102
Ko„prik qurilish balandligi deb yo„l ustki yuzasidan oraliq qurilmaning eng pastki
qismigacha bo„lgan masofaga aytiladi.
Ko„priklar tuzilishiga ko„ra balkali, arkali, ramali va osma turlarga bo„linadi.
Ko„priklar materialiga ko„ra temirbeton, metall, beton va yog‟ochdan bo„lishi
mumkin. Bazida ular aralash holatda ham ishlatilishi mumkin. Ko„prik
kengligi
(gabariti) G harfi va ko„prik chegarasida qatnov qismi kengligini metrda
bildiruvchi son bilan belgilanadi. Ko„priklar va suv o„tkazuvchi
quvurlarni
hisoblashda yuqoridan tushadigan yuklarni transport vositalari g‟ildirakli yuklari
ko„rinishidagi N-30 va NK-80 yuklariga hisoblanadi 9.8-rasm.
9.8-rasm. Katta temirbeton ko„prik
Avtomobil yo„lini suv to„siqlar bilan kesishishidagi inshootlar kompleksiga
ko„prikli o„tish deyiladi. Ko„prikli o„tishga ko„prik, suv bosmaydigan ko„tarmadan
tutashma kiradi. Ko„prikli o„tish suv qo„yilishi mumkin bo„lgan
daryo vodiysi
bo„yicha joylashtiriladi. Ko„prikli o„tish joylarida daryoning o„zani va qayirlari
bo„ladi. O„zan bu daryoning doimo suv oqadigan qismi hisoblanadi.
Avtomobil
yo„llari o„zaro yoki temir yo„llar bilan kesishganda yo„lo„tkazgichlar quriladi.
Yo„lni ma‟lum balandlikdan o„tkazish va uning ostidan o„tish yoki boshqa
maqsadlar uchun oraliq masofa qoldirib qurilgan uzun yo„lo„tkazgichlarga
estakadalar deyiladi 9.9-rasm.
103
9.9-rasm. Avtomobil yo„llarini yo„lo„tkazgich asosida har satxdagi
kesishishi