• YODDA TUTING 20
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING


    19
    XX asr boshlariga kelib Fransiya dunyoning eng qudratli davlatlari qatoriga kirsa-da
    inqiloblar va urushlardagi juda katta yoʻqotishlar tufayli rivojlanish surʼatlari tobora pa-
    sayib borayotgan edi.
    Butun XIX asr davomida Fransiya sanoat ishlab chiqa-
    rishining darajasi boʻyicha Angliyadan keyin – ikkinchi 
    oʻrinni egallab keldi. Asr oxiriga kelib esa yosh kapitalizm 
    mamlakatlari boʻlgan AQSH va Germaniyadan ham ort-
    da qolib ketdi. Taraqqiyot darajasining sekinlashuvi Fran-
    siya iqtisodiyotining belgilaridan biriga aylandi. Shunga 
    qaramasdan, Fransiya banklari asr oxirida juda katta 
    moliya kapitaliga egalik qilardi. Bu holat banklarning kon­
    sentratsiyalashuvi, ularning sanoat bilan qoʻshilib ketishi 
    va moliya kapitalining shakllanishiga olib keldi. Moliya 
    oligarxiyasi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida 
    asosiy kuchga aylandi.
    Parij kommunasi yig‘ilishi
    Parij kommunasi 
    72 kunlik qizgʻin 
    faoliyat olib bordi.
    1870-yil 4-sen-
    tyabrda Fransiyada 
    Uchinchi respublika 
    eʼlon qilindi.
    YODDA TUTING


    20
    F
    ransiya­Prussiya urushi prussiyaliklarning gʻalabasi bi-
    lan yakunlangandan soʻng, 1871­yil yanvarda Prussiya 
    imperatori 
    Vilgelm I Versal saroyining serhasham oynaband 
    zalida Germaniya imperatori deb eʼlon qilindi. Mamlakatni 
    birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurash yakunlandi.
    Nemislar tantana qilardi. Bismark mamlakatni birlashtirish-
    ni uddaladi. Janubiy german davlatlari bilan shartnomalar 
    imzolandi. 1871-yil bahorida birinchi imperiya reyxstagi kons-
    titutsiya qabul qildi. Konstitutsiya Prussiyaning imperiyadagi 
    yetakchilik rolini mustahkamladi. Germaniya jadal rivojlana-
    yotgandi, uning sanoat mollari barcha qitʼalardagi bozorlarga 
    kirib borgandi. Xoʻsh, bunday muvaffaqiyat siri nimada edi?
    Eng avvalo, bu mamlakatning birlashtirilishi va natijada 
    yagona ichki bozorning shakllanishi bilan bog‘liq edi. Bojxona 
    chegaralari yoʻq boʻldi, yagona pul birligi, ogʻirlik va uzunlikning 
    yagona oʻlchov tizimi joriy qilindi. 1871­yildan 1875­yilgacha 
    mamlakatda juda koʻplab sanoat kompaniyalari va banklar 
    paydo boʻldi. 
    XIX asrning 90-yillarida Germaniya katta iqtisodiy sak-
    rashni amalga oshirdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy 
    hajmi boʻyicha agar 1870­yili jahonda toʻrtinchi oʻrinda boʻlsa, 
    1880-yili uchinchi, 1913-yili esa AQSHdan keyingi – ikkinchi 
    oʻringa chiqib oldi. Yirik sanoat banklari va korporatsiyalarni 
    tashkil qilish jarayoni davom etdi. Ulardan baʼzilari mono-
    poliyalarga aylandilar. Yirik korporatsiyalar eng avvalo ogʻir 
    sanoatda tashkil qilindi. Sanoatning bitta yoki bir nechta 
    sohasini nazorat qiluvchi sanoat magnatlari va uddaburon 
    bankirlar paydo boʻldilar.
    Qishloqlarda tabaqalashuv jarayoni jadal davom etdi. 
    Koʻplar shaharlarga ketishga majbur boʻldi. Agar 1871­yili 
    Germaniya aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashagan boʻl-
    sa, 1910-yilga kelib 2/3 qismi shaharlarda istiqomat qilardi.
    Germaniya industrial mamlakatga aylandi.
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya faol mus-
    tamlakachilik siyosatini olib bordi. Imperator 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish