4-Bob. Suv xavzalaridagi aloqa yo„llari
4.1. O„zbekiston Respublikasi daryo yo„llari va ularga qo„yiladigan
talablar
Tayanch so„zlar:
suv yo‘llari, portlar, kanallar, ko‘priklar, daryolar.
Dengiz transporti ichki yuklarni tashish bilan birga, ko„pgina tumanlarni
iqtisodiy rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatadi. Dengiz transporti chet mamlakatlar bilan
iqtisodiy aloqalar olib borishda muhim ahamiyatga ega. O„zbekiston
Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga to„siq bo„layotgan muammolardan biri
bu dengizlardan o„zoqdaligidir.
Hozirgi kunda O„zbekistonda umumiy uzunligi 500 km bo„lgan suv yo„li
mavjuddir. Bu Amudaryo orqali bo„lib, bunda kichik hajmdagi yuklarni tashishda
keng foydalaniladi. Daryo yo„llari ommaviy yuklarni tashishda katta ahamiyatga
ega: yog‟och, neft, qurilish materiallarini tashishda arzon transport turi bo„lib
hisoblanadi.
O„zbekistonda eng katta daryolardan Sirdaryo bo„lib, uzunligi 2206 km ni
tashkil qiladi. O„zbekiston daryolaridan Amudaryo uzunligi 1437 km, Zarafshon
36
781 km, Norin daryosi uzunligi 534 km, Qashqadaryo uzunligi 310 km, Ohangaron
daryosi uzunligi 236 km ni tashkil qiladi. O„zbekistondagi daryolar xaqida
umumiy ma‟lumot quyidagi 4.1-jadvalda keltirilgan.
4.1-jadval.
Daryolar va suv o„lchagich joyi
Havzasining
maydoni, ming
km
2
Uzunligi,
km
O„rtacha ko„p
yillik suv
sarfi, m
3
/sek
Amudaryo (Karki)
199,4
1437
1990
Sirdaryo (Ko„kbuloq)
150,1
2206
732
Norin (Usqo„rg‟on)
58,4
534
429
Qoradaryo (Kampirrovot)
24,1
177
270
Chirchiq (Xo„jakent)
119,4
174
221
Zarafshon (Dupuli)
123
781
132
Surxondaryo (Arpapoya)
8,23
196
86,6
Chotqol
6,87
223
124
Piskon
2,84
73
80,4
Ohangaron (Turk)
4,01
236
23,5
To„polondaryo (Zarchon)
2,20
112
52,7
Qoratog‟daryo (Qoratog‟)
0,68
95
22,8
Sheroboddaryo (Sherobod)
2,96
171
7,49
Qashqadaryo (Varganzi)
8,78
310
5,17
G‟uzordaryo (Ertepa)
3,4
86
5,93
Sox (Sarikanda)
2,47
94
41,8
Isfara (Toshqo„rg‟on)
1,58
130
15.8
Oqbo„ra (Papan)
2,53
148
19,7
Isfayramsoy (Uchqargan)
2,28
107
22,9
Shohimardon (Povulg‟on)
1,48
77
9,72
G‟ovasoy (G‟ova)
0,69
92
8,29
Kosonsoy
1,4
154
8,50
Poshshaota
0,39
122
6,13
Zomin (Qo„riq qishloq)
0,7
58
2,0
Sangzor (Bahmal)
3,22
198
2,72
Chadaksoy
0,56
76
1,78
Chortoqsoy
0,71
67
11,6
Ugom
0,87
68
6,8
Oqtepasoy (Oqtepa)
0,72
77
1,2
Pochchaota
0,4
130
6,13
Sangardak (Kengguzor)
0,93
106
14,7
Tusunsoy (Xojakent)
1,1
76
2,0
Xo„jaikon
0,76
91
3,79
37
O„zbekiston Respublikasida daryo yo„llari yaxshi rivojlanmagan. Faqat
Amudaryo bo„ylab kema suzish tashkil qilingan. Bu daryo Afg‟oniston bilan
iqtisodiy aloqalar olib borishda muhim ahamiyatga ega.
O„zbekiston Turkistonning markazida, materikning ichki qismida
joylashganligi tufayli uning daryolari okean va dengizlarga quyilmaydi, binobarin
berk havzaga qaraydi. Respublikamiz daryolari hudud bo„yicha notekis joylashgan
bo„lib, o„ziga xos gidrologik xususiyatga ega. O„zbekiston daryolari asosan uning
tog‟li qismidan hamda Qirg‟iziston va Tojikiston hududidagi tog‟lardan suv oladi.
O„zbekistonda Orol dengizi o„z ahamiyatiga ega bo„lgan davrlarda, unda
Dengiz yo„li mavjud bo„lgan. Hozirgi kunda Kaspiy dengizi muhim transport yo„li
bo„lib, u Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog‟iston, Volga
bo„ylarini bog‟laydi. Kaspiy dengizi Volga daryosi orqali ko„pgina shaharlarni
bog‟laydi. Sun‟iy suv yo„llari Kaspiy dengizini Boltiq, Oq, Qora, Azov dengizlari
bilan bog‟laydi. Kaspiy dengizi orqali katta hajmda savdo-sotiq ishlari olib
boriladi.
Odatda ikki sun‟iy suv ombori yoki tabiiy ko„l bilan birlashtirish va ular
orqali kemalar suzishiga imkoniyat yaratish maqsadida sun‟iy kanallar quriladi.
Agar ikki birlashtiruvchi ob‟ekt bir xil balandlikda bo„lsa, ochiq turdagi kanallar,
agar ular balandliklari har xil bo„lsa shlyuzli kanallar quriladi. Kemalar suzishiga
mo„ljallangan kanallar eni ikki qarama-qarshi kelayotgan kema bemolol va xavfsiz
o„ta oladigan hamda o„tuvchi katta kema eniga nisbatan 2,6 marta ortiq, burilish
radiuslari esa hisobiy kema uzunligidan 6 marta ko„p va chuqurligi kemalarning
eng ko„p botishiga nisbatan 0,1:0,3 m chuqur bo„lishi kerak.
Bir butun chuqur suvli transport tizimini tashkil etish uchun sun‟iy kanallar
qurilgan. Navigatsiya sharoitlariga shamol, oqim, yog‟ingarchilik, tuman, havo
darajasi kiradi. Shularga qarab navigatsiya davri belgilanadi.
|