149
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Bu yerda taraflar oʻzaro kelishuvlarining bevosita natijasi
metallurgiya zavodi
tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va
muayyan shartlarga binoan ma’lum miqdorda poʻlat yetkazib berish hisoblanadi.
Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy boʻlib, taraflarning har
qaysisi shartnomaning barcha koʻrsatkichlarini bajarishdan,
pirovardida foyda
(daromad) olishdan iborat boʻladi. Binobarin, har
ikki taraf ham shartnomani
lozim darajada bajarishni oʻzlarining burchlari deb biladilar.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni
rasmiylashtirish
uchun tuziladi. Ba’zi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va
majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi.
Bu adabiyot, fan va san’at asarlarini
yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalar, chunonchi,
nashriyot
shartnomasi, sahna asari, kinosstenariyalar
va boshqa shartnomalar
uchun xarakterlidir.
Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarinigina,
chunonchi, mualliflik haqi toʻgʻrisidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun
javobgarliknigina belgilamay, balki
shaxsiynomulkiy huquqlarni ham, masalan,
muallif oʻz asarida nomini koʻrsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga
oʻzgartirish kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham
belgilaydi.
References:
1.
Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. 2-qism. Darslik. – Toshkent: TDYU,
2019. 684-b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. (ikkinchi
qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 912-b.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 3-jild. (ikkinchi
qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 800-b.
4.
Imomov N.F. Yuridik shaxs mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini
(nazariy masalalar). Monografiya. –Toshkent: TDYuU, 2017. 156-b.
5.
Oqyulov O., Ro‘zinazarov Sh.N., Imomov N.F.
Fuqarolik qonunchiligining
rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari (axborottahliliy material). –
Toshkent: TDYI, 2015. 111-b.