Щзбекистон республикаси




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

 


59 
Nazorat savollari: 
 
1.
Sanoat yo„llari haqida qanday tassavurga egasiz?
2.
Arqon yo„llari qaerlarda quriladi? 
3.
Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari nimalardan iborat?
4.
Kon yo„llarini vazifalari nimadan iborat?
5.
Arqon yo„llari haqida nimalarni bilasiz?
6.
Xo„jalik yo„llari va ularga qo„yilgan talablar nimalardan iborat?
7.
Xo„jalik yo„llarining elementlari xaqida tushuncha bering?
8.
Xo„jalik yo„llaridagi muxandislik qurilmalari haqida nima bilasiz? 
9.
Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilarini o„rnatish talablari qaysi hujjatda keltirilgan?
10.
Xo„jalik yo„llarida qanday qurilmalar qo„llaniladi?
 
7- Shahar yo„llari va ko„chalari 
7.1. Shahar ko„chalari va yo„llari 
 
Tayanch so„zlari: 
shaharlar planirovkasi, ko‘chalar turi, shahar ko‘chalari, 
shahar yo‘llari, magistral ko‘cha, yuk avtomobillari, tor ko‘cha. 
Shahar ko„chalari yo„llarning bir turi bo„lib, turli xil transportlarni va 
yo„lovchilarni o„tkazishga mo„ljallangan bo„lib qolmay, muhandislik tarmoqlarini 
joylashishiga, ko„kalamzorlashtirishga, obodonlashtirishga mo„ljallangan. Shahar 
ko„chalari shahardagi uy-joy qurilgan mintaqalardan o„tadi.
Shahar yo„llari shahar ko„chalariga o„xshash vazifani bajaradi, lekin uy-joy 
qurilmagan mintaqalardan o„tadi 7.1-rasm.


60 
7.1-rasm. Toshkent shahar Amir Temur shoh ko„chasi
 
7.2. Shahar ko„chalari va yo„llari tasnifi 
 
Shahar ko„cha va yo„llari tasnifi 7.1-jadvalda keltirilgan. 
7.1-jadval 
Ko„cha va yo„llar tasnifi 
Ko„cha va yo„llar asosiy vazifalari 
Tezyurar yo„llar
Yirik shaharlar yoki ularning tumanlari orasidagi 
yoki boshqa aholi punktlarini bog‟lovchi har xil 
satxda harakat tashkil qilingan transport aloqasi. 
Magistral ko„cha va yo„llar:
Umumshahar ahamiyatidagi
uzluksiz harakat 
Umumshahar ahamiyatidagi
Harakati boshqariladigan 
Tuman ahamiyatidagi 
Aholi yashash, sanoat tumanlari va jamoat 
markazalari, shu kabi shahar hududidagi tezyurar 
yo„llarda har xil satxda harakat tashkil qilingan 
transport aloqasi.
Shahar hududidagi aholi yashash, sanoat tumanlari 
va 
jamoat 
markazlari, 
shu 
kabi 
uzluksiz 
harakatdagi 
magistral 
ko„chalarda, 
boshqa 
ko„chalar bilan bir satxda harakati tashkil qilingan 
transport aloqasi.
Tuman hududida umumshahar ahamiyatidagi 
magistral ko„chalarda boshqa ko„chalar bilan bir 
satxda harakat tashkil qilingan transport aloqasi. 
Yuk avtomobillari harakatiga Sanoat va kommunal-ombor mintaqalarida boshqa 
ko„chalar bilan bir satxda harakat tashkil qilingan 


61 
holda sanoat va qurilish yuklarini tashish. 
Mahalliy ahamiyatdagi 
ko„cha va yo„llar:
Aholi yashash ko„chalari 
Sanoat va kommunal-ombor 
tumanlari yo„llari
Piyodalar ko„chalari va 
yo„llari
Poselka ko„chalari
Poselka yo„llari, proezdlar
Tuman ahamiyatidagi magistral ko„chalarda aholi 
yashash binolari va aholi mikrorayonlarida 
transport (jamoat transportini o„tkazmasdan) va 
piyodalar aloqasi. 
Tuman hududida sanoat va qurilish yuklarini 
tashish, yuk harakati yo„llari bilan boshqa yo„llarni 
bir satxda kesishishi orqali transport aloqasini 
ta‟minlash.
Jamoat transporti to„xtash bekatlari va dam olish 
joylari, 
xizmat 
ko„rsatish 
korxonalari 
va 
muassasalarida piyodalar harakati.
Poselka ichidagi transport va piyodalar aloqasi. 
Mikrorayon hududidagi transport aloqasi. 
Tez yurishga mo„ljallangan yo„llar yirik shahardagi tumanlarni yoki shahar 
ta‟siridagi aholi yashaydigan joylarni tez transport aloqasi bilan ta‟minlash uchun 
mo„ljallangan bo„lib tezlik V=120 km/soat. 
Umum shahar ahamiyatidagi magistral ko„cha va yo„llar - sanoat tumanlari, 
turar joylar va jamoat markazlarini bog‟lash uchun mo„ljallangan bo„lib tezlik 
V=100 km/soat. Tuman ahamiyatidagi magistral ko„cha va yo„llar - tuman ichidagi 
va magistral ko„chalar bilan transport aloqasini bog‟lovchi ko„cha va yo„llar bo„lib 
tezlik V=80 km/soat. 
Yuk avtomobillari uchun mo„ljallangan yo„llar - sanoat va qurilish yuklarini 
tashish uchun mo„ljallangan bo„lib, uy-joy qurilmagan joylardan o„tadi tezlik
V = 80 km/soat. 
Mahalliy ahamiyatga ega bo„lgan ko„cha va yo„llar magistral ko„chalar 
bilan, daha va mahallalarni transport aloqasini ta‟minlovchi ko„chalar bo„lib tezlik
V=60 km/soat. 
Sanoat va komunnal-omborxona tuman yo„llari. Tuman ichidagi sanoat va 
qurilish yuklarini tashishga mo„ljallangan bo„lib tezlik V = 60 km/soat. 


62 
Yo„lovchilar uchun ko„cha va yo„llar. Yo„lovchilarni ish joylari, hizmat 
ko„rsatish korxonalari va muassasalari, dam olish joylari, jamoat transporti 
to„xtash joylari bilan bog‟lashga mo„ljallangan. 
Tor 
ko„cha-ikki 
parallel 
ko„chani 
birlashtiruvchi 
ko„cha 
bo„lib. 
mikrorayonlar ichidagi transport va yo„lovchi aloqalarini ta‟minlovchi ko„cha. 

Download 5,25 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Щзбекистон республикаси

Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish