• Kognitiv jihatdan murakkab shaxs kognitiv sodda shaxslardan quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi
  • Kognitiv dissonans
  • Mazkur konsepsiyaning ustivor unsuri shaxsga doir konstruktlardir. U o‘z navbatida, ikki darajalidir




    Download 29.61 Kb.
    bet8/10
    Sana05.11.2022
    Hajmi29.61 Kb.
    #29130
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Shaxsning malaka va odatlari
    CHIZIQLI FUNKSIY, Dirichlets problem and Sokhotski-Plemeljs jump f, 11-sinf 1-2-3-4-chorak test, Gulmira Ismoilova Tilshunoslik nazariyasi, 3-etaj chap tomon, Amaliy 7, Amaliy 4 (1), Kurs ishi mavzu O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xusus-www.fayllar.org, file3938, 7, Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va turkumlanishi(3), 2-amaliy ish (1)
    Mazkur konsepsiyaning ustivor unsuri shaxsga doir konstruktlardir. U o‘z navbatida, ikki darajalidir:

    1. ustivor konstruktlar bloki — konstrukt tizimi yuqorisida joylashgan 50 yaqin asosiy konstruktlar. Odam ushbu konstruktlardan boshqa odamlar bilan o‘zaro ta’sirga kirish maqsadida ko‘p foydalanadi, ya’ni ong markazida turadi.

    2. periferik konstruktlar bloki — qolgan barcha konstruktlar. Ushbu konstruktlar individual hosilalar bo‘lgani bois bir necha yuzlabdan bir necha minggacha bo‘lishi mumkin.

    Shaxs xususiyatlari mazkur ikki blok konstruktlarning birgalikdagi ishlash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxslarning ikki toifasi farqlanadi: kognitiv murakkab shaxs (ko‘plab konstruktlarga ega shaxs) va kognitiv sodda shaxs (oz miqdordagi konstruktlarga ega shaxs).

    Kognitiv jihatdan murakkab shaxs kognitiv sodda shaxslardan quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi:
    1) psixik salomatligi ancha durust;
    2) stresslarni samarali bartaraf etadi;
    3) o‘ziga bergan bahosi yetarli darajada baland;
    4) yangi vaziyatlarga tez moslashadi.
    Shaxsga doir konstruktlarni baholashning (ularning sifati va miqdorini) maxsus metodlari mavjud.
    Kognitiv dissonans
    Kognitiv psixologiya doirasida Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi vujudga kelgan (1957). Kognitiv dissonans deganda Festinger ikki yoki undan ortiq kognitsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatni tushunadi.
    Kognitsiya— muhit, inson o‘zi yoki xulqiga doir har qanday bilim, fikr yoki e’tiqoddir.
    Dissonans shaxs tomonidan diskomfort (noqulaylik) holati sigari his etiladi, shuning uchun shaxs undan qutulishga harakat qilish orqali, ichki kognitiv barqarorlik holatini tiklashga urinadi. Va aynan ushbu intilish inson xulqi va olamga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan omilga aylanadi.
    Kognitsiyalar o‘rtasidagi dissonans xolati bir kognitsiya natijasida inson taxmin qilgan boshqa kognitsiya namoyon bo‘lmasa vujudga keladi. Odam hamisha ichki uyg‘unlik, konsonansga erishishga intiladi. Masalan, semirishga moyil odam diyeta saqlamoqchi bo‘ldi (X kognitsiya), biroq sevimli shokoladidan voz kecholmaydi (U kognitsiya). Biroq ma’lumki, ozishga harakat qilayotgan odam shokolad yemasligi darkor – demakki, dissonans paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi insonni dissonans reduksiyasiga, uni pasaytirish, bartaraf etishga qaratilgan xulqni namoyon qilishga undaydi.


    Download 29.61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 29.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazkur konsepsiyaning ustivor unsuri shaxsga doir konstruktlardir. U o‘z navbatida, ikki darajalidir

    Download 29.61 Kb.