• YODDA TUTING 36
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    ven-
    yan – eski adabiy tilni asta-sekin siqib chiqarayotgan, 
    aholining keng qatlamlariga tushunarli boʻlgan 
    bayxua 
    adabiy tilining tobora keng tarqalishi yuz berdi. XIX 
    asrning ikkinchi yarmida xitoy tilida oʻnlab gazeta va 
    jurnallar paydo boʻldi.
    Xullas, XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat 
    sanalgan Xitoy asr oʻrtalariga kelib Gʻarb davlatlari, 
    soʻng esa AQSH, Rossiya va Yaponiyaning ham 
    mustamlaka chilik manfaatlari kesishgan eng muhim 
    hududga aylandi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy jihatdan 
    qoloqligi, uning oʻz­oʻzicha saqlanib qolayotgan buyuk 
    davlat maqomiga qaramasdan, uni Gʻarb davlatlarining 
    yarim mustamlakasiga aylantirdi.
    XITOY
    Sun Yatsen
    1889-yil bosh larida 
    qabul qilingan Yapo­
    niya konstitutsiyasiga 
    binoan mamlakat 
    konstitutsion mo­
    narxiyaga aylandi.
    Xitoy tarixida ik­
    kinchi “afyun uru shi” 
    1856–1860-yillarda 
    boʻlib oʻtgan.
    YODDA TUTING


    36
    XIX 
    asrning oxirlariga kelib Hin-
    distonda Buyuk Britaniyaning 
    mustamlakachilik zulmi yanada kuchaydi. 
    Mustamlakachilar hind iqtisodiyotini Angli-
    yaning industrial jamiyati ehtiyojlari uchun 
    moslashtirishga harakat qildilar. Inglizlarning 
    bevosita ishtirokida hind qishloq jamoasi 
    barham topdi va Hindistonda kapitalistik mu-
    nosabatlar yangi asosda rivojlana boshladi.
    XIX asrning ikkinchi yarmidan Hindistonga 
    ingliz kapitali kirib kela boshladi. Birinchi yirik 
    sarmoya kiritilgan soha temiryoʻl qurilishi boʻl-
    di. Temiryoʻl qurilishiga sarmoya sarflagan 
    kompaniyalar juda katta daromad oldilar.
    Kapital kiritishning keyingi sohasi plantat-
    siya xoʻjaligi boʻldi. Angliya hukumati Hindis-
    tonda choy, qahva, kauchuk plantatsiyalarini 
    koʻpaytirish va turli imtiyozlar orqali qoʻllab ­
    quvvatlashga katta eʼtibor qaratdi. Ingliz kapi-
    talistlari fabrika­zavodlar qurilishi va togʻ­kon 
    sanoatiga ham yirik sarmoyalar kiritdilar.
    Kapitalizm bilan birga Hindistonda milliy 
    mafkura ham shakllanib bordi. Milliy yangi-
    lanish mafkurasining dastlabki vakillari sifatida 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish