• Xulosa va takliflar
  • Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/24
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #131960
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    oziq ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan

    3-bob bo’yicha xulosa
    Faol marketingdan foydalanish marketing boshqarish tizimini yaratish, uning 
    quyi tizimlarini (funktsional va ta’minlovchi) ilmiy asoslash va ularning oqilona 
    amal qilishini tashkil etishni, faoliyatini mexanizatsiyalash, kompyuterlashtirish va 
    avtomatlashtirish marketing axborot tizimi ishida, marketingni boshqaruv tizimida, 
    tashkiliy-texnik jihozlanishda texnik vositalardan keng foydalanishni talab qiladi. 
    Korxonada marketing tizimi samarali amal qilayotgan holdagina marketing o’z 
    rolini bajara oladi, shuningdek marketing faoliyati ham to’la-to’kis bo’ladi.


    62 
    Xulosa va takliflar 
    Mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmuni ijtimoiy 
    yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti muvaffaqiyatli joriy etish hisoblanadi. 
    Mamlakatimizda 
    qabul 
    qilingan 
    qonunlar 
    ijtimoy 
    yo’naltirilgan bozor 
    munosabatlarini keng qo’llashga imkon beradigan ko’p ukladli iqtisodiyotni 
    shakllantirishda aniq ijtimoiy-huquqiy asoslar yaratadi. 
    O’zbekistonda inson manfaatlarini yuksaltirishga qaratilgan iqtisodiy islohot 
    korxonalar sohasida ijobiy o’zgarishlarini talab qiladi. Korxonalar mamlakatimiz 
    iqtisodiyotining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining 
    moliyaviy jihatlari aynan ushbu bo’g’inda aks etadi. 
    «Mamlakatimizning 2016 yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olishda jahon 
    miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog’liq yuzaga 
    kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta. 
    Ana shu muammolar tufayli bugungi kunda dunyo bozorlarida talabning keskin 
    kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib 
    borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko’pchilik 
    davlatlarga salbiy ta’sir ko’rsatayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. 
    Bunday o’ta murakkab vaziyat barchamizdan ertangi kunimizni ko’rishda, 
    istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni, 
    umrini o’tab bo’lgan, aytish mumkin, inertsion usullardan to’liq voz kechishni talab 
    etadi. 
    Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan 
    uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab 
    topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni 
    modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi 
    zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini 
    tashkil etishi shart»
    25

    25
    Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni
    iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
    yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446) 


    63 
    Marketingning asosiy qoidasiga muvofiq «iste’molchi bozorda qirol» bo’lib 
    hisoblanadi. Iste’molchi bozorini yaratishda barcha marketing izlanishlari 
    iste’molchi ehtiyojlari asosida tashkil qilinadi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi asosan 
    ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi. Xususiylashtirish jarayonlarining ishlab 
    chiqarishda ham amalga oshirilayotganligi, mamlakatimizda bu jarayonlarning 
    to’g’ri amalga oshirilayotganligini ko’rsatadi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotga faqat iqtisodiy usullar 
    bilangina ta’sir etadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim 
    shakllari bo’lib, monopolizmga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish va raqobat 
    muhitini yaratish, moliya va kredit munosabatlarini tartibga solish, bahoni tartibga 
    solish, aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonalarda o’z 
    faoliyatini yuritishda mustaqil bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi. Pul resurslarini 
    shakllantirish to’laligicha talab va taklif mexanizmi asosida bo’ladi. 
    Samarali boshqarish tizimlari ichida marketing muhim o’rin tutadi. Hozirgi 
    paytda chet eldagi barcha rivojlangan firmalar marketing tamoyillari asosida ish 
    yuritishmoqda. Marketing tizimi chet el kompaniyalarining bozorlarini egallashdagi 
    kuchli vosita bo’lib, o’zining samaradorligini amalda ko’rsatmoqda. Marketing 
    tizimining korxonalar va tovar ishlab chiqaruvchilar orasidagi gorizontal 
    aloqalardagi mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga egadir. 
    Hozirgi paytda ishlab chiqarishda bozor tartiblari shakllanmoqda, biroq 
    bo’larni bozor munosabatlari sharoitida qanday tartibga solish, uning amalda qanday 
    qo’llanilishi va samaradorligi masalalari muammoli masalalardir. Bu muammo 
    korxonalarning xo’jalik faoliyatini samarali yuritish yo’lida to’rgan asosiy nazariy 
    va amaliy muammo hisoblanadi. 
    Korxonalarda marketingning shakllantirish va uni rivojlantirish masalalari, 
    jumladan korxonalarni marketing tamoyillari asosida rivojlantirish, faol 
    marketingdan foydalanishni to’g’ri belgilash, boshqarishni o’rganish, ushbu sohada 
    tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarda marketing samaradorligini baholash 
    hamda uning samaradorligini oshirish masalalarini hal etilishi mamlakatimiz 
    iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Mustaqil O’zbekiston bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, uning mexanizmlarini 


