37
B
u davrdagi Hindiston madaniyati
oʻzining koʻp ming yillik anʼanalarini
davom ettirish bilan birga ayni paytda ingliz
madaniyatining taʼsirini ham oʻzida aks
ettirdi.
Hindlar sevadigan musiqa, qoʻshiq-
chilik, raqs sanʼatida koʻproq xalq anʼanalari
saqlanib qolgan boʻlsa, adabiyot,
tasviriy
sanʼat kabi sohalar juda tez zamonaviyla
shib bordi. Hind adabiyotining eng yirik
namoyandalaridan biri
Rabindranath Thakur ham shu davrda ijod qildi. U “Gitanjali”
(“Qurbonlik qoʻshiqlari”) turkum sheʼrlari uchun 1913yili adabiyot sohasida Nobel
mukofotiga sazovor boʻldi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Hindistonning iqtisodiy va siyosiy
hayotida muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan boʻlsada, kapitalizm rivojlandi.
Milliyozodlik harakati paydo boʻldi va ingliz mustamlakachiligi
hukmronligiga qarshi
kurash yagona gʻoyasi ostida birlashdi.