52
6.2-rasm. Kon yo„llari yo„l poyi tuzilmasi
a - qoya va sizuvchi gruntlarda; b - gilli gruntlarda; 1 - ariqcha orti taxti; 2 -
lotok; 3 - yo„l yoqasi; 4 - ariqcha; 5 - mustaxkamlangan lotok; 6
- tuproq vali;
7 - o„piriladigan prizma; 8 – yo„l cheti qattiq qoplamasi; h
z
– gilli gruntni sizuvchi
gruntga almashtirish qatlami qalinligi; i
k
-
korыta tubi qiyaligi; H - tuproq vali
balandligi; b - qatnov qismi kengligi.
6.3. Arqon yo„llar
Osma arqon - yo„llari sanoatning ko„p sohasida ishlatiladi.
Ayrim hollarda
ular 20 km gacha bo„lgan masofada sochiluvchan materiallar (qum, shag‟al, ruda)
tashishda, ayniqsa tog‟lik joylarda avtomobil va temir yo„l transporti bilan
raqobatlashadi.
Arqon yo„llar –
yuk va yo„lovchilarni
tashishda qo„llaniladigan, vagon,
vagonchalar, kabinalar yoki kresellarni harakatga keltirish
uchun qurilgan osma
troslarda harakatni yuzaga keltiruvchi, tayanch yoki ko„tarma-tayanchli yo„llar
bo„lib, bunda vagon yoki kabinalar erga tegmasdan osma holatda qo„zg‟aladi.
Yo„lovchi tashuvchi arqon yo„llarning o„tkazuvchanlik
qobiliyati soatiga
2000 kishiga, yuk arqon yo„llariniki esa soatiga 1000 tn gacha etishi mumkin.
53
Eng uzun arqon yo„llari Shvetsiyada bo„lib, uning uzunligi 96 km ga etadi.
Dunyodagi eng uzun sanoat arqon yo„li Moande (Gabon)da bo„lib, uzunligi 76 km.
Ushbu arqon yo„li 1959-1962 yillarda qurilgan.
O„zbekistonda arqon yo„li “Sharg‟un” shaxtasida qurilgan bo„lib, uzunligi
21 km. Turizm maqsadidagi arqon yo„li “Chimyon”
dam olish pansioanatida
qurilgan 6.3-rasm.
6.3-rasm. Arqon yo„llari