26
Yuk stantsiyalari asosan yuk va kommertsiya operatsiyalarini bajarishga
mo„ljallangan, masalan yuklarni ortish va tushirish. Yuk stantsiyalari yuk
hovlilarida yoki sanoat korxonalarining kirish yo„l shaxobchalarida joylashtiriladi.
Yo„lovchi stantsiyalari yirik shaharlarda yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish va
yo„lovchi tarkiblariga ishlov berish uchun quriladi. Bu stantsiyalar katta iz
tarmoqlariga, maxsus vokzal, lakomotiv va vagon deposiga, signallashtirish va
aloqa qurilmalariga ega bo„ladi.
Harakat xavfsizligini ta‟minlash va boshqarish vositalaridan foydalanish
ishlarini boshqarish, avtomatika va aloqa komplekslari qurilmalarini o„z ichiga
oladi.