10
rishga intilib yashadilar. Natijada dinning inson
ongiga taʼsiri susaydi, koʻplab mamlakatlarda
dunyoviy taʼlim yoʻlga qoʻyilib, diniy muassa-
salar davlatdan, taʼlim jarayoni dindan ajratildi.
Dunyoviy davlat, maktab, fan va madaniyat
shakllandi. Dunyoviy yondashuv,
sekulyarlik,
vijdon erkinligi inson dunyoqarashining, ozod
shaxs sifatida oʻzini anglashining asosini tash
kil qildi.
Industrial davlatlar mustamlaka imperi-
yalarini yaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Ame-
rikasini taʼsir hududlariga boʻlib olish uchun
intildilar. Bu davr Gʻarb sivilizatsiyasining
ekspansiyasi davri, Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi xalqlarining faqat siyosiy va iqtiso-
diy emas, sivilizatsiyaviy qaramligining ham
boshlanish davri boʻldi.
Bu davrda Gʻarb jamiyatining tarkibi oʻzgardi, aholining yangi qatlamlari paydo boʻldi.
Insonning oʻzi, ichki dunyosi va turmush tarzi ham oʻzgardi. Uning asosiy qadriyatlari
ozodlik va shaxsiy erkinlik boʻlib qoldi.
Korxonadagi ish jarayoni