Bog'liq oziq ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan
ASOSLARI. 1.1. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning nazariy asoslari Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va rag’batlantirish,
sotish, bozordagi ulush va foydalarning hajmini kengaytirish maqsadida qabul
qilinayotgan boshqaruv qarorlari va korxona (firma) ish rejalarining asoslanishini
ta’minlashdan iborat. Korxonani boshqarishga marketing bo’yicha yondoshishda
asosiy shior: «Ishlab chiqarilganni sotish emas, balki sotiladigan narsani ishlab
chiqarish»dan iborat. Bu korxona ishlab chiqarishdan avval aniq iste’molchilar
ehtiyojlarini mukammal o’rganishlari kerakligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq
tovarning kam-ko’stlarini tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin
ushbu tovar bozorga chiqishi kerakligini bildiradi.
Marketing-
bozorda
vujudga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini
kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga
tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi
tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani
o’rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini
o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillik
yillarida amaliyotda marketingni qo’llash va uning tamoyillaridan maqsadli
foydalanish muammolariga O’zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda.
Ayniqsa, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “... marketing
tadqiqotlarini tashkil etishni, ... ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini
yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ... katta zarar ko’rmoqda»
3
, -deb bu tizimdan
samarali foydalanish zarurligi haqida ta’kidladi.
Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Mamlakatimiz Prezidenti bu
3
Karimov I.A. Kelajakni jasoratli odamlar quradi. - T.: 7-t. O’zbekiston, 1999, - 321 bet.
12
borada “... kichik biznes korxonalariga... o’z mahsulotlarini sotishga
ko’maklashadigan, marketing o’tkazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni
ta’minlaydigan yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish darkor»
4
, – deb
ta’kidlab o’tganlar. Bu esa o’z o’rnida marketingning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
ahamiyati beqiyos ekanligini anglatadi.