Aerodrom va uning asosiy elementlari




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

5.3. Aerodrom va uning asosiy elementlari 
 
Havo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda 
amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o„rnatish uchun havo yo„llari, 
aeroport va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o„zi 
kifoya qiladi. Aeroportlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga 
qurish mumkin. Havo yo„li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni 
avtomobil yo„llari va temir yo„llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi 
chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro 
aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi 
aloqa yo„llarini tashkil qilishga qodir 5.4-rasm. 
5.4-rasm. O„zbekiston havo yo„llari aerodromlari 
Juda ko„p vaqt to„xtamasdan, to„g‟ri bora oladigan aloqa marshrutlari tashkil 
qilish - havo transportining ya‟na bir afzalligidir. Fuqoro aviatsiyasi juda qisqa va 
to„g‟ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib 
bo„lmaydigan har qanday punktlar oralig‟iga qo„nmasdan yuk va yo„lovchi tashib 


48 
bera oladi. Havo transporti yuqori manevrchanligi hamda yo„lovchi va yuk 
oqimlari o„zgarishiga muvofiqlanishi uning yana bir muhim afzalligidir. 
Havo transportning kamchiliklaridan biri transportining boshqa turlariga 
nisbatan yuk va yo„lovchilar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir. 
Tashish tannarxining yuqori darajada bo„lishi sabablari birinchidan, samolyot 
uchishi uchun kerak bo„lgan zarur yukning katta vaznliligi, ikkinchidan yuk 
kutarish birligiga tug‟ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o„z 
navbatida yonilg‟ining ko„p sarflanishiga olib keladi. 
Havo transportining yana bir kamchiligi uning ushishiga ob-havo 
sharoitining ta‟sir qilishidir. 
Yuqorida bayon qilingan kamchiliklar havo 
transportining yo„lovchilar va yuk tashishdagi katta mohiyatini sira kamsitmaydi. 
Uchish xavfsizligini ta‟minlashga alohida e‟tibor beriladi. Xavfsizlik muammolari 
ikki yo„nalish - uchish apparatlari puxtaligi va mustahkamligini oshirish va erdan 
turib samolyotlarni har qanday murakkab sharoitlarda boshqarib borish 
vositalarining aniq ishlashi bo„yicha olib boriladi. Uchish xavfsizligi ko„p hollarda 
harakatni boshqarish tizimlariga bog‟liqdir. Ayniqsa bu masala uchish oqimlari 
ko„p erlarda katta ahamiyatga ega va bunday hollarga samolyotlar to„qnashmasligi 
uchun ularning uchish balandliklari va intervallarini eshalonlarga bo„lish lozim. 
Har xil turdagi samolyotlar uchun maxsus uchish koridorlari ham belgilanadi. 
Ko„rsatilgan koridorlardan samolyotlar ruxsatsiz chetga chiqmasliklari kerak. 
Hozirgi vaqtda aeroportlarda samolyotlarni qo„ndirish va uchirish ishlarida 
EHM dan foydalaniladi. Murakkab sharoitlarda EHM samolyotlarning uchish 
traektoriyalari va boshqa zarur shartlarini hisoblab chiqib, samolyot boshqaruvchi 
uchuvchiga tayyor ma‟lumotlar etkazib beradi.
Havo transportini rivojlantirishdagi asosiy yo„nalishlardan biri maksimal 
uchish tezligini oshirishdir. Uchish tezligini oshirish insoniyatning azaliy orzusidir. 
Hozirgi 1000 km/soat tezlik bilan uchish yuqori pog‟ona bo„lmay qoldi. Endilikda 
O„zbekiston Respublikasida va boshqa mamalakatlarda tovush tezligidan


49 
(1200 km/soat) tez uchadigan yo„lovchi samolyotlari qatnab turibdi. Bular qatoriga 
TU-144 samolyoti (uchish tezligi 2500 km/soat) kiradi. 
Hozirgi kunda soatiga 6500 km tezlik bilan uchadigan eksperemental 
samolyot yaratilgan. Bunday tezlikda uchuvchi apparatlar gipertovushli 
samolyotlar deb ataladi.

Download 5,25 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Aerodrom va uning asosiy elementlari

Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish