29
3.2. O„zbekiston Respublikasi avtomobil yo„llari tarmog‟ining
zamonaviy holati
Asr boshida O„zbekiston hududida 27 ming
kilometr ot arava va izvosh
yo„llari mavjud bo„lgan bo„lsa, 1927 yilga kelib O„rta Osiyoda davlat yo„llarining
jami uzunligi 5313 km ni, jumladan O„zbekiston hududida - 923 kmni tashkil
etgan. 1931 yilda Samarqanddagi yo„l tajriba uchastkasida shag‟alli qoplamaning
yangi usuli sinovdan o„tkazildi. Joylarning o„zida bitum suyultirib ishlov berilgan
usul o„zini to„la oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yo„llar ana shu usul bilan qurila
boshlandi. 1932 yilda O„zbekistonning janubida (Jarqurg‟on) og‟ir smolaga boy
neft‟ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum o„rnida qo„llana
boshlanishi
Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning imkoniyati kengligi
mamlakatda yo„llarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi.
1928-1932 yillarda O„zbekistonda birinchi bo„lib uzunligi 62 km bo„lgan qora
qoplamali Buxoro-G‟ijduvon-Qiziltepa yo„li qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48
km bo„lgan Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq,
Toshkent-Piskent-Murotali,
Qo„qon-Sho„rsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo„llar qurildi. 1937 yilda
Respublikada yo„l shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil
yo„llar 2200 km ni tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yo„llarning
uzunligi umumiy yo„l tarmoqlaridagi salmog‟i 8% ni tashkil etdi. 1939 yilda
O„zbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yo„li bilan qurish rasm bo„ldi va bu
usul yo„l qurilishida ham keng qo„llanildi. 1940 yilda uzunligi 708 km bo„lgan
Katta O„zbek Traktini qurish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu yo„lning
326
km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari tomonidan
qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940 yilning oxiriga
kelib qattiq qoplamali yo„l tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi. O„zbekistondagi
barcha yo„llarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi. Avtomobil yo„llari
tarmog‟ining rivojlanish dinamikasi 3.2-rasmda keltirilgan.
30
3.2-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari tarmog‟ining
rivojlanish dinamikasi
1970-75 yillarda yo„l qurish va foydalanish tashkilotlarining ishlab chiqarish
bazasi ancha yaxshilandi ularning saroylari yangi mashina va mexanizmlar bilan
to„ldirildi. Yo„l qurish industriyasining asfaltbeton, ko„priklar qurish uchun yig‟ma
temirbeton konstruktsiyalar
ishlab chiqaruvchi, inert materiallarni qayta ishlovchi
va sifatini yaxshilovchi ob‟ektlar ishga tushdi va oqibatda qurilishda texnologik
intizomga amal qilish uchun bir muncha shart-sharoit yuzaga keldi.Umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo„llarining uzunligi 1976 yilda hammasi bo„lib 19643
km shu jumladan umumdavlat ahamiyatidagi yo„llar 1656 km ni, respublika
ahamiyatidagi yo„llar 7203 km ni va mahalliy ahamiyatdagi yo„llar 10975 km ni
tashkil etdi. 1975-80 yillarda yo„l xo„jaligida eng jadal yuksalish yillari bo„ldi.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo„llari uzunligi 31208
km ga etdi yoki
xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo„llari 1656 km, respublika ahamiyatdagi
avtomobil yo„llari 12164 km, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo„llar 17388 km
ga etdi. 1976-81 yillarda jami 4400 km yangi yo„llar qurildi va qayta
31
rekonstruktsiya qilindi. Bu yillarda asosan shaharlarni chetlab o„tuvchi aylanma
yo„llar qurishga katta e‟tibor berildi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari tarmog‟ining
bugungi kun
foydalanuv holati avtomobillar va yo„ldan foydalanuvchilar talabini qoniqtirmaydi.
Buning sabablari - respublikada avtomobil yo„llarini o„z muddatida ta‟mirlash va
saqlash masalasi o„z echimini topmasdan qolmoqda. Avtomobil yo„llarini joriy
ta‟mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablag‟larning etishmasligi ishlarning
to„liq bajarilmasligiga,
qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib
kelmoqda. Natijada, yo„llarda muddatidan oldin ta‟mirlashga muhtojlik kelib
chiqmoqda. Bu esa, katta hajmdagi yo„llarni ta‟mirlash ishlarini talab qiladi.