• 2-BOB. “O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» XOLDING KOMPANIYASIDA FAOL MARKETINGDAN FOYDALANISH TAHLILI.
  • Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/24
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #131960
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    oziq ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan

    1-bob bo’yicha xulosa
    Korxonalarda faol marketingdan foydalanish avvalo marketingni korxonada bir 
    tizim sifatida yoki hech bo’lmaganda alohida bo’lim sifatida tashkil etilishini taqazo 
    qiladi. Marketing faoliyatini takomillashtirib borish esa bozor holatiga, korxona 
    maqsad va muddaolariga mos ravishda amalga oshirib boriladi. 
    Shunday qilib, korxonada faol marketingdan foydalanish ancha murakkab ish 
    bo’lib, katta resurslarni va malakali xodimlarni jalb qilishni talab qiladi va bu narsa 
    albatta bozor holatiga va u tomonidan qo’yilayotgan talablar asosida hamda ularga 
    mos holda amalga oshirilib borilishi lozim bo’ladi. 


    26 
    2-BOB. 
    “O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» 
    XOLDING 
    KOMPANIYASIDA FAOL MARKETINGDAN FOYDALANISH TAHLILI. 
     
    2.1. “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga tashkiliy-
    iqtisodiy tavsifnoma. 
    So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal rivojlanib 
    bormoqda. Mamlakatimizda sifati yuqori bo’lgan, raqobatbardosh oziq-ovqat 
    mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 
    katta yutuqlarga erishilmoqda. 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar 
    Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo 
    davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish 
    maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta 
    davlatdan biri sifatida e’tirof etildi
    10

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish 
    sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha 
    sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik 
    mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini 
    izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi. 
    Ushbu ko’rsatkichlarga erishishda oziq-ovqat sanoati korxonalarining o’rni 
    juda katta bo’lib, ular o’rtasidagi sog’lom raqobat muhitini yuzaga keltirish va 
    rivojlantirish bo’yicha o’tgan yillarda juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi.
    “O’zbekoziqovqatxolding» 
    xolding 
    kompaniyasining 
    maqsadi 
    iste’molchilarga sifatli tovar va xizmatlarni taqdim etish, yuqori sifatli ishlab 
    chiqarish xizmatini ko’rsatish va qonuniy foyda olishdan iboratdir. 
    “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi 2011 yilning 31 oktyabridagi 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1633-sonli «2012-2015 yillarda 
    respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va uni boshqarishni tashkil qilishni 
    yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda ta’sischilar 
    umumiy yig’ilishining birlashish to’g’risidagi qaroriga asosan «Yog’-moy va oziq-
    10
    I.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
    iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
    yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446) 


    27 
    ovqat sanoati» va «Go’sht-sutsanoati» uyushmalarining birlashtirilishi orqali tashkil 
    etildi. 
    “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qishloq va suv xo’jaligi, 
    qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari Kompleksining 
    muhim 
    tarmoqlaridan 
    biri 
    bo’lib, O’zbekistondagi rivojlangan sanoat 
    birlashmalaridan biri hisoblanadi. Respublikada ishlab chiqariladigan oziq-ovqat 
    mahsulotlarining 38-40 foizi uyushma korxonalari tomonidan tayyorlanadi. 
    “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga o’simlik yog’i, 
    yog’-moy, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlari, go’sht-sut mahsulotlari, meva-
    sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi, 
    shu bilan birga o’simlik yog’i, xo’jalik sovuni hamda shakar kundalik hayot uchun 
    zarur bo’lgan birinchi darajali ehtiyoj mollari ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, iqtisodiy 
    xavfsizlikning, respublika oziq-ovqat mustaqilligining muhim bosqichlarini belgilab 
    beradi. Shuningdek, uyushma tarkibiga ichki tarmoq koopretsiyasida ish va 
    xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar ham kiradi. 
    Sut va sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari, meva-sabzavot 
    konservalari, o’simlik yog’i, yog’-moy, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlarini 
    ishlab chiqarish mahalliy xom ashyo hisobiga amalga oshiriladi. O’zbekiston 
    mustaqilligi yillarida yog’-moy va oziq-ovqat sanoati tizimini takomillashtirish 
    yuzasidan ko’pgina ishlar amalaga oshirildi. 1994 yilda o’tkazilgan iqtisodiyotni 
    liberallashtirish jarayoni korxonalarni xususiylashtirish imkonini yaratdi. 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soni ko’paydi, tarmoqda yirik korxonalar bilan 
    bir qatorda xususiylashtirishning turli ko’rinishidagi kichik biznes sub’ektlari 
    faoliyat ko’rsatmoqda. Bu respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’rinli 
    joylashtirish va tarmoqda ko’p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini berdi. 
    “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga barcha korxonalar 
    ixtiyoriy ravishda kirishgan. Qo’yidagilar “O’zbekoziqovqatxolding» xolding 
    kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi: 

    uyushma tarkibiga kiruvchi yog’-moy, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati 
    korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari ifoda 
    etilishi va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, qayta ishlash korxonalari, 


