|
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»Bog'liq ZDIFT0638 (1)148
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun, ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun) yoki olingan
majburiyatda (FK 361-moddasi) nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. -
taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan istalgan shartnomalarni
tuzishlari mumkin (distribyutorlik shartnomasi, volontyorlik shartnomasi,
tansoqchi xizmati boʻyicha fuqarolik shartnomasi, tolling (xom ashyoni qayta
ishlash uchun topshirib, birlamchi, ikkilamchi tayyor mahsulotlarni oʻziga
qaytarib olish haqida shartnoma), agentlik shartnomasi, konsignastiya
shartnomasi, notijorat hamkorligi shartnomasi va boshqalar); -aralash
shartnomalar tuzishga taraflar haqliligi; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
imperativ shartlardan tashqari qolgan shartlar erkin belgilanadi.
Shu ma’noda sohaning tezkor va ta’sirchan huquqiy mexanizmini yaratish,
shartnomalar tuzish va bajarishni ta’minlash maqsadida mamlakatimizda 1998-
yil 29-avgustda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va
bajarish monitoringi yuritilmoqda.
Bular, oʻz navbatida, tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat
qilmoqda. Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va
burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan oʻzaro
kelishuvidir. Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biror-bir yuridik
faktga asoslangan, moddiy manfaatlar toʻgʻrisidagi huquqiy munosabat; shaxslar
(fuqarolar va tashkilotlar) oʻzaro kelishuvini aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat
ma’nosida ishlatiladi. Bu oʻrinda u oʻzining birinchi ma’nosi–yuridik fakt sifatida
koʻriladi va oʻrganiladi.
Yuridik harakatlar, oʻz navbatida. huquq yoʻl qoʻygan harakatlar sifatida bir
tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi
koʻrsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi-sotdi, ijara, qarz va
boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Shartnoma tushunchasidagi asosiy belgi va
shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan oʻzaro
kelishuvlaridir.
Taraflarning har biri tomonidan shartnoma boʻyicha olinadigan huquq va
burchlar har xil boʻlsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi,
masalan, biror-bir narsaga nisbatan egalik huquqi oʻtkaziladi yoki biror-bir
ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur
shartnoma tuzishda taraflarning oʻz oldilariga qoʻyilgan asosiy maqsaddan
ajratish kerak. Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik zavodi bilan
muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali poʻlatni yetkazib berish
|
| |