|
Moddiy va Issiqlik balansi
|
bet | 30/58 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #144341 |
Bog'liq Щзбекистон республикаси олий11.3. Moddiy va Issiqlik balansi
Yoqilg’i yonganda ma’lum miqdordagi Issiqlik energiyasi ajraladi va tutun gazlari hamda qoldiq kul hosil bo’ladi. Tutun gazlari (soddaroq qilib aytganda tutun) va kul Yonish mahsulotlari deyiladi.
Yonish mahsulotining tarkibi va uning miqdori Yoqilg’i turiga va sifatiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Amalda Yonish kamerasi (o’txona)ga kiritilgan Yoqilg’i massasi bilan havo (oksidlovchi) massasining yig’indisi Yonish mahsuloti massasiga teng bo’lishi kerak.
Yonish mahsulotlaridagi tutun qismining hajmi Vt.r. quruq gazlar hajmi Vk.g. bilan Yoqilg’i tarkibidagi vodorodning reaksiyaga kirishi va namlikning bug’lanishidan hosil bo’lgan suv bug’ning hajmi Vs.b yig’indisiga teng, ya’ni
Vt.g. q Vk.g Q Vs.b. (11.11)
Quruq gazlarga SO2QSOQSO2QO2QN2 kiradi va ularning yig’indisi 100 foiz deb qabul qilinadi. SO2QSO2qRO2 uch atomli gazlar yig’indisi deb belgilanadi.
YUqorida aytib o’tganimizdek, Yoqilg’ining to’liq Yonishi ta’minlash uchun nazariy hisoblab topilgan havoning Vx.n hajmi haqiqiy zarur bo’lgan Vx hajmidan kichik bo’ladi. SHuning uchun ham Vxn>Vx sharti asosida ayrim hisob – kitoblarni 10–25% xatolik bilan amalga oshirish mumkin.
Demak, Vt.g. hajmini quyidagicha yozish mumkin:
(11.12)
bunda - atmosfera havosi tarkibidagi, reaksiyaga kirmagan «tranzit» - o’tkinchi, azot miqdori; - ortiqcha havo koeffitsienti , Vx – haqiqiy havo miqdoring hajmi; 0,79 – azotning havodagi ulushi; 0,23 – quruq havoning hajm birligidagi kislorod ulushi; 0,23(αx-1) Vx – reaksiyaga kirmasdan tutunga qo’shilib atmosfera chiqib ketadigan havodagi ortiqcha o’tkinchi kislorod miqdori.
Normal sharoitda ideal gazning 22,4 m3 hajmini 1 kmolь gaz egallaydi. Uch atomli gazlar VRO2 hajmi quyidagi ifodadan hisoblab topiladi:
(11.13)
bunda SoQk – yonuvchi oltingugutning organik va kolchedon qismi;
12 va 32 – ugrerod va oltingugutnig molyar massalari.
Suv bug’ining ideal gazga yaqinroq deb qabul qilinsa, unig zichligi (normal sharoitda) ρq18/22,4q0,805 kg/m3 bo’ladi. Agarda atmosfera havosidagi suvbug’i zichligi (normal sharoitda) ρs.bq0,01 kg/m3 ham hisobga olinsa, Yoqilg’ining Yonishda hosil bo’lgan suv bug’i hijmini quyidagi ifodadan hisoblab topish mumkin:
(11.14)
Demak, Yonish mahsulot tarkibini nazariy hisoblab aniqlash ham mumkin. Lekin amalda RO2, O2, SO, SN4, N2 hajm birligidagi miqdorlari maxsus gaz analizatorlari yordamida o’lchanadi.
Ichki yonuv dvigatellarissiklidagi Yonish jarayonining normal o’tayotganligini SO, SO2, SO2 va boshqa gazlarning miqdorlarini o’lchash yo’li bilan baholash va ularni, zarur bo’lganda, rostlash mumkin. Masalan, Infralit-1100 asbobi yordamida SO miqdorini yuqori aniqlikda o’lchash mumkin.
|
| |