Marketing- kishilik faoliyatining almashuv vositasi orqali muhtojlik va
ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan turidir.
5
Nazorat qiluvchi omillarga firma va uning marketing bo’yicha xodimlari
tomonidan boshqariladiganlari kiradi: o’zaro bog’langan asosiy qarorlar, qoidaga
ko’ra, yuqori rahbarlik xizmati rahbariyati tomonidan aniqliklar kiritiladi.
Marketing tizimidagi asos tushunchalar talab, tovar va almashuvdir.
XX-asrning 50-yillarida boshqarish kontseptsiyasining ilk asosini sotish hajmi,
ishlab chiqarish va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa
ko’rsatkichlarni uzoq muddatli o’zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga ko’ra
bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko’zda tutilgan.
O’tgan asrning 60-yillarga kelib bozordagi o’zgarishlarga qarab strategik
rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi.
XX-asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday kontseptsiyasi ishlab
chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib
bordi.
Marketing- xaridorlar, bozorning aniq guruhlari talablarini tahlil qilish va
hisobga olish, aniqlangan talablarga muvofiq yangi tovarni ishlab chiqish,
rag’batlantirish va reklama bo’yicha tadbirlar bilan birga uni sotishni tashkil qilish;
tovarlar harakati yo’llarini aniqlashning ishlab chiqilgan kontseptsiyasidir.
6
Marketing faoliyati bozorning har qanday to’yinganlik darajasida ham iqtisodiy
sub’ektlar, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning xulqlariga, ularning o’zaro
foydalari yo’lida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega.
Bozor munosabatlari jarayonida vujudga keladigan ziddiyatlarni marketing
4
Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.//
Xalq so’zi, 2011- yil 22- yanvar.
5
Kotler F. Osnovi marketinga. Kratkiy kurs: Per. s angl. – M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2010. – 656 s.: il.
6
Pankruxin.A.P. Marketing: uchebnik dlya stud. - M.: Omega-L, 2009 - 656s.
13
bozor to’yinganligi darajasi, raqobat, baho siyosatini hisobga olishga imkon
beruvchi marketing elementlari va uslublari yordamida echib o’tishni tavsiya qiladi.
O’zbekistonda marketingning o’ziga xosligi: birinchidan, ishlab chiqaruvchilar
(yetkazib beruvchilar) o’rtasidagi raqobatning hali ancha kuchsizligi, ikkinchidan,
ba’zi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining eskidan yoki yangidan vujudga kelgan
etishmovchiligi, uchinchidan, taqsimlovchi va qayta taqsimlangan vositachi
tuzilmalarning an’anaviy kuchli ta’siri bilan asoslanadi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har
bir xaridorning o’zining didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi,
tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagima’lumotlar samarali marketing tadbirlari
ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozorga
xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni
qat’iyligini ta’minlaydi.
Marketing tizimi faol marketingdan foydalanishning, xususan korxonalar faol
marketingdan foydalanishda ham muhim rol o’ynaydi. Ta’bir joiz bo’lsa, ular o’zaro
bir-birlarini
to’ldirib,
rivojlantirib
boradilar,
ya’ni
faol
marketingdan
foydalanishning yaxshi rivojlanishi tovar ijtimoiy-zaruriy bahosining yuzaga
chiqishiga, tovarlarni pirovard iste’molchilarga yetkazib berishning yaxshilanishiga,
tovar harakati bilan bog’liq xarajatlarining qisqarishiga va shu kabi bir qator ijobiy
omillarning yuzaga chiqishiga sabab bo’lsa, faol marketingdan foydalanishda
marketingning rivojlantirilishi, uni prognozlash, faol marketingdan foydalanishni
keng doiralarda targ’ib qilish kabilarning yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi.
Avvallari marketingning maqsadi, korxonalarning (birlashma firma va hakazo)
ishlab chiqaradigan har qanday mahsulotni sotishni ta’minlash deb hisoblanar edi.
7
Xuddi shunday holat O’zbekiston iqtisodiyotida hozirgacha ham amal qilmoqda.
Firma va kompaniyalar faoliyatini tashkil qilishda kutilayotgan kon’yunktura
o’zgarishlarini boshqalardan oldin payqashga harakat qilinadi. Lekin strategiyani
davriy tuzatishlarini, firma (tashkilot)larning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini va
raqobatchilik shartiga moslashtirish masalalarini hal qilishga yo’l qo’ymaydi.
Bunday strategiyada bozordagi vaziyatga faol ta’sir ko’rsata oladigan chora-
7
Maslova T.D., Bojuk S.G., Kovalik L.N. Marketing: Uchebnik. 3-e izd., pererab. i dop. –SPb.: Piter, 2008. -384 s.
14
tadbirlar ko’zda tutilmagan edi.
Bizning mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar oddiy faoliyatni
mo’ljallaydilar o’zlarining mahsulotlarini qandaydir o’rtacha tashkilot yoki odam
hisobidan kelib chiqib ishlab chiqaradilar. Bunday sharoitda o’zining mahsulotini
iloji boricha bir muncha tor guruhdagi xaridorlardan (bozor guruhi) tortib, ayrim
odamlarning yoki korxonaning bozor guruhidagi talablariga javob beradigan ish
qilishi kerak.
Korxonalar va tashkilotlarni bozor munosabatlari rivojlangan sharoitdagi
faoliyati yutuqlari, marketing vositalarining hammasini faqat birgalikda foydalanish
asosida, ularni o’zaro aloqasi va bog’liqligi orqali ta’minlangan bo’lishi lozim.
Marketing faoliyati jarayonida bozorni, talabni, did va ehtiyojni diqqat bilan
har tomonlama o’rganish va ishlab chiqarishning bu talablarni qondirishga qaratish,
bundan tashqari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini kafolatlash lozim,
shuningdek bozorga hamda mavjud talabga, ehtiyojga va xaridorlarning qiziqishini
shakllanishiga faol ta’sir ko’rsatish ham muhimdir.
Aniq belgilangan tijorat natijalarga intilish korxonalar va tashkilotlar uchun
bozorni ma’lum bir hissasiga egalik qilishdan iborat. Bundan tashqari har qanday
ishning muddatlari, resurslar va javobgarligini ko’zda tutish lozim.
Tanlab olingan bozor sharoiti va talablariga imkon boricha moslashish uzoq
muddatga mo’ljallangan o’z faoliyatini amalga oshirishda, oldindan aytib berish,
tadqiqotlarni o’tkazish yo’li bilan yuqori foydali rivojlanishni ta’minlovchi
mahsulotlarni yaratish.
Yuqoridagi hamma tamoyillar bir qator marketing harakati yordamida amalga
oshiriladi: tahlil, rejalashtirish, o’z faoliyatini, marketingni boshqarishni va
natijalarni nazorat qilish. Marketing faoliyatining asosiy ob’ekti iste’molchilar
talabidir. Ulardan har birining o’z o’rni bor.
Har bir tashkilotda (firmada) marketing majmuini ishlab chiqish, bozor
iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida o’z maqsadlariga erishishda ishlatiladigan
me’yorlarni aniqlash bilan bog’liq. Bu bozorni javob ta’sirini olishdek va unda
ma’lumot bir o’rinni egallashdek bo’ladi.
Bozor mavjud va potentsial tovar xaridorlarini yig’indisi sifatida ta’riflanadi.
15
Keyingi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda bozor holatiga qarab, talab bilan taklifni
nisbatlariga qarab, «sotuvchi bozori» (bunda sotuvchi tovarlar etishmasligi sababli
hukmronlikka ega bo’ladi va xaridorlarga nisbatan faollik ko’rsatadi) va «xaridor
bozori»ga ajratiladi. Mamlakatda bozorni tartibga solishning vazifasi «xaridor
bozori»ni vujudga keltirishdan iborat bo’ladi.
Bozorning holati talab, taklif va baholarning aniq miqdoriy nisbatlariga qarab
belgilanadi.
Xaridorlar ehtiyojlarini bozorda o’zining qiziqishlarini ko’zlovchi, didlarni,
yoqtirishlarni va talablarni qo’yadi. Shu o’rinda ular eng kam xarajat bilan berilgan
ehtiyojni to’laroq qondirish uchun taklif qilinayotgan tovarlar va xizmatlar
ko’rsatishni kerakligini va ma’lum miqdorda tanlab olishga harakat qiladilar.
Shunday qilib, korxonalar marketing faoliyatini amalga oshira borib, talabga ta’sir
ko’rsatadi- uni ma’lum bir darajada ushlab turadilar, uning ko’payishi yoki
kamayishiga ta’sir qiladilar. Marketingning bunday aniq maqsadlarini, bozordagi
vaziyatni, xaridorlar niyatlarini baholash va shu bozorga chiquvchi o’z
tashkilotlarini vazifalarini hisobga olgan holda aniqlash kerak bo’ladi.
Bizning iqtisodiy sharoitimiz ko’plab tashqi va ichki omillarga e’tibor berishni
talab qiladi. Vujudga kelgan ahvoldan chiqish uchun baholarni erkinlashtirish va bir
paytda iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
yakkahokimlik ishlarini tugatish hamda xususiylashtirishni chuqurlashtirish kerak
bo’ladi. Faqat shunday o’zgarishdagina vaziyatni aniq yaxshilanayotganligini,
iste’mol bozorini me’yorlashtirish jarayoni borayotgani haqida gapirish mumkin.
Bugungi kundanoq ishlab chiqarish va sotish chora-tadbirlarining tahlili, o’rash
sifatini aniqlaydigan, tovar markasini tanlaydigan, bahoni qayd etadigan, sotish va
reklamani rivojlantiradigan va tashkil qiladigan marketing imkoniyatlari
8
dan
to’laroq foydalanish kerak. Sanoat korxonalari marketingni boshqarishga alohida
e’tibor berishi lozim, u korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarigagina
asoslanmasdan, balki xaridorlarning talab va ehtiyojlariga ham asoslangan holda
tuzilgan bo’lishi kerak.
8
Belyaev V.I. Marketing: osnovi teorii i praktiki: uchebnik / V.I. Belyaev. – 4-e izd., pererab. i dop. – M.: KNORUS,
2010. – 680 s.
16
Tovar va bozor deganda tovarni sotish sababi bo’yicha almashuv jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi.
|