63
7.4. Ko„cha va ko„chadan tashqari transport turlari, ularning tavsiflari
Shahar aloqa yo„llari transport tizimining muhim tarkibiy qismi bo„lib
hisoblanadi. Shahar aloqa yo„llarini ikki xil asosiy turi bor:
- ko„chadagi va ko„chadan tashqaridagi har xil turdagi va toifadagi ko„chalar
va yo„llar, maydonlar, chorraxalar, yo„lovchilar
harakatiga, relsiz va relsli
transportlar (avtomobillar,
avtobuslar, troleybuslar, tramvaylar)
harakatiga
mo„ljallangan aloqa yo„llari kiradi;
- ko„chadan tashqaridagi, metropoliten (liniya) shahar elektr temir yo„li, tez
yurar tramvay va h.k. kiradi 7.3-rasm.
7.3-rasm. Shaxar ko„cha-yo„l tarmoqlari
7.5. Metropoliten va uning ahamiyati
Harakat tezligini keskin oshirish maqsadida ayrim shahar yo„lovchi
transportlari harakati ko„cha yo„llaridan tashqarida amalga oshiriladi. Bularga
metropoliten, er osti tramvayi, monorels transporti kiradi.
Dunyoning 50 dan ortiq shahrida metropoliten mavjud. Hamdo„stlik
mamlakatlari
ichida metropoliten Moskva, Sank-peterburg, Kiev,
Toshkent,
Xarkov, Tbilisi, Boku va Erevan shaharlarida ishlab turibdi.
Metropoliten transporti yordamida hozir Toshkentda umumiy shahar
64
yo„lovchilarining 12,6 % tashilmoqda. Metropoliten
inshootlarini qurish juda
katta kapital mablag‟ talab etadi. Shuning uchun ham metropoliten axolisi bir
mln. dan ortiq shaharlarda va bir soatdagi yo„lovchilar oqimi 25-30 ming kishi
bo„lgan yo„nalishlardagina quriladi.
Metropoliten yo„llari asosan er ostida quriladi. Ayrim joylarda
metropoliten yo„llari er ustida bo„ladigan bo„lsa,
ular shahar qurilishlari va
ko„cha harakatidan mutlaqo ajratib qo„yiladi. Metropoliten izlari oralig‟i temir
yo„llaridagi kabi 1520 mm bo„lib, ular avtomatik blokirovka bilan jihozlanadi.
Metropoliten harakatlanuvchi tarkib birligida 4 ta dan 8 ta gacha vagon
bo„lib, u ertalabki va kechqurungi “dolzarb” vaqtlarda 90
sekundli interval
bilan ishlashi mumkin. Moskva shahridagi metropoliten bir soat ichida 48 juft
poezdni aniq va muntazam ravishda tez harakat bilan o„tkazishi mumkin. Agar
Frantsiya poytaxtidagi metro poezdi harakat tezligi 26 km/soat bo„lsa,
Moskvadagi metro poezdlari 60- yilda 48 km/soat tezlik bilan harakat qilgan.
Toshkent metropoliteni bugungi kunda uchta “Chilonzor”, “O„zbekiston” va
“Yunusobod” yo„nalishlariga ega 7.4-rasm.
7.4-rasm. Toshkent shahar metropoliteni sxemasi