32
oluvchi marketologlarning yuqori kasb-mahorati orqali erishiladi.
Barcha jihatlar amaliyotda marketing qarorlarida o’z aksini topmoqda.
Marketing qarorlarining sifati va samaradorligi, marketing funktsiyalarining qanday
bajarilishini yoki boshqacha qilib aytganda butun tizim amal qilishining
samaradorligini aniqlab beradi.
Bozor munosabatlarini yanada takomillashtirish sharoitida korxonalarning
faoliyatini baholashda foydalaniladigan ko’rsatkichlarning o’ziga xosligi shundan
iboratki, bir tomondan korxonalar uchun direktiv ko’rsatkichlarning yo’qligi,
ikkinchi tomondan iqtisodiyotni tartibga solishning indikativ tizimining
shakllanayotganligidir. Bunday sharoitda korxonalar boshqa iqtisodiy sub’ektlar
ichida o’zining o’rnini topishi, ichki sharoitga moslashishi, iste’mol bozori
rivojlanishi istiqbollariga ko’ra bu iqtisodiy maqsadlarni aniqlashi lozim bo’ladi.
Shuning uchun korxonalar o’z faoliyatini baholovchi ustuvor ko’rsatkichlarni ishlab
chiqishi lozim.
“O’zbekoziqovqatxolding»
xolding
kompaniyasi
Respublikadagi
ixtisoslashgan vositachilik korxonasidir. Biz quyida ushbu uyushmaning 2013-2015
yillardagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz.