38
4.2. Portlar
Daryo porti deb kemalar suv yo„li orqali osonlikcha qirg‟oq yoniga
keladigan va temir yo„l va avtomobil yo„li kelishiga mo„ljallanib inshootlar bilan
jihozlangan punktga aytiladi. Portlarda asosan yuk ortish va tushirish, yo„lovchilar
chiqarish va tushirish ishlari bilan birga kemalarga texnika xizmati ham
ko„rsatiladi. Portlarda yuk ortish va tushirish jarayonlarini bajarish uchun zarur
uskuna, mashina va boshqa jihozlar, port kranlari, ombor xo„jaliklari va
yo„lovchilarga servis xizmati ko„rsatuvchi vokzal majmuailari bo„lishi kerak.
Dengiz portlari odatda dengiz va ummon qirg‟oqlari va daryolarning
dengizga quyilish erlariga joylashtirilgan bo„lib, katta transport tugunlarining
tarkibiga kiradi. Portlar dengiz transportining asosiy ishlab chiqarish
korxonalaridan bo„lib, ko„p hollarda uning samaradorligini belgilaydi.
Dengiz portlari umum foydalanish, maxsus va aralash portlarga bo„linadi.
Umum foydalanish portlari yo„lovchilar va yuk tashuvchi kemalarni hamda boshqa
kemalarni ham qabul qiladi. Maxsus portlar yuklarning muayyan guruhlarini qabul
qilishga mo„ljallangan bo„ladi. Masalan, ko„mir, ma‟dan, don, neft, ŝement, baliq
va x.k. O„zbekistonda Termiz daryo porti mavjud 4.1-rasm.
4.1-rasm. Termiz daryo porti
39
4.3. Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko„priklarga
qo„yiladigan talablar
Daryo yo„llari o„z navbatida daryolarga quriladigan ko„priklarga quyidagi
talablarni qo„yadi. Kema qatnaydigan daryolardan ko„priklarning ko„prik osti
o„lchamlari (gabaritlar) suv yo„li darajasiga qarab GOST 26775da belgilangan.
Suv satxidan o„lchanadigan ko„prik osti o„lchami, hisobiy kema yurish suv
satxidan (H.K.S.) hisoblanadi, kafolatlangan kema yurish chuqurligi kema yurish
satxining eng past satxidan hisoblanadi. Ochib qo„yilmaydigan ko„priklarda kami
bilan 2 ta kema o„tishga mo„ljallangan 2 ta prolyot loyihalanadi 4.2-jadval.
Kemalar tavsifi. Daryo kemalari.
-
Bajarish vazifalari bo„yicha - yuk tashuvchi, yo„lovchi tashuvchi, aralash yuk
va yo„lovchilar tashuvchi kemalar;
-
suvdan foydalanish bo„yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti qanotli, parrakli
va havo yastig‟i printsipida suzuvchi kemalar;
-
harakati bo„yicha - o„zi suzar, ya‟ni o„z kuch dvigateli bor (teploxod, paroxod,
dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o„zi suza olmaydigan barjalar.
4.2-jadval.
Suv
yo„li
darajasi
Suv yo„li kema yurish
chuqurligi, m
Ko„prik osti
o„lchaminin
g balandligi,
m
Ko„prik osti o„lchamining
kengligi, m
Kafolat
langan
O„rtacha
navigatsion
Ochilmaydigan
prolyotlar
uchun
Ochiladigan
proletlar uchun
asosiy yonidagi
1
2
3
4
5
6
7
I
3,2 ortiq
3,4 ortiq
16,0
140
120
60
II
2,5-3,2
2,9-3,4
14,5
140
100
60
III
1,9-2,5
2,3-2,9
13,0
120
80
50
IV
1,5-1,9
1,7-2,3
11,5
120
80
40
V
1,1-1,5
1,3-1,7
10,0
100
60
30
VI
0,7-1,1
0,9-1,3
7,5
60
40
-
VII
0,5-0,7
0,6-0,9
5,0
40
30
-
40
Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo„yicha quriq buyumlar
tashuvchi, universal va maxsus yuklar tashuvchi kemalarga bo„linadi.
Kemalar harakatiga suvning ko„rsatadigan qarshiligi quriqlikdagi ishlovchi
temir yo„l va avtomobil transportlari harakatidagi qarshilikka nisbatan ancha
kamligi sababli ular har bir tonna yukni teng masofaga tashish uchun kam quvvat
va kam yoqilg‟i sarfi talab qiladi. Kemalarning yuk ko„tara olish qobiliyati temir
yo„l vagonlari yuk kutara olish qobiliyatiga nisbatan bir necha marta,
avtomobillarga nisbatan bir necha o„n marta kattadir. Ayrim yuklarni daryo
kemalarida tashish tannarxi temir yo„l transportidagiga nisbatan 2-3 marta va
avtomobil transportidagiga nisbatan 20-30 marta kamdir.
|