38
belgilangan prognoz parametlari 148,5 foizga bajarildi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxi 34,5 milliard so’mga
yoki 10,3 foizga qisqartirildi.
2.3.
“O’zbekoziqovqatxolding»
xolding
kompaniyasida
faol
marketingdan foydalanishni takomillashtirish yo’nalishlari holati tahlili
Iste’molchilarning talabini qondirishda korxonalarning
ustunliklari va
kamchiliklarini aniqlash aynan marketing faoliyatini ishi bo’lib, u asosiy bozorni
talablar va xaridorlarning odatlari jihatidan bir jinsli bo’lgan qismlarga ajratadi. Faol
marketingdan foydalanish korxona uchun strategik ahamiyatga egadir, chunki uning
natijasida korxonalarning faoliyat ko’rsatish sohasi
va tanlangan bozorlarda
muvaffaqiyatga erishishining hal qiluvchi omillari aniqlanadi. Bozor muhitida
marketing faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish- korxonalar ega bo’lishi
kerak
bo’lgan eng asosiy qobiliyatlardan biridir.
Bu yerda xilma-xil funktsiyalarning bajarilishini ta’minlovchi turli usullar
ko’rib chiqiladi. Texnologik mezonlar dinamik bo’lib, mukammalroq texnologiyalar
vaqt o’tishi bilan hozirgi ilg’or texnologiyalarning o’rnini egallaydi.
Bozor tushunchasiga murojaat qilish strategik tahlilning yo’nalishini aniqlash
hamda tadqiqot va ishlanmalarning yo’nalishlarini tanlashda ayniqsa muhimdir.
Asosiy bozorning shu tarzda xizmatlar bozorlariga
ajratilishi bozorlarni
tanlash bo’yicha qarorlar qabul qilish va tegishli tashkiliy struktura uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Bu tushuncha bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilik ko’pincha
tegishli bozorning kattaliklarini o’lchash muammosidan iborat bo’ladi:
rasmiy
statistik ma’lumotlar bozorlarga emas, tarmoqlarga asoslanadi.
Marketingning asosiy vazifalari bo’linmalarining funktsional vazifalarini
taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Bir tomondan mahsulotlar ko’pgina turlarining
keskin etishmasligi, boshqa
tomondan ishlab chiqarishda sotuvda bo’lmagan tovarlar mavjud bo’lgan vaziyatda
iste’molchilar talablari va ishlab chiqarish dasturlari o’rtasida tezkor o’zaro
aloqalarni ta’minlash uchun marketingdan foydalanish muhim vazifa bo’ladi.