Щзбекистон республикаси




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/72
Sana14.05.2024
Hajmi5,25 Mb.
#231473
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
Алоқа йўллари (1)

 
 
Yo„l o„qini o„tkazishda uchraydigan to„siqlar va ularni aylanib o„tish 
 
Yo„l o„qini (trassani) joyida o„tkazish tamoyillari shundan iboratki 
avtomobil yo„llari ikki nuqta (punkt) orasida iloji boricha qisqa masofada 
o„tkazilishi zarur. Chunki avtomobil yo„llarini qurish qiymati ancha yuqori bo„lib 
yo„lning toifasiga qarab har bir kilometr yo„lning qurilish bahosi 60 mingdan, 
birnecha million dollar, ba‟zi bir holatlarda 10 mln. dollarga teng. Ikki nuqta 
orasidagi eng qisqa masofa bu havo yo„lini hosil qiluvchi to„g‟ri chiziqdir. Er 
yuzasidagi turli xil baland pastliklar, tog‟li, jarliklar, daryo va ko„llar, botqoqliklar, 
qo„riqxona, aholi yashaydigan joylar yo„lning to„g‟ri chiziq bo„ylab o„tkazishga 
to„siq bo„ladi. Shuningdek, ayniqsa O„zbekiston sharoitida ekin ekiladigan erlarni 
yo„l qurilishiga ajratish qiyinligi sababli yo„l o„qini iloji boricha ekin ekishga 
yaramaydigan maydonlardan o„tkazish va ekin ekiladigan maydonlardan o„tganda, 
ularni kichik bo„laklarga bo„lib yubormasdan, chegaralari bo„ylab o„tkazish 
maqsadga muvofiq bo„ladi.
Avtomobil 
yo„llarining 
yaxshi 
ishlashi, 
tabiatning 
ko„p 
qirralik 
xususiyatlariga, ya‟ni ob-havo o„zgarishiga, suv ta‟siriga, er manzarasiga va tuproq 
qatlamlarining qay tariqa joylashganligiga bog‟liq. Ulardan birortasini ta‟sirini 
ajratish qiyin bo„lib, ular ko„pincha bog‟liq holda ta‟sir etadi. Shuning uchun 
loyihalovchi tabiatni o„zgartirishda, uning keyingi oqibatlarini ham o„ylashi kerak. 
Masalan, sun‟iy sug‟orish er osti zax suvlarini ko„tarilishiga sabab bo„lsa, 
o„rmonni qirqish shu joyni qurg‟oqchilikka olib keladi. 


78 
Joy relefidan kelib chiqib, yo„l o„q chizig‟i yo„nalishi, bo„ylama qiyaligi 
tanlanadi va botqoqlik hamda murakkab joy sharoitlarini aylanib o„tish 
ta‟minlanadi. Joy relefiga bog‟liq ravishda kichik ko„prik va quvurlarga 
yig‟iladigan suv miqdori aniqlaniladi. Joy relefidan kelib chiqib qurilish 
qiyinchiligi, er ishlari hajmi va avtomobil yo„lini qurish tan narxi aniqlaniladi. 
Yo„llarni loyihalashda joy qiyinchiligidan kelib chiqib ularni 5 ta darajaga 
bo„lish mumkin 8.5-jadval. 
8.5-jadval 
Joy qiyinchilik 
darajasi 





Manzarani 
nomlanishi 
Tekis-
liklar 
engil te-
paliklar 
tez 
o„zgaruvchan 
tepaliklar 
tog‟simon 
joylar 
Tog‟lar 
Joy manzarasi qancha qiyinlashsa, bo„ylama qiyalik shuncha oshib borib
yo„l ilon izi bo„lib uzayadi 8.6-jadval. 
8.6-jadval 
Joy darajasi 





Yo„lning uzayish 
koeffitsienti 
1.1 
1.1-1.15 
1.15-1.25 
1.25-1.4 
1.5 

Download 5,25 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Щзбекистон республикаси

Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish