5.2. Aeroportlar
Aeroportlar havo transporti korxonalaridan biri bo„lib, yo„lovchilar, yuk va
pochta jo„natish va qabul qilish hamda samolyotlarni uchishga tayyorlash va
uchishni tashkil qilish ishlari bilan shug‟ullanadi. Aeroportlar tarkibiga havo
roboti, vokzal, maxsus injenerlik bino va inshoolari hamda vertolyotlar qo„nish
maydonlari kiradi.
Aeroport hududida har-xil injenerlik kommunikatsiyalari, kanalizatsiya,
elektr va bosimli havo ta‟minoti, yoritish va aloqa tarmoqlari ham bo„ladi.
Aeroportlar o„z vazifalari bo„yicha xalqaro aeroportlarga, mamlakat ichi
magistral trassasida uchishga xizmat qiluvchi va mahalliy trassalarda uchishga
xizmat qiluvchi aeroportlarga bo„linadi.
44
Xalqaro va mamlakatimiz magistral trassalariga xizmat qiluvchi aeroportlar
murakkab meteorologik sharoitlarda ham muntazam va kechayu -kunduz ishlashga
mo„ljallangan bo„ladi 5.3-rasm.
5.3-rasm. Toshkent xalqaro aeroport bosh rejasi.
1va 2 - sun‟iy uchush qo„nish tasmasi (SUQT); 3-16-yurgizib borish
yo„lakchasi (YuBY); 17-19-to„xtab turish joylari (TTJ-1)
Yo„lovchilar oqimi yillik xajmiga qarab aeroportlar besh sinfga bo„linadi.
7 mln dan ortiq yo„lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori
aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo„lovchilar oqimiga xizmat
qiluvchi aeroportlar xam sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati
va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar miqdori va darajasi belgilanadi.
Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir. Xavo raboti samolyot
va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo„llar (tasmalar)
hamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayyorlangan er
uchastkalaridir. 5.4-rasmda Buxoro va Tashkent aeroportlari keltirilgan.
45
5.4-rasm. Buxoro va Toshkent aeroportlari
Vertolyotlar
qo„nishi
yoki
uchishi
uchun
maxsus
tayyorlangan
maydonchalar - uchish, qo„nish va burilish uchun tegishli ravishda jixozlangan
bino va inshootlar bo„lib, ular vertolyotlarda yuk va yo„lovchilar tashishga
mo„ljallangan bo„ladi.
Havo raboti o„z vazifalariga ko„ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul
qiluvchi havo rabotlari, maxsus havo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o„quv
xamda sport klublari havo rabotlariga bo„linadi.
Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko„ra havo rabotlar muntazam
ishlovchi havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni
bajaruvchi havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin.
Havo rabotlar vazifalariga ko„ra boshlang‟ich va eng so„ngi punktlaridagi
asosiy havo rabotlar, oraliq punktlaridagi havo rabotlar va zaxiradagi havo rabotlar
ixtiyorida bo„ladilar. Samolyot va vertolyotlar hamda uchuvchi komandalar asosiy
havo rabotlar ixtiyorida bo„ladilar. Boshlang‟ich yoki eng so„nggi havo rabotlardan
samolyotlar
uchishni
belgilangan
trassalar
bo„yicha
boshlaydilar
yoki
tamomlaydilar. Oraliq punktlaridagi havo rabotlarda samolyotlar jadvallar buyicha
yo„lovchilar bir qismini tushirishadi yoki chiqarishadi hamda texnik qarovdan
o„tkaziladi va yoqilg‟i zapaslarini oladi. Favqulodda xollarda samolyotlarni yo„lda
qo„nishi uchun ham zaxira havo rabotlari bo„lishi kerak.
46
Havo rabotlari uchish, texnik xizmat ko„rsatish va turar joy zonalaridan
iborat bo„ladi.
Uchish zonalari-uchish maydonchasi, xavfsizlik tasmasi va havodan tushish
tasmasidir. Uchish maydonchalari maxsus jixozlangan hududdan iborat bo„lib,
samolyotlarning uchish va qo„nish oldi harakatlari uchun xizmat qiladi. Uchish
tasmalari soni va joylashishi havo rabotining samolyotlar o„tkaza olish qobilyatiga,
shamolning havo raboti rayoni yonidagi aksariy yo„nalishiga, maydon relefi va
gidrogeologik sharoitlariga bog‟liqdir. Samolyot va vertolyotlar uchish va qo„nishi
uchun uchish zonasining bir qismidagi tasmalar ustiga sementbeton va asfaltbeton
qoplamalari yotqiziladi, ular har qanday ob-havo sharoitida ham samolyot va
vertolyotlarning uchishi va qo„nishini ta‟minlashga qaratilgan bo„lib, uchish va
qo„nish tasmalari deb ataladi. Havo rabotlari kategoriyalariga qarab bunday
tasmalar umumiy uzunligi 600-2600 metr va undan ham ortiq bo„ladi, kengligi esa
25-80 metr va undan ortiq bo„lishi zarur. Uchish va qo„nish tasmasidan
samolyotlarning qo„nish joylarigacha yoki perronlargacha bo„lgan yo„llar yurgizib
borish yo„llari deb ataladi. Ularning kengligi 10-25 metr atrofida bo„ladi.
Samolyot va vertolyotlarni to„xtatib qo„yish joylari ham qattiq qoplamali
yo„llardan iborat bo„lib, ularda samolyot va vertolyotlarga texnik xizmat
ko„rsatiladi. Tungi soatlarda va murakkab ob-havo sharoitlarida samolyotlar
muntazam qatnashi uchun havo rabotlari hududidagi yo„llar maxsus elektr chirog‟i
va radio-texnika bilan jihozlangan bo„ladi.
Havo raboti hududi atrofida uchish xavfsizligini ta‟minlash uchun ma‟lum
radiusdagi bino va inshootlar cheklangan bo„lib, u havo raboti oldi hududi
deyiladi.
Havo raboti oldi hududi va uning ustidagi taxminan 50 kilometrlar atrofidagi
havo fazosi aerotoriya yoki aeroport hududi deb ataladi.
Havo transportining asosiy xususiyati-samolyotlarning katta tezligi,
yo„lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining qisqalgidir. Gaz-turbina dvigatelli
samolyot o„rta hisobda soatiga 600-800 km tezlikda yo„lovchi tashiy oladi.
47
Gaztrubinali havo kemalarida yo„lovchilarning o„rtacha uchish masofasi 2000 km
ga etdi. Samolyotlarning baland ucha olishi uning poezdlar va avtomobillar bora
olmaydigan eng chekka o„lkalarga ham etib borishiga imkon beradi.
|