    64 
    takomillashtirayotgan hozirgi davrda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini chuqur 
    tarkibiy qayta isloh qilishni va bunday isloh qilish barcha xo’jalik yurituvchi 
    sub’ektlar faoliyatini marketing tamoyillari asosida tadqiq qilishini taqozo etmoqda. 
    Bugungi kunda iqtisodiy holat tez o’zgaruvchan bo’lib bormoqda. Bunday 
    sharoitda bozordagi talabga ta’sir eta olish, uni mumkin bo’lgan eng ko’p hajmda 
    shakllantira bilish va ushbu talabni raqiblarga nisbatan tez va sifatli qondira olish 
    muhim vazifa bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z navbatida zamonaviy marketing 
    tamoyillarini puxta egallashni, bozordagi holatni bozorga xos, marketingga xos 
    tushunish, anglay olishni, epchil moslashuvchan, egiluvchan, ta’sir etayotgan barcha 
    omillarni o’zida mujassamlashtirgan faol marketingdan foydalanishni yaratishni 
    talab etmoqda. 
    Demakki, marketing tizimini korxonalar sohasiga joriy etish va 
    takomillashtirib borish, potentsial bozorni, iste’molchilarni chuqurroq va har 
    tomonlama o’rganish, ob’ektiv faol marketingdan foydalanishni yaratish bugungi 
    kunning eng asosiy talablaridan bo’lib qolmoqda. 
    Yuqorida aytib o’tilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni 
    marketing bugungi kunda nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur 
    yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha 
    amaliy faoliyat hamdir. 
    Shunday qilib, marketing firma va korxonalarni boshqarishning asosiy 
    kontseptsiyasiga aylanmoqda, uning yordamida firmalardagi mavjud boshqarish 
    tizimini samaradorligi oshiriladi. 
    Marketing maqsadlari va ehtiyojlari boshqa xo’jalik bo’limlari maqsadlaridan 
    farq qiladi. Aniq iste’molchilarga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni, 
    qayishqoq byudjetlarni tuzishni, yangi mahsulotlar chiqarishni (taklif etishni), 
    raqobatbardoshlikni ta’minlashni, yuksak darajada aniqlikdagi faol marketingdan 
    foydalanish yaratishni marketing talab qiladi. Buning uchun xo’jalik bo’limlarini 
    rag’batlantirish, rejalarni tuzishda ko’p tarmoqli guruhlar tashkil qilish, ularni 
    bajarish yo’llarini aniqlash va boshqa ishlarni bajarishi lozim. 
    Xulosa qilib aytganda, marketingni xo’jalik yuritishning alohida bir tizimi 
    yoki murakkab bozor muammolarini echish usuli sifatida ko’rish kerak. 


    65 
    «Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan 
    foydalanish» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan olib borilgan 
    tadqiqotlardan kelib chiqqan holda, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 

    marketingni korxonaning asosiy vazifasi sifatida tashkil etilishini ta’minlash; 

    bozor haqida mavjud axborot manbalaridan kengroq va samaraliroq 
    foydalanishni ta’minlaydigan alohida bo’limni shakllantirish; 

    potentsial bozor haqida hamda aniq iste’molchilar, iste’molchilar guruhlari 
    bo’yicha ma’lum qoidalarga ko’ra tartiblashtirilgan, yangilanib, to’ldirilib borish 
    imkoniyati bo’lgan, foydalanish uchun, tezkor prognozlar qilish uchun qulay 
    bo’lgan axborot tizimini yaratish;

    oziq-ovqat 
    sanoati 
    korxonalarini 
    rivojlantirishda 
    faol 
    marketingdan 
    foydalanishda bozor iqtisodiyoti va marketing tamoyillariga to’la rioya etish; 

    faol marketingdan foydalanishda bozorning asosiy talablaridan biri bo’lgan 
    raqobat muhitini doimiy ravishda hisobga olib borish; 

    faol marketingdan foydalanishda asosiy ahamiyatli qismlardan biri bo’lgan 
    xodimlar siyosatini mukammal ishlab chiqish, xodimlarning yuqori darajada 
    professionalligini ta’minlash; 

    faol marketingdan foydalanishda bir tomonlamalikdan saqlanish, faol 
    marketingdan foydalanishning samarali, ob’ektiv bo’lishiga ta’sir etuvchi barcha 
    omillarni hisobga olish; 

    faol 
    marketingdan 
    foydalanishni, 
    uning 
    maqsadga 
    muvofiqligi 
    va 
    samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 
    Yuqorida 
    keltirilgan 
    asosiy 
    xulosalar 
    va 
    aniq 
    takliflar 
    “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi faoliyatini yaxshilashga, faol 
    marketingdan foydalanishni ishlab chiqishning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etadi, 
    deb hisoblaymiz. 


    66 

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш

    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish