33
XIX
asr oxiri – XX asr boshlari “Osiyo
uygʻoni shi” davri boʻlib, unda Sharqning
anʼanaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari
koʻrina boshladi. Bu bir tomondan sharqona anʼanalar
saqlanib qolgan, boshqa tomondan Sharq mamlakat-
larida iqtisodiyotni modernizatsiyalash boshlangan
ziddiyatli davr edi.
Bu davrdagi “gʻarblashish”, yaʼni yevropaamerika cha davlat boshqaruviga, qo-
nunchilik, taʼlim tizimi, kiyinish va yurishturish madaniyati modeliga taqlid qilish,
ularni koʻchirish – bularning barchasi Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning
oqibatlari edi.
Y
aponiya ikki asr davomida Gʻarb mamlakatlari uchun “yopiq” boʻlib qolayotgan
edi. Gʻarb mamlakatlarining savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun qilgan
barcha urinishlari
syogunlik tomonidan qatʼiy rad etildi. 1868yili harbiyfeodal huku-
mat –