• O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING 30
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Uolt Uitmen va Mark Tvenlar, 
    tasviriy sanʼatda 
    Uinslou HomerTomas Ikins 
    va 
    Jeyms Uistler kabi buyuk ijodkorlar faoliyat 
    yuritdi. XX asrdan boshlab Amerika madaniyati-
    ning oʻziga xos jihati unda ommaviy madaniyat­
    ning ustuvorligi boʻlib qoldi.
    Madaniyat
    1880–1890-yillarda Nyu York shahrining ko‘rinishi
    AQSH taraqqiyotiga 
    sabab boʻlgan asosiy 
    omillarni toping. Fikringizni 
    mantiqiy izchillikda chizma 
    ko‘rinishda ifoda eting. 
    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING


    30
    XIX 
    asr oxiri – XX asr boshlarida Lotin 
    Amerikasi iqtisodiyotiga chet el kapi-
    talining kirib kelishi keskin faollashdi. Bu borada 
    XIX asrda Angliya yetakchilik qilgan boʻlsa, asr 
    oxiriga kelib Germaniya va ayniqsa AQSH inves-
    torlari juda faollashdilar. 
    XIX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari-
    ning koʻpchiligi, jumladan, mintaqaning eng katta 
    davlati 
    Braziliya ham oʻta qoloq ijtimoiy tuzumga 
    ega edi. Plantatsiyalardagi ishlab chiqarish asosan 
    qullar mehnatiga asoslangan boʻlib, Braziliyada 
    qulchilik faqat 1888-yili bekor qilindi va 1891-yili 
    Braziliya respublika deb eʼlon qilindi.
    Lotin Amerikasi jamiyatining rivojlanishi va 
    xarakteriga bu yerdagi etnik jarayonlar katta taʼsir 
    koʻrsatdi. Turli xalqlar – hindular, qora tanlilar, 
    yevropaliklar madaniyati va anʼanalari oʻrtasidagi 
    oʻzaro taʼsir bu mamlakatlarda juda xilma­xil va 
    oʻziga xos 
    etnopsixologik jamoalarning shaklla-
    nishiga olib keldi. Bu esa, oʻz navbatida, siyosiy 
    madaniyatning, butun siyosiy jarayonlarning xa-
    rakterini belgilab berdi va ular jamiyatdagi siyosiy 
    beqarorlikka, tez­tez boʻlib turadigan davlat toʻn-
    tarishlariga, qoʻzgʻolonlarga, inqiloblarga, siyosiy 
    kurashning gʻirrom usullaridan keng foydalani sh­
    ga olib keldi. Koʻplab davlatlarda oʻz faoliyatida 
    armiyaga tayangan avtoritar rejimlar oʻrnatildi.
    1910
    -yilda boshlangan inqilob Lotin Amerikasining eng yirik davlatlaridan 
    bo‘lgan Meksikaning keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. 
    Inqilob oldingi tuzumdan saqlanib kelayotgan qoloq ijtimoiy munosabatlarni bartaraf 
    etib, Meksika jamiyatining gurkirab o‘sishida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi-
    da, mintaqadagi yetakchi davlatga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. 
    1911-yili Meksikada diktator 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish