SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar




Download 65,07 Kb.
bet3/3
Sana11.12.2023
Hajmi65,07 Kb.
#115673
1   2   3
Bog'liq
shaxs

10.3.SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.
Dunyoqarash - shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko‘rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o‘zgarishi masalasi muhim masalalardan bo‘lib, hamma vaqt va davrlarda ham o‘ta dolzarb bo‘lib kelgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri - ma’naviy - ma’rifiy islohotlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Davlatimizning Yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu o‘rinda psixologiya o‘zgarishlar sharoitida e’tiqod, dunyoqarash va ideallar o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillar xususida quyidagilar ajaratadi:
1. Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu - odamning tabiat, jamiyat va insonlar to‘g‘risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo‘lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun - mohiyatini belgilaydi. Demak, Yoshlarga qaratilgan va ular o‘qib, o‘rganishi uchun yo‘naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy - ahborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o‘zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g‘oyasi, uning asosiy tamoyillari , Yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular Yoshlarning eng ilg‘or ilm - fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil qilish, Yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart - sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i - xarakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o‘zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, Yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.
2.Oila. YUrtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan Yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila»yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o‘z faoliyatini boshlashi jamiyatda, Yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi va ularda yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
3.Mafkura. har bir davrning o‘z mafkurasi bo‘ladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kommunistik mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a’zolarining tabiat, jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g‘oyalari, bilimlari majmui bo‘lib, har bir ijtimoiy guruh o‘z e’tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan , uning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan bahramand bo‘layotgan o‘zbekistonliklar o‘tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart - sharoitlarni anglab, o‘zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. YAngi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar g‘oyasi ta’sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda Yoshlar dunyoqarashini o‘zgartiruvchi muhim shartdir.
4.Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V.A. YAdov o‘zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.:
A) elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.
G) Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u erda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. SHulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.
Respublikamizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, jamiyatning ruhiy va ma’naviy takomili ko‘p jihatdan oilada ota-onaning farzand tarbiyasiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashganiga ham bog‘liq bo‘ladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunda davlat, jamiyat va oila oldiga o‘z burchi va ma’suliyatini anglab etadigan har tomonlama etuk shaxsni shakllantirish masalasi qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlangan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasbkor madaniyatiga, ijodiy hamda ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda muljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmuni qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. YAngi o‘quv rejalari, dasturlarni, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarni attestatsiyadan o‘tkazishni va akreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarni tashkil etishni taqozo etdi.
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
-Respublikaning demokratik huqukiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
-mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishdagi raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatini kengayayottganligi;
-davlat ijtimoiy siyosatida shaxs madaniyati va ta’lim ustivorligi qaror topganligi;
-milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
-O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘sining mustahkamlanib borayotganligini e’tirof etish muhim.
So‘ngi yillarda o‘sib kelayotgan Yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida har tomonlama tarbiyalash masalasiga e’tibor kuchaymoqda. O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda va rivojlantirishda ma’naviy sog‘lom avlodni voyaga etkazish ularning ongi, xarakterini milliy qadriyatlarimiz asosida axloqli-odobli qilib trabiyalashimiz zarurdir. CHunki, ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida ta’kidlaganidek: “Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analari, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o‘z qo‘liga olib, yangi tarixiy sharoitda kelajagini o‘rganmoqda”.
SHarq madaniyati va ma’naviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri o‘zbek oilasining betakror muhiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir. Zero har qanday oila inson taqdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan xarakterli hisoblanadi. Ayniqsa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda ularning o‘rni va ahamiyati kattadir.
Demak,oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson bo‘lib etishishiga ta’sir ko‘rsatadigan katta tarbiya o‘chog‘idir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgo‘ylik , mehr-oqibat ,or-nomus, sharmu-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa , mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.
Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala bo‘lib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan bo‘lsa, bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson bo‘lib etishadi.
O‘zbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda o‘rgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida Yoshlarni xalqimizning milliy an’analari ruhida tarbiyalash alohida o‘rin tutadi.
Haqiqatdan ham yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodchisi bo‘lishi bilan birga asrlar davomida yaratilgan bu ma’naviy boyliklar yana xalq manfaatiga xizmat qiladi. Milliy an’analar xalqimizning ana shunday ma’naviy boyliklaridan biridir.
Ma’lumki, an’analar muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning odatlari, yurish-o‘tirish qoidalari, axloq normalari bo‘lib, asrlar davomida yashab kelsada, avloddan-avlodga o‘tar ekan, mazmuni yanada boyiydi va insoniyat donishmandligining ifodasi sifatida xalq pedagogikasiga aylanadi. Bu donishmandlik odamlarning turmushi, his-tuyg‘ulariga singib, ularning shunchaki qarashlari va ideallarigina emas, shu bilan birga, ijtimoiy ong formasi ham bo‘lib qoladi. Ularda odamlarning dilidagi, ko‘nglidagi, psixologiyasidagi eng ezgu orzu istaklari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa qardosh xalqlar kabi Yoshlarga axloq tarbiyasini berishda o‘zining azaliy an’analariga ega bo‘lgan. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz esa, o‘tmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi an’analarni o‘rganish va hayotimiz talablariga mos holda rivojlantirishdir.
Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi qadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash sohasida o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida farzandlarning ota-onani astoydil hurmat qilishi oila tarbiyasining ko‘rki bo‘lib hisoblangan.
SHarq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. SHunga ko‘ra, o‘g‘il bolalar yurish-turishi, o‘zaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga o‘xshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, to‘qish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga o‘xshashga harakat qilganlar.
An’anaga ko‘ra, farzandlarning yurish-turishi va o‘zaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.
Agar o‘g‘il bolalarga oila tashvishi bilan yashash, uning shon-shuhrati uchun kurashishi ,Yoshlikdan biror kasbning boshini tutish, har qanday mehnatga tayyor turish kabi sifatlar sindirilsa,qizlarga esa kattalarni hurmat qilish,ota-onalarning so‘ziga quloq solish har doim nazokatli va shirin so‘z bo‘lish, ota-yoki boshqa katta kishilar uyga kirib kelishganida o‘rnidan turib qarshi olish kabi odob va ma’naviy hayot qoidalari oilada o‘rgatilar edi.
Hayot tajribasini ko‘rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob bo‘lib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar.
Download 65,07 Kb.
1   2   3




Download 65,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar

Download 65,07 Kb.