72
qilinishi maqsadga muvofiq bo„ladi. Ko„pchilik davlatlarda,
shuningdek,
O„zbekistonda ham avtomobil yo„llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali
aniqlanadi.
Avtomatik
usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar
yordamida hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan
datchiklar ishlatiladi:
Pnevmatik;
fotoelektrik; ultratovush; mexanik; radiolakatsion;
induktiv;
elektron; infraqizil nurli.
Harakat tarkibi
- transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini
belgilovchi ko„rsatkich bo„lib, u foizda yoki ulushda o„lchanadi. Bu ko„rsatkich
transport oqimining tezligiga va zichligiga katta ta‟sir ko„rsatadi.
Shahar ko„chalarida harakat tarkibining o„zgarishi quyidagicha: engil
avtomobillar 60-80 %; avtobuslar 5-15 %; trolleybuslar 5-10 %; yuk
avtomobillari 9-15 %.
Shahar tashqarisidagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo„llarida harakat
tarkibi quyidagi qiymatlarga ega bo„lishi kuzatiladi: engil avtomobillar 30-60 %;
avtobuslar 2-5 %; yuk avtomobillari 30-40 %; avtopoezdlar 5-8 %;
traktor va
qishloq xo„jalik mashinalari 5-10 %. Umuman olganda harakat tarkibining
o„zgarishi avtomobil yo„lining xalq xo„jaligida tutgan ahamiyatiga bog‟liq,
masalan, qishloq xo„jaligidagi ichki yo„llarda yuk va traktor mashinalari katta
miqdorda bo„lsa, shahar yo„llarida uning aksidir.
Harakat tarkibini avvalgi
ko„rsatkichga o„xshab kuzatish yoki avtomatik usullar yordamida aniqlanadi.