Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar




Download 456.5 Kb.
bet4/6
Sana20.01.2023
Hajmi456.5 Kb.
#38739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxtali pechlar jasur akaga
CKVsaDs2BfJ5G7NHibWU4vsV0QkwYq1GlUPimVzN, TEST FALSAFA, 3-amaliy, 3-BT guruh Ona tili, tarjima turt, GUMANITAR INSITUT USTI, 651d9507a202b, Статья СКОПУС Мелибаев И, 1 - 2 Lab, Сабақты жобаластырыу хам оқытыушының сабаққа тайарлығы, 2.10. ozbek tili fonetikasi , HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma, 3 мавзу test 18 talik, Bozor iqtisodiyoti va manaviyat
3.Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar
Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda:
- jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi elektro-eritish;
- xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha: ruda va boyitmalar uchun kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni;
- oxirgi mahsulot bo‘yicha: shteynga xomaki metall olishga;
Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bo‘lib, pechning geometrik ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak va silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday pechlarni ruda - termik pechlar deb ham nomlanadi.
Bu pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha ko‘tarishi mumkin.
Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bo‘lib, u o‘z navbatida 3-4 qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bo‘lib, texnika xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.

5.-rasm. Ruda-termik pechining ko‘rinishi
Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan ko‘mirdan tayyorlangan bo‘lib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus uskunalarga o‘rnatilgan bo‘lib ular gidro-ko‘targichlar yordamida pechning ishchi hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi.
Rangli metallurgiyada ko‘p hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar qo‘llaniladi. Uning o‘ziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan biri elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir.
Shaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i to‘g‘ri burchakli, dumaloq, chuziq doira shaklidagi kesimga ega bo‘lgan shaxtadan iborat. Temir rudasidan cho‘yan erituvchi vagrankalar va boshqalar shaxtali pechlar turkumiga kiradi.

Download 456.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 456.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar

Download 456.5 Kb.