76
7. Yo„ldagi hisobiy tezlik deganda nimani tushunasiz?
8. Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari haqida nima bilasiz?
8.2. Yo„l rejasi va uning elementlari
Yo„lning rejasi - bu yo„l o„qining joyida geometrik joylashishiga yo„lning
rejasi deyiladi. Yo„l o„qining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi
proektsiyasining grafik ko„rinishiga yo„l o„qi rejasi deyiladi.
Avtomobil yo„llari yo„lovchi
va yuklarni tashishda arzon, qulay va yuqori
tezlikda xavfsiz harakatni ta‟minlashi kerak. Bunda eng qisqa yo„nalishlarni tanlab
olish imkoniyati bo„lishi lozim. Bu talablarni hammasini hisobga oladigan bo„lsak,
yo„l o„q chizig‟i to„g‟ri chiziqdan iborat bo„lishi kerak. Bu to„g‟ri
chiziqqa havo
yo„li deyiladi. Lekin joyda buning iloji bo„lmay qoladi. Agarda yo„lni to„g‟ri
chiziq bo„ylab o„tkazadigan bo„lsak, quriladigan yo„l juda qimmatga tushadi.
Bunday holatda yo„l o„qini siniq chiziqlar orqali o„tkazishga to„g‟ri keladi. Demak
yo„l o„qi qisqa yo„nalish bo„yicha emas, balki uzoqroq aylanma yo„nalishlar
bo„yicha o„tkaziladi. Bunda yo„l o„qi uzunligini havo yo„li uzunligiga nisbati biroz
uzayadi, 8.4-rasm. Ushbu uzayishni uzaytirish koeffitsienti orqali quyidagicha
ifodalaymiz: K
uz
=
х.й.
тр
L
L
Bu erda:
L
tr
yo„l o„qi uzunligi; L
h.y.
havo yo„li uzunligi.
8.4-rasm. Avtomobil yo„li rejasi
77
Joy xaritasida A va B nuqtalarni birlashtiruvchi eng qisqa bo„lgan chiziqga
havo yo„li deyiladi. A va B nuqtalarni birlashtiruvchi siniq chiziqga yo„l o„qi
deyiladi.
Yo„l o„qi rejasi to„g‟ri va egri elementlardan tashkil topadi. Yo„l rejasining
egri elementi o„tuvchi egri va doiraviy egri elementlaridan tashkil topadi.