42
Bu
davrda boshqa mustamlakalar
singari islom mamlakatlarida ham iqtiso-
diy hayotning nisbatan barqarorlashuvi
yuz berdi. Infratuzilmalarni yaratish faol
olib borildi: temiryoʻllar, dengiz portlari,
irrigatsiya inshootlari qurildi.
Islom mam-
lakatlarida mustamlakaсhi hukumatlar
tomonidan bir qator eskirgan urf- odat
va holatlar (qul savdosi,
bolalar savdosi,
koʻpxotinlik) bekor qilindi. 1870–1914yil-
lari mustamlakalar, jumladan, islom
mamlakatlariga investitsiyalar kiritish
ham keskin ortdi. Turkiya, Misr va Yaqin Sharq mamlakatlariga kiritilgan investitsiya-
lar hajmi barcha investitsiyalarning 50–60% ini tashkil qildi.
Islom mamlakatlarining madaniy rivojlanishida anʼanaviylik bilan modernizm
oʻrtasidagi keskin kurash asosiy rol oʻynadi. Agar
bir qator boshqa mamlakatlar,
masalan, Yaponiyada anʼanaviylik va modernizmni uygʻunlashtirgan oʻziga xos muhit
shakllangan boʻlsa, islom mamlakatlarida Gʻarbning madaniy taʼsiriga qarshi kuchli
harakatlar olib borildi.
Mustaqil tarzda dunyo sivilizat
siyalari tarixi bilan tanishing. Har
bir sivilizatsiyaning kishilik jamiyati
taraqqiyoti uchun qoʻ
shgan hissasi
ni tahliliy qamrab oling. Fikringizni
esse tarzida yozing.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
1. “Yosh turklar” partiyasi qachon tashkil etildi? Partiya faoliyatining
asosiy yoʻnalishlarini sanab oʻting.
2. Forsda 1905–1911-yillardagi burjua-demokratik inqilobi qanday yakun
landi?
3. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fors uchun umumiy boʻlgan belgilar
nimalardan iborat edi?
4. Bu davrda Fors davlatiga nisbatan chet el davlatlarining taʼsiri qanday