47
Xullas, Birinchi jahon urushi
arafasida imperialistik dav-
latlarning Afrikani boʻlib olish
jarayoni yakunlandi. Oʻz vata-
nini va mustaqilligini himoya
qilgan yuz minglab afrikaliklar
mustamlakachilar bilan boʻlgan
tengsiz janglarda halok boʻldilar.
Mustamlakachilar esa qitʼaning
tabiiy boyliklarini talash, aholisini
shafqatsiz ekspluatatsiya qilish
evaziga cheksiz boyliklar orttirib,
Yevropani yuksaltirishga hissa
qoʻshdilar.