2.2.Temir yo„l tarmoqlari Bugungi kunda Respublikada temir yo„llarning foydalanuvdagi uzunligi
3645 km ni tashkil qiladi. Shundan 3009 km bir izli, 636 km ikki izli temir yo„llar
hisoblanadi. O„zbekistonda temir yo„llar rels oralig‟i 1520 mm ni tashkil qiladi. Bu
ko„rsatkich boshqa mamlakatlarda 1600, 1667 va 1676 mm ni tashkil qiladi.
Temir yo„l transportining asosiy texnik jixozlariga doimiy qurilmalar va
harakat tarkiblari kiradi. Temir yo„l harakat tarkibiga lokomotivlar, motorli vagonli
harakat tarkibi va vagonlar kiradi. Lokomotivlarga: elektrovozlar, teplovozlar,
gazotrubovozlar, paravozlar kiradi.
“O„zbekiston temir yo„llari” DAK mutaxassislari tomonidan “Toshkent-
Samarqand” yo„nalishida “Afrosiyob” tez yurar lakomativi yuqori tezligini, sifatli
va xavfsiz harakatlanishini ta‟minlash maqsadida yuk poezdlari harakatlanishi
uchun qurib bitkazilgan bir yo„lli “Yangier – Dashtobod” uchastkasi foydalanishga
topshirildi. Qolaversa, 60 kilometrlik “Dashtobod – Jizzax” uchastkasi bo„ylab
yangi yo„lning qurilishi va elektrlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom
ettirilmoqda 2.1-rasm.
Qurilish ishlarini kompaniyaning Yo„l xo„jaligi boshqarmasi tasarrufidagi
OPMS-203, EP-1 hamda SPMS kabi korxonalarning og‟ir texnikalari va
yo„lsozlari ikki smenada ish olib borishmoqda. Uchastka bo„ylab tuproq ko„tarma
ishlari tugatilib, panjarali relslar yotqizildi. Relslar atrofi zarur shag‟al mahsulotlari
bilan to„ldirildi. Uchastka oralig‟ida 4 ta raz‟ezd, 5 ta yo„lni kesib o„tish joylari
bunyod etildi. Ayni paytda temir yo„lning bir qismida panjarali relslar to„liq
yotqizib bo„lindi. Po„lat izlarni yotqizish ishlari Yo„l xo„jaligi boshqarmasining
zamonaviy transport vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarur
mahsulotlardan iborat temir-beton qurilmalar, shpallar, ko„priklar va boshqa
materillar mahalliy korxonalarda tayyorlanib, qurilish ob‟ektlariga etkazilyapti.
Yangi temir yo„l ob‟ektining qurilishi respublikamiz temir yo„llarini
takomillashtirish, yo„lovchi va yuk tashish ishlarini bajarishda qulayliklarni yo„lga
21
qo„yish, belgilangan manzilga tez va ishonchli etib borishlarini ta‟minlash, harakat
xavfsizligi hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish asnosida iqtisodiy tejamkorlikni
yuzaga keltiradi.
2.1-rasm. O„zbekiston Respublikasi Temir Yo„llari xaritasi