• Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/24
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #131960
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    oziq ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan

    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Marketingni 
    tarmoq kompleksi darajasida tashkil etish muammolariga xorijlik olimlar D. 
    Aaker, G. Assel, L. Bun, D. Kurtts, F. Kotler, G.A. Cherchil va boshqalarning 
    ilmiy izlanishlari bag’ishlangan. Ularda, aksariyat hollarda, bozor iqtisodiyoti 
    sharoitida faol marketingdan foydalanish, takomillashtirishning metodologiyasi, 
    amaliyoti har tomonlama va keng tarzda yoritilgan.
    Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarinig etakchi iqtisodchi olimlari 
    G.I. Bagiev, I.K. Belyavskiy, E.P. Golubkov, A.E. Ziryanov, D.T. Novikov, A.N. 
    Romanov kabilarning ilmiy ishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida faol 
    marketingdan foydalanish masalalari mufassal tadqiq etilgan. Biroq, ularning 
    izlanishlarida ayrim tarmoqlar, shuningdek, korxonalarining mintaqaviy 
    sharoitlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faol marketingdan foydalanish 
    masalalari chuqur aks ettirilmagan.
    O’zbekistonda iste’mol tovarlari bozori, korxonalarining iqtisodiyotiga 
    bag’ishlangan ilmiy izlanishlar bilan respublikamizda A.Sh. Bekmurodov, M.R. 
    Boltaboev, J.J. Jalolov, M.A. Nasriddinova, A.S. Soliev, A.A. Fattohov, Sh.J. 
    Ergashxodjaeva kabi olimlar maxsus shug’ullanmoqdalar. 
    Xullas, respublika korxonalarida faol marketingdan foydalanish masalalari 
    etarli o’rganilmaganligi bitiruv malakaviy ishining mavzusi, maqsad va 
    vazifalarini belgilab berdi va ushbu masalaga BMI darajasida yondashishga asos 



    bo’ldi. 
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy 
    ishning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol 
    marketingdan 
    foydalanish 
    shart-sharoitlarini 
    o’rganish, ayniqsa faol 
    marketingdan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslangan tavsiyanomalarni ishlab 
    chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan 
    iboratdir: 
    -faoliyatda faol marketingdan foydalanish masalalarini o’rganib chiqish; 
    -oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan 
    foydalanishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish; 
    -oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan 
    foydalanish yo’llarini o’rganish; 
    -faol marketingdan foydalanishning darajasi, usullarini o’rganish; 
    - korxonalarni rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning asosiy 
    yo’llarini ko’rsatish. 

    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi

    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish