• O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING 15
  • Pax Britanica
  • Viktoriya 1901-yili vafot etdi va  taxtga uning katta oʻgʻli  Eduard VII




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Viktoriya 1901-yili vafot etdi va 
    taxtga uning katta oʻgʻli 
    Eduard VII keldi. Eduard VII ingliz diplomatiyasida hukm-
    ronlik qilgan “ajoyib izolyatsiya” siyosatini tugatdi. Qirol siyosatining muvaffaqiyati 
    deb Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi munosabatlarning iliqlashuvini aytish mumkin. 
    Rossiya bilan ham kelishuv imzolandi. Eduard VII davri Angliya tarixida 
    ajoyib davr 
    deb ataldi.
    Viktoriya davrining “unutilgan mashhur” yozuvchisi 
    Jozef Redyard Kipling “yana-
    da Buyuk Britaniyani yaratish” tashabbuskorlaridan biri boʻldi. “Madaniyatdan orqada 
    qolgan” xalqlarga faqat oq tanlilar yordam berishi mumkinligiga Kipling chin dildan 
    ishonadi. Yozuvchining bu qarashlari “Oq tanlilar yuki” deb nomlangan sheʼrida oʻz 
    Sanoat inqilobi 
    davrida korxona 
    ishchilari
    Qanday sabablar 
    tufayli Buyuk Britani­
    ya dunyoning birinchi 
    sanoat mam lakati 
    maqomini yoʻqotdi?
    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING


    15
    ifodasini topadi. Kipling oʻzining bu sheʼri, hayotiy falsafasi va inglizlarning 
    sivilizatsiyachilik missiyasiga qatʼiy ishonchi bilan Charlz Dilk, Jon Sili va 
    Sesil Rods singari imperiya maddohlari qatoridan joy oladi.
    Ular imperiya haqidagi mifni yaratdilar. Bu mifning markazida britaniyaliklar 
    boshqaruvi eng yaxshi boshqaruv usuli ekanligi haqidagi tasavvur yotadi. O‘sha 
    davr inglizlarining fikricha, osiyolik va afrikaliklar oʻz mamlakatlarini mustaqil 
    boshqarish va rivojlantirishga qodir emaslar. Osiyo va Afrika davlatlarining 
    ichki ishlariga inglizlarning aralashuvi, hokimiyatlarni agʻdarishi koʻpincha bu 
    davlatlardagi siyosiy tizimning kamchiliklarini bartaraf qilish sifatida qaraladi.
    Xullas, bu davrda Angliya dunyoning yetakchi imperiyalaridan biri boʻlib 
    qolayotgan boʻlsa­da, imperiyaning avvalgi qudrati soʻnib borayotgani, yangi 
    davrlar boshlanayotganligini ingliz jamiyati ham his qilayotgan edi.
    Pax Britanica (lotincha, Paks Britanika – “Britaniya dunyosi”) – Buyuk Brita-
    niyaning 1815-yilgi Vaterloo jangidan boshlab Birinchi jahon urushiga qadar 
    dengizdagi va xalqaro munosabatlardagi hukmronlik davri.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viktoriya 1901-yili vafot etdi va  taxtga uning katta oʻgʻli  Eduard VII

    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish