81
Markazdan qochma kuch harakat yo„nalishiga perpendikulyar bo„ladi.
Bunda avtomobilga, haydovchiga va yo„lovchilarga ag‟daruvchi va suruvchi
kuchlarning ta‟siri bo„ladi. O„ng va chap g‟ildiraklar orasidagi bosimning qayta
taqsimlanishi, shinaning yonga qochishini yuzaga keltiradi. Bunda avtomobilni
boshqarish murakkablashadi. Kichik radiusli egrilarda yoqilg‟i sarfi ko„payadi va
shina emirilishi oshadi. Tungi vaqtda egri chiziqli yo„l bo„lagida harakat
murakkablashadi. Bunga sabab fara yoriqligi avtomobil oldidagi masofani yo„lning
to„g‟ri bo„lagiga nisbatan kam masofada yoritadi.
Bu salbiy omillar, egri radiusi qancha kichik bo„lsa, shunchalik katta bo„ladi.
Avtomobillar hisobiy tezlik bilan xavfsiz va qulay harakatlanishi faqat egri
radiusini etarlicha katta bo„lgandagina bo„lishi mumkin.
Egri radiusini aniqlash formulasi quyidagi kurinishni oladi:
R=V
2
/g(
i)
Bu formuladan ko„ndalang kuch koeffitsientini ruxsat etarli qiymatini berib,
doiraviy egri radiusini aniqlashimiz mumkin.
- qiymatini nolga yaqin bo„lishini amalda ta‟minlashimiz kerak. Ko„ndalang
kuch koeffitsientiga qarshi tishlashish koeffitsienti ishlaydi. Har doim
tenglik saqlanishi kerak.
,
amalda bo„lmaydi, lekin shunga yaqinlashishga
harakat qilish kerak.
Tajribalar shuni ko„rsatadiki,
=0,1 da yo„lovchi avtomobil egri bo„lakda
harakatlanayotganini sezmaydi,
=0,15 da yo„lovchi egri bo„lakdagi harakatni
kuchsiz sezadi.
=0,2 da egridagi harakat seziladi va engil noqulayliklar yuzaga
keladi.
=0,3 da yo„lovchi egri uchastkadagi harakatni turtki sifatida his qiladi va
yonga egilib qoladi. Yo„lovchilar uchun egridagi harakatda, qulaylikni ta‟minlash
maqsadida ko„ndalang kuch koeffitsientini
=0,15 dan oshirmaslik kerak,
murakkab sharoitlarda esa
= 0,2 dan oshmasligi lozim.