“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasida faol marketing




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana08.01.2024
Hajmi1,21 Mb.
#131960
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
oziq ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan

3.2. “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasida faol marketing 
samaradorligini oshirish yo’llari 
Marketing tizimi iste’molchilar talabiga sezgirlik xususiyatiga egadir. 
Iste’mol sifatlari, kafolatligi, servis va boshqa jihatlari bilan belgilanadigan tovarga 
bo’lgan talabdagi uncha katta bo’lmagan o’zgarishlarga tizim sezgir bo’ladi hamda 
moslashadi. Bunga faqat raqobatchilar faoliyatining marketing tahlili, ular ular bilan 
hamkorlik shakllarini qidirishgina emas, balki yuqori madaniyatli, uyg’unlashgan, 
yuqori axloqli iste’molchini tarbiyalash ham yordam beradi. Ushbu sohadagi 
muvaffaqiyatga iste’molchilar xohishlarini yaxshi tushunuvchi, talab dialektikasi va 
uning jihatlarini aniq bashorat qila oluvchi, faoliyat sohasining imkoniyatlarini 
biluvchi, tizimning dinamikligini, moslashuvchanligi va elastikligini ta’minlay 


57 
oluvchi marketologlarning yuqori kasb-mahorati orqali erishiladi. 
Faol marketingdan foydalanish quyidagi vazifalarni hal etishi lozim: 
1. Korxona taklif etayotgan tovar va xizmatlarning bozorga keng miqyosda 
kirib borishini ta’minlashi lozim; 
2. Mumkin bo’lgan maksimal foydani yoki me’yor darajasidagi foydani 
ta’minlab berishi kerak; 
3. Bozordagi o’zgarishlarga tezda javob berishi, ya’ni vaziyat taqazo 
etganidek qayta shakllanishi, tovarlarning o’z vaqtida va talab darajasida yetkazib 
berilishini ta’minlashi shart. 
Tizim uning butunligini hosil kiluvchi funktsional va ta’minlovchi quyi 
tizimlarning birligi va yuqori ilmiy-texnika darajasini uyg’unligini ko’zda tutadi. 
Korxonalarda marketingni boshqarishning asosiy tuzilmaviy-funktsional bo’g’ini 
bo’lgan va boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqalarini ta’minlovchi faol 
marketingdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda ushbu uyg’unlik 
kichik biznesni shakllantirishda kuzatilmoqda. Marketing tizimi ilmiy tashkil etilgan 
hamda dastur tarkibida amal qilgan paytda, u faqatgina ishonchli va tejamkor bo’lib 
qolmay, balki o’z-o’zini tashkil etuvchi va o’z-o’zini boshqaruvchi bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti tamoyillarini yanada to’liq joriy etish, korxona va 
tashkilotlarni real mustaqilligi chegaralarini kengaytirish, xalqaro bozorga chiqish 
imkoniyatlarining berilishi va boshqa omillar marketingga bo’lgan qiziqishni 
ko’payishiga ta’sir ko’rsatdi. 
Marketingning asosiy kontseptsiyasi potentsial iste’molchilarning ehtiyoji va 
iste’molini qondirish g’oyasi asosida tuziladi. Uning mohiyati bozor iqtisodiyotiga 
o’tish uchun bizning qanday yo’lni o’tishimiz kerakligini tushunishga imkon beradi. 
Bozor aholini Respublikamizdagi ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi 
aloqa shakllari nuqtai nazaridan tahlili va har xil sohalarga ajratish imkonini beradi 
va ularning har birida marketingdan foydalanishda o’zining yo’nalishi bo’ladi. 
«
Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan 
uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab 
topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi 


58 
zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini 
tashkil etishi shart. 
Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim 
yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o’simlik dunyosi 
resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, 
yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va 
turini kengaytirishdan iborat bo’lishi kerak. 
Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab katta bo’lgan 
mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz 
zarur. Bu tizimning ma’no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda 
xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi 
bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, 
uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 
nazarda tutadi. 
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi 
birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni 
iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yakuniy bosqichga 
qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo’lmoqda. 
Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – 
xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha 
bo’lgan yo’lini – tsiklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va 
nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash 
darkor. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqori qo’shimcha qiymatga ega 
bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030 yilda, yangi turdagi tovarlar 
tayyorlashni o’zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2 marta, qora metalldan 
tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral 
o’g’itlar 3,2 barobar ko’payishi mumkin. 
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot 
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan 
tayyor, ekologik toza to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 


