• Meydzi inqilobi
  • YAPONIYA Modernizatsiya – ... ESGA OLING
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Tokugava syogunligi agʻdarildi. Syogun qoʻshinlari jangsiz taslim boʻldi va 
    oʻzining otameros mulkiga joʻnab ketdi. Biroq Tokugava tarafdorlariga qarshi harbiy 
    harakatlar davom ettirilib, 1869-yili syogunlik butunlay tugatildi. Bu yillardagi voqealar 
    Yaponiya tarixida 
    Meydzi inqilobi nomini oldi. Bu nom shuning bilan bogʻliqki, im-
    perator 
    Mutsuxito hukmronligi rasman Meydzi deb atalib, u maʼrifatli boshqaruv 
    maʼnosini anglatadi. Meydzi davri 1868–1912­yillarni oʻz ichiga oladi.
    YAPONIYA
    Modernizatsiya – ...
    ESGA OLING
    Meydzi inqilobining sodir bo‘lishi


    34
    1871
    -yilda mamlakatning ya-
    gona davlatga birlashish 
    jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari 
    tugatildi va toʻgʻridan toʻgʻri markaziy hu-
    kumatga boʻysunuvchi prefekturalar joriy 
    qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqar-
    tirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va 
    oddiy xalq.
    “Yangi Yaponiya”ni qurish aynan 
    imperator hokimiyatining tiklanishi bilan 
    bogʻliq. Bu inqilobni amalga oshirganlar 
    jadallik bilan mamlakatni qayta qurishga 
    kirishdilar. Yaponlar o‘ziga xos moʻjiza ya-
    ratdilar: ular aholi bir paytning oʻzida ham 
    Gʻarbda, ham Sharqda yashaydigan – ikki 
    xil sivilizatsiyaga asoslangan mamlakatni 
    qurdilar.
    Iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchayishi 
    bilan Yaponiyaning mustamlakachilik 
    intilishlari ham avj olib bordi. 1904– 
    1905-yillardagi rus-yapon urushidan 
    keyin Yaponiya Janubiy Manchjuriya va 
    Koreya ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatib, 
    Koreyaning tashqi siyosatini ham belgilay 
    boshladi. 1910-yildan Koreya rasman 
    Yaponiyaning mustamlakasi boʻlib qoldi.
    M
    odernizatsiya jarayonida Gʻarb madaniyatiga taqlid qilish, undan ilgʻor fan va 
    texnika yutuqlarini qabul qilish mamlakatning umumiy madaniy darajasini oshi-
    rishga xizmat qildi. Hukumatning madaniyatni yanada yevropalashtirish talabi aholining 
    bir qismi, ayniqsa, ziyolilar oʻrtasida norozilikni keltirib chiqardi. Sanʼat namoyandalari 
    orasida yapon milliy madaniyatini, oʻziga xos sanʼatini tiklash gʻoyasi kuchaydi.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish