`
146
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
SHARTNOMA TUSHUNCHASI VA UNING BOZOR MUNOSABATLARI
SHAROITIDAGI AHAMIYATI
Ochilboyeva Zarnigor Sherali qizi
Toshkent viloyati yuridik texnikum
davlat-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 2-kurs o‘quvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7340346
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shartnoma tushunchasi, shartnomaning tarkibiy
elementlari hamda shartnomaning hozirgi kunda bozor munosabatlaridagi
ahamiyati
tahlil qilingan, jismonniy hamda yuridik shaxslarning
shartnoma
tuzishdagi ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar
: oferta, aksept, shartnoma, shartnoma taraflari, shartnoma
shartlari.
Iqtisodiy munosabatlar mulkchilikning turli shakllari, shu jumladan, xususiy
mulk shakli negiziga qurilgan boʻlib, tovar-pul
munosabatlari tizimida
boshqaruvning demokratik uslublari qoʻllaniladigan jamiyatda shartnoma oʻz
tabiati, mazmuni va koʻzlagan maqsadiga koʻra uning teng huquqli
ishtirokchilari oʻrtasida qiymat, ekvivalentlilik va haq evaziga amalga oshirishga
doir munosabatlarning yuridik tartibiga solish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Shartnoma huquqiy tartibga solish vositalari ichida eng universal, demokratik
vosita hisoblanadi. Shartnomalar orqali huquqiy munosabat tartibga solinganda,
undagi barcha ishtirokchilarning manfaati eng koʻp darajada ta’minlangan
boʻladi. Odatda har qanday shartnoma ixtiyoriylik
asosda vujudga keladi va
shartnomalarda huquq va majburiyatlarni belgilashda mulkiy manfaatlar va
shaxsiy ne’matlarni taqsimlashda oʻziga xos muvozanat, uygʻunlik oʻz
mujassamini topadi.
Garchi shartnomalar qadim-qadimdan fuqarolik huquqida,
oila huquqida,
mehnat huquqida va xalqaro huquqda qoʻllanilib kelinayotgan boʻlsa ham,
bugungi kunda undan huquqni boshqa tarmoqlarida ham foydaydalanish
holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, jinoyat huquqida yarashuv,
jinoyat
protsessida sud bilan guvoh oʻrtasidagi, sud bilan sudlanuvchi oʻrtasidagi
kelishuvlar buni yaqqol misoli hisoblanadi. FKning 8-moddasi talabiga koʻra,
shartnomalar taraflar oʻrtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining
asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat
berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda,
taraflarning erki-irodasi toʻla ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim
bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim
boʻlgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda,
qanday transportlarda
yetkazilishini, toʻlov amaldagi qanday shakllarda boʻlishini mutlaqo oʻzlari,
mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma