aksionerlik kompaniyalari




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/150
Sana17.11.2023
Hajmi13,23 Mb.
#100154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Jahon tarixi 10 uzb 2022
Parametrik tenglama bilan berilgan chiziq urinmasi va normali tenglamalari, Non pishirishda kechadigan jarayonlar mohiyati, Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari. Reja Fuqaro muhofazas, MUSTAQIL ISH, jhg,jhg,, 1 qadam, 9-ma’ruza, 10-ma’ruza, XMGlobal-Risk-Disclosures-for-Financial-Instruments-1, Anvarov B, pdf, dilshodbek.org, Jahon banki, document
aksionerlik kompaniyalari tashkil 
qilindi. Bu kompaniyalar yirik banklar va 
sanoatchilarga oʻz mablagʻlarini bir joyga 
jamlash imkonini berdi. Ammo shu tariqa 
paydo boʻlgan 
moliya oligarxiyasi tezda 
jamiyatning tor 
elita qatlamiga aylanib, 
industrial sivilizatsiya qaror topgan ilgʻor 
mamlakatlarda XX asr boshiga kelib iqti-
sodiy va siyosiy yetakchilikni qoʻlga oldi. 
Bunday jarayonlar keyinchalik kapitalistik 
rivojlanish yoʻliga oʻtgan bir qator sobiq 
sotsialistik mamlakatlarda XX asr oxiri – 
XXI asr boshlarida ham kuzatildi. 


9
Bu oʻzgarishlar jamiyat hayotida, 
kishilarning kundalik turmushida 
qanday aks etdi?
Avvalo, yangi davr kishisi shakl-
landi. XVIII asrda paydo boʻlgan 
insonning tabiiy va uzviy huquqlari 
toʻgʻrisidagi taʼlimot jamiyat hayoti-
da yanada kengroq namoyon boʻla 
boshladi. Siyosiy tuzumlar oʻzgardi, 
absolyut monarxiyalar oʻtmishda 
qolib ketdi va oʻrnini cheklangan 
(konstitutsion) monarxiyalar va 
respublikalarga boʻshatib berdi.
Parlament faoliyati qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari bir-biridan ajratilgan huquqiy 
davlatning shakllanishiga koʻmaklashdi. Bunday davlatlarda shaxs huquqi kafolatlandi, 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi oʻrnatildi.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining rivojlanishini taʼminladi. U odamlar hayotiga 
quyidagi oʻzgarishlarni olib keldi: a) shaxsiy erkinliklar kengaydi; b) feodal qaramlikdan 
ozod boʻlish jarayoni davom etdi; d) mahalliy boshqaruv organlari shakllandi; e) itti-
foqlar va siyosiy partiyalar tashkil qilindi; f) ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligini 
taʼminlash uchun kurash olib borildi; g) vijdon erkinligi eʼlon qilindi va kafolatlandi.
Ilm-fanda juda katta oʻzgarishlar yuz berdi. Uni ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish-
ning uzoq davom etgan jarayoni XX asrda 

Download 13,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish