• Annotation
  • Щзбекистон республикаси




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,25 Mb.
    #231473
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
    Bog'liq
    Алоқа йўллари (1)

    Annotasiya 
     
    Ushbu o„quv qo„llanmada aloqa yo„llari, jumladan temir yo„llari, avtomobil 
    yo„llari, havo yo„llari, suv yo„llari, sanoat yo„llari, xo„jalik yo„llari va shahar 
    yo„llari haqida umumiy ma‟lumotlar berilgan. Shu bilan bir qatorda avtomobil 
    yo„llari haqida to„liq ma‟lumotlar berilgan bo„lib, avtomobil yo„llarining 
    elementlari, avtomobil yo„llaridagi sun‟iy inshootlar, avtomobil yo„llarida 
    harakatni tashkil etish va harakat havfsizligi masalalari keng yoritilgan. 
     
    Аннотация 
     
    В данном учебном пособие даны общие сведения о путях сообщений в 
    частности о железных дорогах, об автомобильных дорогах, о воздушных 
    линиях, о водных путях, о промышленных дорогах, о хозяйственных и 
    городских дорогах. Наряду с этим, даны подробные сведение об 
    автомобильных дорогах, а также широко освещены вопросы об элементах 
    автомобильных дорог, об искусственных сооружениях на автомобильных 
    дорогах, об организации движение и обеспечении безопасности движения на 
    автомобильных дорогах. 
    Annotation 
     
    The manual contains general information on ways messages in particular 
    about railways, about highways, about air-lines, about waterways, about industrial 
    roads, about economic and city roads are given. Along with it informs about 
    highways and questions on elements of highways, on artificial constructions on 
    highways, about the organisation movement and maintenance of safety movement 
    on roads. 
     
     



    Kirish 
     
    Bundan bir necha yuz yillar avval xalqlarni bir - biri bilan bog‟lagan karvon 
    yo„llari bugun magistral yo„llarga aylandi. Shunday yo„llardan biri Buyuk Ipak 
    yo„lidir. Mag‟ribu, mashriqni bog‟lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng 
    kuchli xalqalaridan biri bo„lgan Buyuk Ipak yo„li dunyoga mashhur Buxoro , 
    Samarqand, Qo„qon va O„sh shaharlari orqali Qashqardan o„tib, yo„nalishini 
    davom ettirgan. 
    Bu yo„nalish Evropo qit‟asini Osiyoning okean sarhadlari bilan 
    bog‟laydigan va xalqaro miq‟yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim 
    arteriya hisoblanadi. Hozirda esa “ Transkontinental yo„nalishi” deb nom olgan
    Prezidentimizning tashabbusi bilan “ Buyuk Ipak yo„li” ni tiklash to„g‟risidagi 
    qonunni qabul qilinishidan, transport yo„lagi bo„yicha xalqaro anjumanlarda 
    qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Evropa -Kavkaz- Osiyo” 
    transport yo„lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo„yicha olib borilayotgan ishlardan 
    maqsad portlarga , dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O„zbekistonning rivojiga 
    rivoj qo„shishdir. 
    Respublikamiz bo„yicha barcha turdagi transportlarda tashilayotgan 
    yo„lovchilarning 96,6% , yuklarni esa 83% aynan avtomobil transporti hissasiga 
    to„g‟ri keladi. Demak, mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo„l 
    tarmog‟ini umumiy uzunligi respublika bo„yicha 184000 km. 
    O„zbekiston xalqining boyligi va mamlakatimizning "Qon tomirlari" bo„lgan 
    va bugungi kunda 42654 kilometr uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil 
    yo„llari, jumladan 3979 km xalqaro, 14069 km davlat, 24606 km mahalliy 
    ahamiyatidagi avtomobil yo„llari texnik soz holatda asraldi, saqlandi, 
    rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-havo sharoitida transport 
    vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta‟minlanib kelinmoqda.
    O„tgan yiliarda jami 23002 km.lik yo„l ishlari bajarilib, jumladan umumiy 
    foydalanishdagi avtomobil yo„llarida 2722 kilometrdan ortik yangi yo„llar qurildi 



    va rekonstruktsiya qilindi, 3800 km avtomobil yo„llarida mukammal ta‟mirlash va 
    21978 km avtomobil yo„llarida ta‟mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek 
    o„tgan davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 pm. bo„lgan ko„priklar, 19 dona 
    3938 pm. yo„l o„tkazgich va transport echimlari qurildi va rekonstruktsiya qilindi. 
    O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil
    22-apreldagi 
    PQ-1103 
    sonli 
    “2009-2014 yillarda O„zbekiston milliy 
    avtomagistralini 
    rekonstruksiya 
    qilish 
    va 
    rivojlantirish 
    chora-tadbirlari 
    to„g„risida”gi 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446 sonli “2011-2015 yillarda 
    infratuzilmani, 
    transport 
    va 
    kommunikasiya 
    qurilshini 
    rivojlantirishni 
    jadallashtirish to„g„risida”gi hamda 2015 yil 6-mart PQ-2313 sonli “2015-2019 
    yillarda muhandislik kommunikatsiya va yo„l transport infratuzilmani
    rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarorlar.
    Avtomobil yo„llarini, avvalo xalqaro va davlat ahamiyatiga ega yo„llarning 
    transport - ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me‟yorlar va standartlar talablari 
    darajasiga ko„tarish, yuklar va yo„lovchilarni tashishning barcha yo„nalishlari 
    bo„yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, hamda avariyalarni kamaytirish 
    ko„rilgan 
    Xulosa o„rnida aytish mumkinki yangi yo„llarni barpo ètilishi va èskilarning 
    qayta ta‟mirlanishi hududlarga yangi xayot nafasini olib keladi. Katta xajmdagi 
    qurilish , bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko„rsatish tarmoqlari bilan 
    birga yangi uy-joylar barpo ètiladi. Yo„llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga 
    yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko„plab imkoniyatlar ham yaratib beradi. 




    Download 5,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Щзбекистон республикаси

    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish