va siyosiy mavqeyiga mos ulush talab qila boshladi.
Buni esa katta urushsiz hal qilishning iloji yoʻq edi.
Shu tariqa Germaniya katta urushga tayyorgarlik koʻra
boshladi.
GERMANIYA
Napoleon III ning
taslim bo‘lishi
XIX asrning
70-yillarida
Ger maniyaning
jadal rivojlanishi
qanday omillar
sabab yuz berdi?
TARIXIY
MUSHOHADA
21
Germaniya imperatori Vilgelm I
Parij kommunasi – 1871-yilning 18-martidan 28-mayigacha Fransiyani bosh-
qargan muvaqqat hukumat.
Dekret – oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega
boʻlgan muhim qaror.
Konsentratsiya (lotincha con – “birga” va centrum – “markaz”) – biror narsaning
muayyan joyda toʻplanishi.
ATAMALAR MAZMUNI
1. Fransiya-Prussiya urushi har ikki davlat uchun qanday yakunlandi?
2. Parij kommunasi amalga oshirgan islohotlar Fransiyaning keyingi
rivoj lanishi uchun qanday ahamiyatga ega boʻldi?
3. Qaysi tarixiy voqea bilan Germaniyani birlashtirish uchun olib borilgan
uzoq yillik kurash yakunlandi?
4. Imperator Vilgelm II e’lon qilgan “yangi kurs”ning mazmun-mohiyati
nimalardan iborat edi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
|
| |