59 
hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 
esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.
»
24
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar 
marketing va oddiy ishlab chiqarish-sotish faoliyatlarining farqi haqida aniq 
tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Marketing faoliyatida direktordan keyinga 
birinchi shaxs bosh injener, texnolog, iqtisodchi emas, balki tijorat direktori- u sotish 
sohasida yaxshi mutaxassis bo’lib, u tashkilotchi, iqtisodchi, moliyachi, sotuvchi va 
hakazolar, beandoza fikrlay oladigan xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan 
bo’lishi kerak. 
Tovarlarni sotish jarayonida iste’molchilar bilan aloqa o’rnatiladi va ularning 
talablari o’rganiladi. Faol marketingdan foydalanishning vazifasi iste’molchilarni 
didlaridagi farqlarni aniqlash va ularni qondirishga yo’naltirilgan takliflarni ishlab 
chiqishdan iborat. Shular asosida firmalar, shirkatlar, kompaniyalarning uzoq 
muddatli istiqbollari va rivojlanish maqsadlari belgilanadi. Marketologlar aholining 
xohish va ehtiyojlari haqida ishlab chiqarishga ma’lumot beradilar va buning 
natijasida iste’molchilarni to’lashi mumkin bo’lgan bahoda yaxshi tovarlar va 
xizmatlar turlari tayyorlanadi. 
Korxonada faol marketingdan foydalanish muhim o’rin tutadi. Uning 
muvaffaqiyatli tuzilishi bor bo’lgan qiyinchiliklarni hal qilish yo’llarini belgilashga 
imkon beradi va raqobatchilikdagi yutuqlarni ta’minlaydi. Bu dastur yordamida 
korxona (firma) o’zining faoliyatini baholaydi va rivojlanish qaysi yo’nalishda 
bo’lishi lozimligi haqidagi savolga javob beradi. 
Aniq maqsadlarga qarab korxonaning faoliyatini miqdoriy va sifat jihatdan 
baholaydigan har xil iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Bunday ko’rsatkichlar 
qatoriga kapital hajmi, tovar aylanmasi miqdori va qiymati bor mablag’larni 
joylashtirish korxonaning mayda tuzilmalarning tavsifi, kapital qurilishiga 
sarflanadigani mablag’ni miqdori va joylashishi, tadqiqot natijalari kiradi. 
Marketing faoliyati, iqtisodni bozor boshqaruvi tizimi, ishlab chiqarishni 
iste’mol bilan bog’laydigan butun dinamik tovar oqimi yo’lida aniq choralarni 
24
Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446) 


60 
amalga oshirishni ko’zda tutadi. Buning uchun ishlab chiqarish bilan iste’mol 
o’rtasidagi noaniqliklarni yo’q qilishda bozorni o’rganish, talab tuzilishi va 
dinamikasini o’rganish ishlari amalga oshiriladi. Bundan so’ng bozorni o’rganishlar 
natijasi ishlab chiqarishga yetkaziladi va pirovard iste’molchilarni talab va 
istaklariga mos keladigan, raqobatchilar chiqarayotgan tovarlardan har tomonlama 
ustun keladigan tovarlar ishlab chiqariladi. 
Vujudga kelgan marketing holatlarini chuqur tadqiq etish uchun masalalarni 
tiplashtirishni har bir funktsiya, texnologiya bosqichi va har bir tizim sub’ekti 
bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ko’pchilik holatlar marketing 
tizimi xodimlari tomonidan rejalashtirilgan, dasturlashtirilgan bo’ladi, biroq ayrim 
holatlar kutilmaganda yuzaga keladi va rejasiz, boshqarilmaydigan bo’ladi. 
Marketing tizimining rejali, barqaror va dinamik amal qilishi uchun uning yuqori 
darajada boshqariluvchanligini ta’minlash lozim. Biroq rejalashtirilmagan holatlar 
har doim ham xo’jasizlik oqibatida yuzaga kelmaydi. Ayrim hollarda bu holat 
mehnat jamoasida yoki undan tashqarida bo’lgan ilg’or g’oyalar, innovatsiyalar 
ko’rinishida bo’ladi. Shu sababli yangidan yuzaga kelgan marketing holatlarini 
salbiy va ijobiy xarakterdagi holatlarga ajratish mumkin. Salbiy xarakterdagi 
holatlar- xo’jasizlik belgisi bo’lib, qondirilmagan marketing, tijoratning kuchsiz 
tashkil etilganligi va hakazolardir. Ijobiy xarakterdagi holatlar- ishga innovatsion, 
ijodiy yondoshuv natijasidir. 
Marketing samaradorligini oshirish yo’llari turli xildir. U yoki bu 
o’zgartirishlar yo’nalishlarini tanlashda bajarishga ta’sirini, tejamkorligini, 
tezkorligini marketing tizimining ishonchliligini, uning raqobatbardoshligini 
oshirishni, korxonaning va uning tovarlarni (xizmatlarini) bozorda barqaror 
pozitsiyalashtirishni, korxonaning aniq muhitdagi holati va hakazolarni aniqlash 
lozim. 
Ilg’or tajribalarni, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining 
fikrlarini 
umumashtirish 
marketing 
samaradorligini 
oshirishning 
asosiy 
yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda texnologiya darajasi va sotishni tashkil 
etish bilan birga boshqarishda tovar zahiralariga katta o’rin ajratiladi. Ular bozorda 


61 
ishlab chiqarish va iste’molchilar o’rtasida bog’lovchi bo’g’in sifatida ishlaydi, talab 
va taklif o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tekislovchi vazifasini o’taydi, chunki taklif 
talabdan ustun kelishi kerak. 
Turli xil korxonalar miqyosida yoki birlashma doirasida marketing 
funktsiyalarini kooperatsiyalash va integratsiyalashni kengaytirish hisobiga 
marketingning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish yo’nalishining tarkibiy 
qismlaridan biri bo’lib, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish hisoblanadi, chunki 
u marketingdan samarali foydalanish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi 
bosqichda boshqaruvning ilg’or tuzilmalaridan bo’lib dasturli-maqsadli va tarmoq 
tuzilmalari hisoblanadi. Tashkiliy mexanizmni optimallashtirish marketing 
jarayonini tartibga solish, me’yorlash va nazorat qilishni ko’zda tutadi. Tajriba 
maqsadli va dasturli - maqsadli marketingni, tashkiliy-iqtisodiy marketing tsiklini, 
marketing jarayonining matritsali modellarini va kartalarini, me’yorlari va 
standartlaridan foydalanishni maqsadga muvofiqligini tasdiqlamoqda. 

Download 1,21 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasida faol marketing

Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish