41
XIX
asrning ikkinchi yarmi Yevropa davlatlarining, birinchi navbatda, Angliya
va Rossiyaning Forsda faol mustamlakachilik ekspansiyasi davri boʻl-
di. Hokimiyatda turgan
qojarlar sulolasi vakillari oʻz xalqining talabidan koʻra chet
davlatlarning talabini bajarishni afzal koʻrdi. Forsni
qaram qilishda chet el kapitali evaziga turli xil
kon-
sessiyalar olish va Tehronga pul qarz berish kabi
usullardan keng foydalanildi. Natijada Fors Yevropa
davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib bordi.
Mamlakat iqtisodiyotidan tashqari davlat bosh-
qaruvining baʼzi sohalari ham chet elliklarning
nazoratiga oʻtib ketdi. 1879yili rus ofitserlari
boshchiligida tuzilgan kazaklar polki keyinchalik
brigadaga aylantirildi va Fors armiyasining yagona
jangovar qismi sifatida shoh rejimining Rossiyaga
qaramligini kuchaytirishga xizmat qildi.
Mamlakatdagi ogʻir ahvol va
Muzaffariddin
shohning siyosati 1905–1911-yillardagi burjua-
demokratik inqilobiga olib keldi va u milliy-ozodlik
harakati bilan qoʻshilib ketdi. Inqilob jarayonida maj-
lis (parlament) tuzildi, konstitutsiya qabul qilindi. Bu
oʻzgarishlarga qaramasdan, oxiroqibatda qojarlar
hokimiyati tiklandi va mamlakat Rossiya hamda Angliya tomonidan taʼsir hududlariga
boʻlib olindi. Natijada Fors kuchli davlatlarning yarim mustamlakasiga aylantirildi.
Xullas, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiyaning
mustamlaka chilik ekspansiyasi eng avj olgan davr boʻldi. Islom dunyosi ham yirik hu-
dudlarga egalik qilayotgan metropoliyalar tomonidan deyarli toʻliq boʻlib olindi; Turkiya,
Fors singari mamlakatlar iqtisodiy zulm ostida qoldi, yarim mustamlakalarga aylantirildi.
FORS DAVLATI
Bu davrda Turkiya va
Fors davlati uchun umu
miy boʻlgan anʼanaviylik
va islohotchilik oʻrtasida
gi kurash jamiyat rivoji
uchun qanday ahamiyat
kasb etgan?
Mazkur kurashlar
Turkiya va Fors davlati
uchun nimalar berdi?