    28 
    qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va savdo tashkilotlari o’rtasida 
    zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqda keng joriy qilish chora-tadbirlarini 
    amalga oshirish; 

    oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini marketing jihatidan 
    tadqiq etilishini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o’rta va uzoq muddatli 
    dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish, xomashyoni 
    chuqurroq qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni 
    o’zlashtirishda tarmoq korxonalariga ko’maklashish, ular bilan ichki bozorni yanada 
    ko’proq to’ldirish hamda eksportga yetkazib berishni oshirish; 

    oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ilg’or xalqaro tajribani har 
    tomonlama o’rganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan 
    qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy 
    etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, avvalambor, to’g’ridan-to’g’ri 
    xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yog’-moy, go’sht-sut va boshqa oziq-ovqat 
    sanoati korxonalariga ko’maklashish; tarmoq korxonalariga ishlab chiqarilayotgan 
    mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda, butun jahonda qabul qilingan 
    uning sifatini baholashning zamonaviy tizimlarini joriy etishda ko’maklashish; 

    yog’-moy sanoati korxonalarining chigit etishtiruvchilar bilan o’zaro 
    munosabatlari mexanizmini yanada takomillashtirish, chigitni qabul qilish, qat’iy 
    hisobga olish, shuningdek, uning sifatini ta’sirchan nazorat qilish masalalari ham 
    shu jumlaga kiradi. Tarmoq korxonalari tomonidan paxta yog’i chiqishining 
    belgilangan normalariga, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda 
    zarur tartibga rioya qilinishini ta’minlash; 

    tarmoq korxonalariga axborot xizmatlarini ko’rsatish, kadrlarni tayyorlash, 
    qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 
    Hozirgi kunda uyushma tarkibida 180dan ortiq yog’-moy, go’sht-sut, meva-
    sabzavotmahsulotlarini qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalari 
    faoliyat yuritmoqda. Ularda mingdan ziyod turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish 
    yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’simlik yog’lari, margarin, shakar, mineral suvlar, 
    qandolatchilik, 
    sut, 
    go’sht va meva-sabzavot konserva mahsulotlari 
    tayyorlanmoqda. 


    29 
    Chet ellik investorlar respublikamizdagi qulay investitsion muhitni e’tiborga 
    olib, oziq-ovqat sanoati sohasida yuqori samara bilan ishlaydigan korxonalarni 
    tashkil etish yo’nalishidagi investitsiya loyihalariga juda katta qiziqish bilan 
    qaramoqdalar. Bugungi kunda uyushma tarkibida ko’plab uyushmalar faoliyat 
    ko’rsatmoqda. Ular qatorida “Xorazm shakar», «Nestle», «Koka kola», 
    «UzKarlsberg», «UzBAT», «Interneyshnl Beveredjs» kabi dunyoga mashhur 
    kompaniyalar ham bor. 
    1-chizmadan ko’rinib turibdiki, korxonada asosan o’nta bo’lim mavjud bo’lib, 
    ularning har biri o’z funktsiyalariga egadir. 
    Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi ma’lumki korxonaning barcha 
    hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi, korxona moliyaviy aktivlarini boshqaradi va 
    nazorat qiladi. 
    Marketing va tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha monitoring olib 
    borish bo’limi korxonaning bozorga xos hisobotlarini tayyorlaydi, tovarlarga 
    bo’lgan talabini o’rganadi, prognozlash bilan, talab dinamikasi va tarkibini tahlil 
    qilish bilan shug’ullanadi. 
    Korxonaning tashkiliy tarkibidan ko’rinib turibdiki, unda faol bozor tadqiqoti 
    bilan, marketing bilan keng qamrovda shug’ullanadigan, ushbu ishlarga ma’sul 
    bo’lgan bo’lim(lar) to’la shakllantirilmagan. 


    30 
    Хом ашё базасини ривожлантириш бўлими 3 та
    Тармоқ корхоналарига хизмат кўрсатувчи муассасалар ва ташкилотлар 16 та
    Озиқ-овқат саноати корхоналари 21 та
    Молия, бухгалтерия ҳисоби ва ҳисоботи бўлими
    Назорат-тафтиш бўлими
    Ходимлар ва махсус ишлар бўлими
    Uyushma raisi 
    Rais o’rinbosari - 
    Go’sht-sut sanoatini 
    rivojlantirish 
    boshqarmasi boshlig’i
    Rais o’rinbosari - Oziq-
    ovqat sanoatini 
    rivojlantirish 
    boshqarmasi boshlig’i
    Investistiyalarni jalb qilish va innovastion texnologiyalarni joriy qilish bo’limi
    Rais o’rinbosari – Yog’-moy 
    sanoatini rivojlantirish 
    boshqarmasi boshli g’i
    Yog’-moy sanoatini rivojlantirish, modernizastiyalash va texnik qayta jixozlash bo’limi
    Sut mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi
    Konserva hamda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizastiyalash va 
    rivojlantirish bo’limi
    Oziq-ovqat sanoati korxonalarining rivojlanishini tahlil qilish va prognozlash bo’limi
    Paxta chigitining sifati, qabul qilinishi va ҳisobi-ning yuritilishi, paxta yog’ining chiqishi 
    me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish bo’limi
    Go’sht va qayta ishlangan go’sht mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi
    Pivo-alkogolsiz mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi
    Marketing va tayyor mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha monitoring olib borish bo’limi
    Yog’-moy sanoati korxonalari 39 ta
    Go’sht-sut sanoati korxonalari 46 ta
    Qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi 2 ta
    Xom ashyo bazasini rivojlantirish bo’limi 3 ta
    Tarmoq korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar va tashkilotlar 16 ta
    Oziq-ovqat sanoati korxonalari 21 ta
    Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi
    Nazorat-taftish bo’limi
    Xodimlar va maxsus ishlar bo’limi

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш

    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish