31
M
intaqa mamlakatlarida mahalliy hindular va afrikaliklar avlodlari-
ning toʻliq mifologik tasavvurlariga asoslangan madaniy qarashlari
bilan yevropaliklarning ratsionalistik madaniyati aralashib, oʻziga xos Lotin
Amerikasi madaniyatini shakllantirdi. XX asr boshlarida adabiyotda
Sezar
Valyexo,
Gabrila Mistral, tasviriy sanʼatda
Diyego Rivera,
Xose Oros
ko,
David Sikeyros kabi ijodkorlar faoliyat yuritdi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, XX asr boshlariga kelib Lotin Amerikasida
mustamlakachilik davrida yaratilgan xoʻjalik astasekin kapitalistik xoʻjalik-
ka aylanib bordi. Yirik shaharlar – sanoat va madaniyat markazlari paydo
boʻldi. Jamiyatda industrial sivilizatsiya belgilari yaqqol koʻrina boshladi.
Madaniyat
1916-yili AQSH hukumati chegaradagi tushunmovchilikni bahona qi-
lib Meksikaga qo‘shin kiritdi. Tashqi xavf oldida bar cha inqilobiy kuchlar
birlashdi, hukumatning Meksika hududidagi chet elliklar, avvalo ame-
rikaliklar mulkiga nisbatan munosabati keskinlashdi. Interventlar bilan
kurash qariyb bir yilga cho‘zildi va 1917-yil fevralda AQSH qo‘shinlarining
Meksikadan olib chiqilishi bilan yakunlandi. Inqilob g‘alaba qozondi.