84
qiladigan va avtomobil osmasini zo„riqtiradigan turtki hosil bo„ladi.
Shuning
uchun bo„ylama kesimning siniq joylari tutashtiruvchi vertikal egriliklar kiritish
yo„li bilan ravonlashtiriladi. Bo„ylama kesimning ravonlashtirilgan
siniq joylari
punktir chiziq bilan ko„rsatiladi. Qavslar ichidagi raqamlar vertikal egriliklar
yo„qligida mavjud bo„lgan
ishchi belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy
belgilarni ifodalaydi.
Bo„ylama kesimning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo„lib, bu
hujjatlar asosida yo„l quriladi.
Yo„l bo„ylama kesimida botiq va qabariq egriliklar
kuzatiladi va ularni
loyihalashda egrilik radiusini 8.6-jadvalda keltirilgan me‟yorlarga asosan
loyihalaymiz. Bunda botiq egrilik uzunligi 100 m dan qabariq egrilik uzunligi 300
m dan kam bo„lmasligi kerak.
Yo„lni ko„tarma va o„ymada ifodalanishi
Yo„l bo„ylama kesimini loyihalashda er satxi chizig‟iga
nisbatan loyiha
chizig‟ini joylashishiga qarab yo„l ko„tarmada va o„ymada o„tadi. Agarda loyiha
chizig‟i er chizig‟iga nisbatan balandda o„tsa yo„l ko„tarmada,
aksincha loyiha
chizig‟i er chizig‟iga nisbatan pastda o„tsa yo„l o„ymada ifodalanadi 8.8-rasm.